Arziev Sharapatdin Abdiraxmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «I.Yusupov she’riyatida qushlar obrazi», 10.00.12 – «Qoraqalpoq adabiyoti» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2359.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Orazimbetov Quwanishbay Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kurambaeva Gulandam Karimbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc); Turdibaev Qonaqbay Kewlimjaevich, filologiya fanlari filosofiya doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi I.Yusupov ijodida lirik qahramon, xususan, qushlar obrazining yaratilishidagi badiiy mahorat va ijodiy o‘ziga xoslik belgilarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
I.Yusupov poetik tajribasiga xos obraz yartishda novatorlik, lirik qahramon ruhiyatini ravon va ta’sirchan ifodalash, emotsional-ekspressiv ta’sir hamda ularning psixologik asoslari dalillangan;
shoir asarlarida obrazlar tizimi, syujet va kompozision tuzilishidagi badiiy uslublar sintezi, she’riy shakllar va janr xususiyatlarini aniqlashning asosiy mezonlari belgilangan;
I.Yusupovning obraz yaratishda xalq og‘zaki ijodi an’analaridan foydalanish mahorati, mifologik va realistik tasvir usullari, folklorizmning shoir she’riyatiga ta’siri natijasida vujudga kelgan ijodiy faoliyati nazariy jihatdan yoritilgan;
shoir lirikasida qushlar obrazining yaratilishida individual uslub hamda badiiy mahorat, badiiy an’ana va ijodiy ta’sir masalalari ilmiy-nazariy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. I.Yusupov poeziyasida qushlar obrazining yasalishini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
I.Yusupov sheriyatida obraz va obrazlilik, badiiy tildan foydalanish mahorati va shoir ijodiy tajribasi ularoq yuzaga kelgan badiiy topilmalarga oid ilmiy xulosalardan Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida I.Yusupovning adabiy meroslari bo‘yicha tashkil etilgan ko‘rgazmalar mazmunini boyitishda foydalanilgan. (Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2024-yil 9-sentyabrdagi 01-02/03-171-son ma’lumotnomasi). Natijada, I.Yusupov lirikasida troplarning qo‘llanilishi, badiiylikni ta’minlashdagi ahamiyati, his-tuyg‘ularni etkazib berishdagi o‘ziga xosligi haqidagi tushunchalar boyitilgan;
I.Yusupov poeziyasidagi falsafiylik, badiiy obraz yaratish mahorati va shoirning poetik tajribasi yuzasidan bildirilgan nazariy qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining FA-F-1-005-sonli «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini ilmiy o‘rganish» (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihalarda foydalanilgan. (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 23-sentyabrdagi 424/1-son ma’lumotnomasi) Natijada, shoir ijodida yangi she’riy shakl hamda janrlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratganligi borasidagi mulohazalar muhim xulosalar chiqarish imkonini bergan;
I.Yusupov she’riyatida ijodkorning ijtimoiy-madaniy va tabiat hodisalariga munosabati, shakl va mazmun mutanosibligi, folklor an’nalarining ta’siri, kabi masalarning yoritilgan xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasida 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan ish-rejasi tegishli bandlarining ijrosini ta’minlashda nazariy-metodologik asos sifatida foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 17-setyabrdagi 84-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarning davr she’riyati mavzu ko‘lami, shakliy va mazmuniy o‘zgarishlari, janriy rang-barangligi yuzasidan bilimlari boyishiga, tasavvurlari kengayishiga erishilgan.