Bawetdinov Muxammeddin Kazımbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpoq lirikasida uslubiy izlanishlar (U.Xo‘janazarov, U.Pirjanov lirikasi misolida)», 10.00.12 – «Qoraqalpoq adabiyoti» (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3990.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jarimbetov Qurbanbay Qudaynazarovich, Filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Kurambaeva Gulandam Karimbaevna, Filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent;
Sayimbetov Sharafatdin Uraqbaevich, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq lirikasida shoir uslubining shakllanishi va rivojlanishini Ulmambet Xo‘janazarov va Uzaqbay Pirjanov ijodi misolida o‘rganish, ularning uslubiy izlanishlari va badiiy o‘ziga xosliklarini qiyosiy tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ulmambet Xo‘janazarov va Uzaqbay Pirjanov lirikasidagi uslubiy izlanishlar tizimli tahlil qilinib, ushbu shoirlar uslubining adabiy jarayondagi o‘rni va ahamiyati ilk bor nazariy jihatdan asoslab berilgan;
shoirlarning biografiyasi va ijtimoiy-madaniy muhitning uslubga ta’siri ochib berilib, U.Xo‘janazarovning falsafiy va vazmin uslubi, U.Pirjanovning esa keskin va romantik uslubi ijodkor fenomeni bilan bog‘liq holda tahlil qilingan;
lirik syujet yaratishdagi uslubiy o‘ziga xosliklar ochib berilib, unga ko‘ra lirik syujetlar U.Xo‘janazarov lirikasida realistik, U.Pirjanov ijodida esa romantik kayfiyat asosida shakllanganligi, ularda badiiy dialog usullari yetakchilik qilishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
she’rning aralash shakli (an’anaviy va nasriy she’r sintezi) U. Xo‘janazarov lirikasida yangi kompozision izlanishlarga olib kelgani, U. Pirjanov ijodida esa aralash va erkin shakldagi she’rlar 1960–1980-yillar she’riyatining shakliy turlanishiga ta’sir etgani ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq lirikasidagi uslubiy izlanishlarni va shoirlarning o‘ziga xos uslubini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
Ulmambet Xo‘janazarov va Uzaqbay Pirjanov lirikasidagi uslubiy izlanishlar tizimli tahlil qilinib, ushbu shoirlar uslubining adabiy jarayondagi o‘rni va ahamiyati ilk bor nazariy jihatdan asoslab berilganligi, shuningdek, shoirlarning biografiyasi va ijtimoiy-madaniy muhitning uslubga ta’siri ochib berilib, U.Xo‘janazarovning falsafiy va vazmin uslubi, U.Pirjanovning esa keskin va romantik uslubi ijodkor fenomeni bilan bog‘liq holda tahlil qilinganligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005 «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» yo‘nalishidagi fundamental ilmiy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2024-yil 24-maydagi 210/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1960–1980-yillar qoraqalpoq lirikasining rivojlanish tendensiyalari, unda uslubiy izlanishlarning tutgan o‘rni haqida ilmiy-nazariy qarashlar takomillashtirilgan;
lirik syujet yaratishdagi uslubiy o‘ziga xosliklar ochib berilib, unga ko‘ra lirik syujetlar U.Xo‘janazarov lirikasida realistik, U.Pirjanov ijodida esa romantik kayfiyat asosida shakllanganligi, ularda badiiy dialog usullari yetakchilik qilishi haqidagi ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Musiqiy dam olish dasturlari» tahririyati tomonidan tayyorlanadigan «Bilimlendiriwde reforma», «Qayırlı tań» radioeshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 20-martdagi 05-22/151-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur shoirlarning falsafiy va peyzaj she’rlari yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga, ularni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
she’rning aralash shakli (an’anaviy va nasriy she’r sintezi) U. Xo‘janazarov lirikasida yangi kompozision izlanishlarga olib kelgani, U. Pirjanov ijodida esa aralash va erkin shakldagi she’rlar 1960–1980-yillar she’riyatining shakliy turlanishiga ta’sir etgani haqidagi ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasida o‘tkazilgan ijodiy seminarlarda, shuningdek, yosh ijodkorlarning Zamin respublika seminarining adabiy tanqid yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan hududiy bosqichlarida yosh shoirlarning nazariy va amaliy tajribalarini oshirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 4-iyundagi 57-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh ijodkorlarning hozirgi adabiy jarayon va unda uslubiy izlanishlarning ta’siri bo‘yicha tushunchalari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish