Kadirbekov Nodirbek Ravshanbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bosh miya supratentorial anaplastik astrotsitomalari jarroxligi va uning natijalari (klinik tajribaviy izlanish)”, 14.00.28 – Neyroxirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3079.
Ilmiy rahbar: Axmediev Maxmud Mansurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01.
Rasmiy opponentlar: Alixodjaeva Gulnaraxan Alautdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gafur-Axunov Mirza Aliyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat tibbiet instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jarroxlik yo‘li bilan olingan o‘smaning aniqlangan individual xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks davolashni takomillashtirish asosida supratentorial joylashgan anaplastik astrotsitomalar bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor in vitro nurlanish fonida to‘qima tashxisini batafsillashtirish uchun, olib tashlangan o‘smaning strukturaviy xususiyatlarini saqlab qolgan xolda supratentorial joylashgan anaplastik astrotsitoma modeli isbotlangan (№ IAP 06855 10.03.2022y);
radio nurlanish eksperiment natijalarini asosida xafli astrotsitomalarning individual tuqimalardagi morfofunksional xususiyatlari aniqlangan;
anaplastik astrotsitoma bilan bemorlarning klinik natijalarini optimallashtirish uchun qiyosiy tashxislash va kompleks davolash algoritm ishlab chiqilgan;
subrotentorial astrotsitoma jaroxlikdan keyin xolatini yaxshilash maqsadida ximiya nur terapiyasining morfofunksional o‘zgarishlar asosidagi individual yondashuv asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi ekspert komissiyasining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/03-son xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor in vitro nurlanish fonida to‘qima tashxisini batafsillashtirish uchun, olib tashlangan o‘smaning strukturaviy xususiyatlarini saqlab qolgan xolda supratentorial joylashgan anaplastik astrotsitoma modeli isbotlangan № IAP 06855 10.03.2022y. Mazkur yangilik bo‘yicha "Anaplastik astrotsitoma to‘qimasining gamma-nurlanish bilan nurlantirilganda radiosezgirligini in vitro aniqlash usuli" ixtirosiga patent olingan (ixtiro patenti № IAP 06855) va Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent (23.02.2023 №26) va Sirdaryo (13.03.2023 №34§1) viloyatlari filiallari amaliyotiga joriy etilgan. In vitro gamma nurlari bilan nurlantirilganda anaplastik astrotsitoma to‘qimalarining radiosezgirligini aniqlash usullaridan foydalanishning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqotimiz davomida biz har bir o‘smaning individual xususiyatlarini o‘rgandik, bu shuni ko‘rsatdiki, har bir o‘smaning xususiyatlariga qarab, anaplastik astrotsitoma to‘qimalarining kesmalari yashash vaqti 24 soatdan biroz ko‘proq bo‘lishi mumkin. Anaplastik astrotsitoma guruhida o‘simta nekrozi darajasi sezilarli darajada yuqori ekanligi aniqlandi (57%), bu ushbu o‘smalar guruhi to‘qimalarining sezilarli radiosezgirligini ta’kidlaydi va davolash yondashuvlarini yanada optimallashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini yotoq kunlarini qisqartirish hisobiga qisqartirilishi shifoxona xizmatlari uchun to‘lov miqdorini kamaytiradi (og‘ir bemorlar uchun intensiv terapiya palatasida 1 kun qolish preyskurantiga ko‘ra 998 600 so‘m); 2) bemorning ishga erta qaytishi operatsiyadan keyingi uzoq muddatli reabilitatsiya va dori-darmon ta’minoti uchun xarajatlarni to‘lash bo‘yicha davlatning yukini kamaytiradi va mavjud nogironlik uchun umrbod ijtimoiy ta’minot zarurligini istisno qiladi. Xulosa: radiosezgirlikni in vitro hisobga olgan holda anaplastik astrotsitomaning aniqlangan individual klinik xususiyatlari maqsadli antiblastik davolash uchun moslashtirilgan. Asosiy guruhdagi (G III) 39 (57,3%) bemor olingan tavsiyalarga ko‘ra, mintaqaviy onkologiya muassasasida davolanishni davom ettirmoqda.
ikkinchi ilmiy yangilik: radio nurlanish eksperiment natijalarini asosida xafli astrotsitomalarning individual to‘qimalardagi morfofunksional xususiyatlari aniqlangan. Mazkur yangilik bo‘yicha "Odam bosh miyasi anaplastik astrotsitomasining radiosezgirligini aniqlashning eksperimental usuli" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 13 apreldagi 02N-r/5-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan) va Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent (23.02.2023 №26) va Sirdaryo (13.03.2023 №34§1) viloyatlari filiallari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: biz keyingi kompleks terapiyaga rezistentlik paydo bo‘lishi bilan qaytalanadigan astrotsitar o‘smalarni tahlil qildik. Aniqlangan sabablardan biri bu o‘smaning geterogenligidir. Biroq, o‘smaning morfologik geterogenligini faqat takroriy intraoperatsion materialni tekshirish orqali aniqlash mumkin. Morfologik geterogenlik 7 (11,8%) holatda aniqlandi. Iqtisodiy samaradorlik quyidagilardan iborat: o‘smaning davomli o‘sishi yoki qaytalanishining oldini olish takroriy operatsiyalar zaruriyatini istisno qiladi va shu bilan bemorning shifoxonada yotish kuniga sarflanadigan xarajatlarni o‘rtacha taxminan 15 090. ming so‘mga iqtisod qiladi (palatada 1 kun qolishning preyskurantiga ko‘ra 309 000 so‘m, bosh miya o‘smasi olib tashlanishi bo‘yicha jarrohlik aralashuvining narxi 6 342 ming so‘mni va shifoxonada bo‘lish paytida boshqa tibbiy xizmatlar uchun taxminan 1500 ming so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: asosiy va taqqoslash guruhlarida qayta operatsiya qilingan bemorlarning 7 (7,1%) tasida geterogenlik fenomeni aniqlandi, bu o‘smaning past darajadagi xavflilikdan yuqori darajasiga o‘tishida samaradorlikka erishildi.
uchinchi ilmiy yangilik: anaplastik astrotsitoma bilan bemorlarning klinik natijalarini optimallashtirish uchun qiyosiy tashxislash va kompleks davolash algoritm ishlab chiqilgan. Mazkur yangilik bo‘yicha 04.12.2023 yildagi №30789 raqamli "Supratentorial joylashgan xavfli anaplastik astrotsitomali bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish algoritmi" nomli kompyuter dasturi ishlab chiqilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent (23.02.2023 №26), Sirdaryo (13.03.2023 №34§1) viloyatlari filiallari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: katamnez va so‘rovnoma ma’lumotlariga ko‘ra, vafot etgan 22 nafar bemordan 11 nafari (50%) jarrohlik amaliyotidan keyin nur terapiyasini olmagan va jarrohlik amaliyotidan keyin 6 oy ichida yashash joyida vafot etgan. Iqtisodiy samaradorlik quyidagilardan iborat: tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining xulosasiga ko‘ra bemorning umrbod ta’minoti uchun davlat xarajatlari (1 nafar bemor uchun oyiga 747 000 so‘mdan), biz tomonimizdan taklif etilgan davolash algoritmiga rioya qilgan holda bundan qochish mumkin bo‘ladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: subrotentorial astrotsitoma jaroxlikdan keyin xolatini yaxshilash maqsadida ximiya nur terapiyasining morfofunksional o‘zgarishlar asosidagi individual yondashuv asoslangan. Mazkur yangilik bo‘yicha 04.12.2023 yildagi № 30789 raqamli "Supratentorial joylashgan xavfli anaplastik astrotsitomali bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish algoritmi" nomli kompyuter dasturi ishlab chiqilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent (23.02.2023 №26), Sirdaryo (13.03.2023 №34§1) viloyatlari filiallari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: anaplastik astrotsitomalar bilan og‘rigan bemorlarni davolash va olib borish taktikasining ishlab chiqilgan algoritmi har bir aniq holatda bemorlarni olib borish va davolashning eng maqbul taktikasini tanlash bilan shaxsiy yondashuv imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik quyidagilardan iborat: tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining xulosasiga ko‘ra bemorning umrbod ta’minoti uchun davlat xarajatlari (1 nafar bemor uchun oyiga 747 ming so‘mdan), biz taklif qilgan davolash algoritmiga rioya qilsak, bundan qochish mumkin.