Axmedova Madinabonu Maxmudjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va rus afsonalari tipologiyasi (pragmatika va badiiyat)” mavzusida, 10.00.08 – Folklorshunoslik. (filologiya fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4762
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Raxmonova Maxbuba Ravshanovna – filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent amaliy fanlar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mirzaeva Salima Rayimjonovna – filologiya fanlari doktori, professor; Allamberganov Hamza Kamalovich – filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbek va rus afsonalarining o‘ziga xos xususiyatlari, pragmatik va komunikativ vazifalarini aniqlash, afsonalarning jahon xalqlari afsonalari kontekstida tutgan o‘rnini oydinlashtirish, o‘zbek va rus afsonalarining poetikasini qiyosiylash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbek va rus afsonalarining syujet, obrazlar tiziminining tipologik xususiyatlari hamda O‘rol-Oltoy tillari oilasiga mansub, rus etnoslarining qadimgi hukmdor obrazi arxetiplari bilan  mushtarak jihatlarga egaligi ikki xalq folklor an’analarining tarixiy-genetik jihatdan o‘xshash va farqli tomonlari tarixiy va toponimik afsonalar misolida aniqlangan;
o‘zbek va rus afsonalarining pragmatik, komunikativ vazifalari, obrazlar tizimi va badiiyatini o‘rganish asosida o‘zbek xalq afsonalarining milliy tariximiz, hududlardagi etnos va joy nomlari bilan bog‘liq tushunchalarni izohlashi, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabat, epik voqelikka ishontirish xususiyatlari va komuntkativ – ma’lumot tashish, fakt mohiyatini izohlash vazifalari asoslangan;
o‘zbek va rus afsonalari misolida folklorning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni hamda ahamiyati, xalq ijodining didaktik vazifalari oydinlashtirilgan;
o‘zbek va rus afsonalari syujeti, motivlar tarkibi, motivlar sifati nuqtai nazaridan tipologik tahlil qilingan, afsonalar syujetidagi sakral va etnologik motivlar aniqlanib, ularning epik syujetni shakllantirishdagi badiiy vazifalari oydinlashririlgan;
afsonalar syujeti O‘rta Osiyo va Rossiya tub etnosining mahalliy e’tiqodiy qarashlari hamda islom dini ta’sirida kirib kelgan intiho, hayot daraxti, avliyo kulti, yaralish bilan bog‘liq o‘zlashma asotiriy qatlamni o‘z ichiga olishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va rus afsonalari pragmatika va baiiyatini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbek va rus afsonalarining syujet, obrazlar tiziminining tipologik xususiyatlari hamda O‘rol-Oltoy tillari oilasiga mansub, rus etnoslarining qadimgi hukmdor obrazi arxetiplari bilan  mushtarak jihatlarga egaligi ikki xalq folklor an’analarining tarixiy-genetik jihatdan o‘xshash va farqli tomonlari tarixiy va toponimik afsonalari, o‘zbek va rus afsonalarining pragmatik, komunikativ vazifalari, obrazlar tizimi va badiiyatini o‘rganish asosida o‘zbek xalq afsonalarining milliy tariximiz, hududlardagi etnos va joy nomlari bilan bog‘liq tushunchalarni izohlashi, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabat, epik voqelikka ishontirish xususiyatlari va komuntkativ – ma’lumot tashish, fakt mohiyatini izohlash vazifalari haqidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan A-OT-2021-132-sonli "Surxon vohasi tarixiy va etnomadaniy manbalariga oid "i-turusm" platformasini ishlab chiqish"mavzusidagi innovatsion loyiha”da foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 9-apreldagi 04/11-2868-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo viloyatidagi Sa’d ibn Abu Vaqqos, Termiziy nomi bilan bog‘liq ziyoratgohlar paydo bo‘lishi borasida turistlar uchun annotatsiyalar va ma’lumotnomalar tayyorlandi.  
o‘zbek va rus afsonalari misolida folklorning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni hamda ahamiyati, xalq ijodining didaktik vazifalari, o‘zbek va rus afsonalari syujeti, motivlar tarkibi, motivlar sifati nuqtai nazaridan tipologik tahlili, afsonalar syujetidagi sakral va etnologik motivlar, ularning epik syujetni shakllantirishdagi badiiy vazifalari borasida chiqarilgan ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xalq ijodiyoti metodik markazi Respublika madaniyat muassasalari xalq ijodiyoti bo‘limlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zbek xalq nomodiy madaniy yodgorliklarini to‘plash, asrash va ommalashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 3-apreldagi 01/01-59-son ma’lumotnomasi). Natijada, Madaniyat bo‘limlarining faoliyatida xalq og‘zaki badiiy ijodiyoti namunalarini izchil to‘plash va ommalashtirish borasidagi tajribalar takomillashtirildi.
Afsonalar syujeti O‘rta Osiyo va Rossiya tub etnosining mahalliy e’tiqodiy qarashlari hamda islom dini ta’sirida kirib kelgan intiho, hayot daraxti, avliyo kulti, yaralish bilan bog‘liq o‘zlashma asotiriy qatlamni o‘z ichiga olishi to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati teleradiokompaniyasi “Moziydan sado” teleko‘rsatuvini, “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan tayyorlangan turkum ko‘rsatuvlari va radioeshittirishlarini tayyorlashda keng foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati “Hilqat teleradiosi”ning 2024-yil 10 iyundagi №01/01-H/T-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, Namangam viloyati teleradiokompaniyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-sonli "Nomoddiy madaniy merosni  muxofaza qilish, ilmiy o‘raganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan "Qadriyat" rukni ostida teleko‘rsatuvlarni tayyorlash, Namangan viloyati radiosida “Ajdodlardan meros qadriyat" turkum eshittirishlar, "Navro‘z" umumxalq bayrami munosabati bilan turkum ko‘rsatuvlar tashkil etishda keng foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish