Raximova Shaxnozaxon Komiljon kizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Covid-19 dan keyingi davrda o‘smirlarda neyroimmunologik belgilar va nevrologik holatning o‘zaro bog‘liqligini baholash», 14.00.13-Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3167.
Ilmiy rahbar: Azizova Ra’no Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot  akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Sadikova Gulchexra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Tuychibaeva Nodira Miratalievna, tibbiyot  fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: koviddan keyingi davrda o‘smirlarda neyroimmunologik belgilar va nevrologik holatning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koviddan keyingi sindrom bilan og‘rigan o‘smirlar qonida GFAP glial fibrillyar kislotali oqsil  va MSR-1 monotsitar xemoattraktant oqsil-1 tarkiblari baholangan bo‘lib, bu ularning klinik namoyon bo‘lishidan oldingi bosqichda nevrologik buzilishlar rivojlanishining markerlari, bolalarda koviddan keyingi sindromning nevrologik ko‘rinishlari mavjud bo‘lganda esa  nevrologik defisit prediktori bo‘lib xizmat qilishi isbotlangan;
koviddan keyingi sindromda nevrologik buzilishlar rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan o‘smirlar guruhini aniqlashga imkon yaratuvchi nevrologik tanqislik rivojlanish xavfining prognostik modeli ishlab chiqilgan;
o‘smirlarda koviddan keyingi sindromni davolashda dorivor o‘tlar, vitaminlar va aminokislotalar majmuasini kiritish astenik holat va vegetativ buzilish alomatlarini tezda bartaraf etishga yordam berishi asoslangan;
olingan ma’lumotlar asosida koviddan keyingi sindrom bilan og‘rigan o‘smirlarda nevrologik buzilishlarni erta tashxislash mezonlari va dinamik kuzatish taktikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Nevrologik asoratlarni hisobga olgan holda o‘smirlarda koviddan keyingi sindromni davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor koviddan keyingi sindrom bilan og‘rigan o‘smirlar qonida GFAP va MSR-1 miqdori baholanganligi, bu ularning klinik namoyon bo‘lishidan oldingi bosqichda nevrologik buzilishlar rivojlanishining markerlari, bolalarda KKSning nevrologik ko‘rinishlari mavjud bo‘lganda esa – nevrologik tanqislik kechishi yomonlashuvining prediktori bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar 2024 yil 7 avgustdagi 76/1-sonli buyruqqa muvofiq Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: koviddan keyingi sindromni erta tashxislash birlamchi sog‘liqni saqlash bo‘g‘inlari shifokorlariga xavf guruhidagi bolalarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini berib, ushbu patologiyaning alomatlarini erta aniqlash esa bolalar vegetativ nerv tizimining holatini, shuningdek, ularning hayot sifatini yaxshilagan. Iqtisodiy samaradorligi: kovid infeksiyasi o‘tkazgandan keyin o‘smirlarda koviddan keyingi sindromning dastlabki alomatlarini aniqlash imkonini beruvchi, qondagi GFAP va MCR-1 tarkibini baholashni o‘z ichiga olgan keng qamrovli tashxislash majmuasi 1 nafar bemorda 1 kurs uchun 599330 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan. Xulosa: GFAP va MSR-1 bolalarda kasallikning klinik namoyon bo‘lishidan oldingi bosqichda nevrologik buzilishlar rivojlanishida ishtirok etuvchi marker¬lar, koviddan keyingi sindromning nevrologik ko‘rinishlari mavjud bo‘lganda esa – nevrologik tanqislik kechishi yomonlashuvining prediktori bo‘lishi ilmiy asoslangan;
ikkinchi ilmiy yangilik: KKSda nevrologik buzilishlar rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan o‘smirlar guruhini aniqlash uchun ishlab chiqilgan nevrologik tanqislik rivojlanish xavfining prognostik modeli 2024 yil 7 avgustdagi  76/1 -sonli buyruqqa muvofiq Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasida amaliyotga joriy etilgan.  Ijtimoiy samaradorligi: koviddan keyingi davrda o‘smirlarda nevrologik buzilishlarning rivojlanishini ambulatoriya sharoitidan foydalanib shaxsan aniqlash o‘smirlarda KKS shakllanishining tasdiqlangan bashoratini amalga oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan prognostik ko‘rsatkichlarning ballik bahosi asosida ishlab chiqilgan KKS bilan og‘rigan o‘smirlarda nevrologik buzilishlar rivojlanishini bashorat qilish modeli xavf guruhini aniqlash va o‘z vaqtida davolashni boshlash, shuningdek, davolash muddatlarini qisqartirish hisobiga 1834000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Xulosa: KKSda o‘smirlarda nevrologik buzilishlar rivojlanishi xavfini bashorat qilish modelining sezuvchanligi va o‘ziga xosligi, mos ravishda, 84,2% va 75,0% ni tashkil qiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: o‘smirlarda KKSni davolashda dorivor o‘tlar, vitaminlar va aminokislotalar majmuasini kiritish astenik holat va vegetativ buzilish alomatlarini tezda bartaraf etishga yordam berishi asoslanganligi 2024 yil 29 iyundagi 86-sonli buyruqqa muvofiq Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: KKSning nevrologik varianti bilan og‘rigan o‘smirlarni majmuaviy davolashga dorivor o‘tlar, vitaminlar va aminokislotalar majmuasi (Kretamin preparati)ni kiritish astenik holat va vegetativ buzilish alomatlarini o‘rtacha 5,9 kunda bartaraf etishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: dori-darmonlar miqdorini qisqartirish hisobiga davolash xarajatlarini kamaytirish hamda somatik holatni yaxshilash, o‘z navbatida, shifokorga murojaatlar sonining ozayishiga olib keladi. Ushbu uslubiy ko‘rsatma qoidalari joriy qilinganda 1 nafar bemorning 1 kurs davolanishi uchun iqtisodiy samaradorlik 599330 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Kretamin preparati bilan muolajaning optimallashtirilishi natijasida KKS bilan og‘rigan o‘smirlar vegetativ nerv tizimining holati va ularning hayot sifati eng samarali tarzda yaxshilandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan nevrologik buzilishlarni erta tashxislash algoritmi va KKS bilan og‘rigan o‘smirlarni dinamik kuzatish taktikasi ishlab chiqilganligi 2024 yil 7 avgustdagi 76/1-sonli buyruqqa muvofiq Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: koviddan keyingi davrda o‘smirlardagi nevrologik buzilishlarning rivojlanishini erta bosqichlarda aniqlash va ularni dinamik kuzatish taktikasini ambulatoriya sharoitida qo‘llash ularga tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida davolashni boshlash imkonini beradi, bu esa, o‘z navbatida, davolanish muddati va shifokorga murojaat qilish sonini 1,8 barobarga qisqartirish hisobiga 1834000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: dori-darmonlar miqdorini qisqartirish hisobiga davolash xarajatlarini kamaytirish hamda somatik holatni yaxshilash, o‘z navbatida, shifokorga murojaatlar sonining kamayishiga olib keladi. Ushbu uslubiy ko‘rsatma qoidalari joriy etilganda 1 nafar bemorning 1 kurs davolanishi uchun iqtisodiy samaradorlik 599330 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: koviddan keyingi davrda o‘smirlarda nevrologik buzilishlarning rivojlanishini ambulatoriya sharoitidan foydalanib shaxsan aniqlash o‘smirlarda KKS shakllanishining tasdiqlangan bashoratini amalga oshirish imkonini beradi. Ushbu usuldan foydalanib, ularni yuritish va davolashning maqsadli mezonini yaratish ham mumkin.

Yangiliklarga obuna bo‘lish