Sarsenbaev Konisbay Jaksilik o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «T.Qayipbergenov povestlarida badiiy mahorat masalasi», 10.00.12 – «Qoraqalpoq adabiyoti» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4932.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Palimbetov Kamalbay Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Gaylieva Ogulbay Kurbanmuradovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Kamalova Dilfuza Enuarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy mahorat muammosini yozuvchi T.Qayipbergenov povestlaridagi g‘oyaviy-mavzuviy yo‘nalishlar, janr, shakl xususiyatlari, sujet, kompozision qurilishi, badiiy til, obraz va xarakter yaratishdagi izlanishlar misolida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jahon va turkiy xalqlar adabiuotshunosligida badiiu mahorat masalasiga oid tadqiqotlardagi ilmiy-nazariy asoslariga tayangan holda, yozuvchi T.Qayipbergenovning povest yaratishdagi o‘ziga xos, individual xususiyatlari ochib berilgan;
yozuvchi povestlarining janr va shakliy o‘ziga xosliklari (epik, liro-epik, liro-psixologik turlari), sujet tiplarini yaratishdagi (xronikal, konsentrik, retrospektiv, assotsiativ sujet) o‘ziga xosligi va asar kompozisiyasidagi (halqasimon, parallel, izchil) poetik izlanishlari orqali asoslangan;
povestlar kompozisiyasida asar qahramonlar xotiralari (retrospektiv), xat, kundalik daftar, dialog, monolog kabi badiiy nutq shakllaridan foydalanishdagi ijodiy individualligi, XX asrdagi qoraqalpoq nasridagi psixologik tasvir imkoniyatlarini olib kelishdagi novatorligi kontekst misollarida aniqlanib, ilmiy-nazariy asosda tahlil qilingan;
obrazlar tizimi, xarakter yaratish, personajlar psixologiyasi, mavzuga atama tanlash, jonli xalq tilining boy leksikasidan foydalanish, detal va bayon turlarini ifodalash kabi unsurlarning asar yaxlitligini ta’minlashdagi va yozuvchi mahoratini aniqlashdagi muhim poetik mezon ekanligi, adibning ularni qo‘llashdagi individual mahorati ochib berilgan va badiiy - uslubiy izlanishlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. T.Qayipbergenov povestlaridagi badiiy mahorat masalasini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yozuvchi povestlarida g‘oyaviy-mavzuviy yo‘nalishlarining taraqqiyot tendensiyalari, janr va shakliy o‘ziga xosligi, sujet va kompozisiya tuzish, obraz va xarakter yaratish xususiyatlari, bayon qilish turlari, badiiy til va detaldan foydalanish mahorati bo‘yicha individual izlanishlari borasidagi nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2021-2023-yillari bajarilgan «Qoraqalpoq yozuvchilarining ijodiy laboratoriyasini monografik aspektda tahlil qilish» mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 5-avgust 314/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, yozuvchi povestlaridagi badiiy mahorat masalasi, asar sujeti va kompozision yaxlitligi, janr va badiiy xususiyatlari, g‘oyaviy-mavzuviy yo‘nalishlarini belgilashda asosiy manba vazifasini bajargan;
badiiy so‘z ustasining povest yaratishdagi poetik izlanishlari, asarlarining g‘oyaviy-mavzuviy yo‘nalishlari, sujet va kompozision tarkibi, obraz va xarakter yaratishdagi individual alohida farqli belgilarini tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalaridan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Adabiyot bo‘stoni», «Adabiy portret», «Adabiyot va davr», «Meros» madaniy-ma’rifiy eshittirishlari hamda «Assalomu alaykum, Qoraqalpog‘iston!», «So‘z gavhari» ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Qaraqalpaqstan Teleradiokompaniyasınıń 2024-yil 22-apreldagi 05-22/198-son ma’limotnomasi). Natijada, qoraqalpoq adabiyotida yozuvchi T.Qayipbergenov povestlarining rivojlanish tendensiyalari, asarlaridagi obraz va xarakter, sujet va kompozisiya tuzishdagi ijodiy izlanishlarini hamda bayon qilish turlari va jonli xalq tili, so‘z tanlash va detallardan foydalanishdagi mahorat masalalari keng jamoatchilikga etkazilishi ta’minlangan.
T.Qayipbergenov povestlaridagi badiiy mahorat masalasini tahlil qilishda yozuvchining individual uslubiy izlanishlari va ijodiy novatorligi haqida ma’ruzalari yosh shoir-yozuvchilarning adabiyotimiz darg‘alari ijodini teran o‘rgatish hamda poetik mahoratini takomillashtirishda keng foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi 2024-yil 3-maydagi 44-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh ijodkorlarning yozuvchi T.Qayipbergenov povestlaridagi g‘oyaviy-mavzuviy yo‘nalishlarini, janr va badiiy izlanishlarini aniqlashga, asarlarining sujet tiplari va kompozision tuzilishini, individual ijodiy mahoratini rivojlantirish masalalari bo‘yicha tushunchalarini takomillashtirishga erishilgan;
yozuvchining hayoti va ijodi, qo‘lyozmalari, nashr etilgan kitoblari, asarlarining g‘oyaviy-mavzusi, obrazlar dunyosi, sujet va kompozisiyasi, bayon qilish mahorati, badiiy tasviriy usullarni foydalanishdagi uslubiy izlanishlari bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida T.Qayipbergenov ijodiga oid ko‘rgazmalar tashkillashtirishda hamda muzey eksponatlarini boyitishda zarur manba sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining 2024-yil 22-apreldagi 137-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzey ekspozisiyasida yozuvchining qoraqalpoq adabiyotida tutgan o‘rni, povestlarining tadqiq qilinishi, g‘oyaviy-tematikasi, janr xususiyatlari, obraz yaratishdagi individual mahorati, sujet tiplari va kompozision birliklarning badiiy-estetik ahamiyati, bayon qilish turlari va asar tilidagi poetik izlanishlarini yoritib berishga muayyan sharoit yaratilgan.