Egamkulova Gavhar Mustafaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Buxoro-Navoiy hududi qoraqalpoq jirovlari ijodida terma-to‘lg‘ovlar genezisi va evolyusiyasi, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil235.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qazaqbaev Sarsenbay Seylbekovich, filologiya fanlari doktori(DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlar: Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Saparniyazov Rustem, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro-Navoiy hududi qoraqalpoq jirovlari terma-to‘lg‘ovlarining genezisi, shakllanish jarayonlari, janriy xususiyatlari va poetikasini o‘rganib, ularning xalq og‘zaki ijodi tizimidagi o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Buxoro-Navoiy hududi qoraqalpoq jirovlari ijodining asoslari turkiy xalqlarga mushtarak bo‘lgan jirovchilik san’atining tarixiy-madaniy ildizlariga borib taqalishi isbotlangan;
Buxoro-Navoiy hududidagi qoraqalpoq jirovchilik san’atining ijodiy, tarixiy taraqqiyoti va evolyusiyasi jarayonlarning ildizi Janubiy Orolbo‘yi qoraqalpoq jirovchilik san’ati bilan hamohang ekanligi dalillangan;
Buxoro-Navoiy hududidagi qoraqalpoq jirovlari repertuaridagi terma-to‘lg‘ovlarning laqay va qo‘biz asbobidagi ijro shakllari va janrlarining Janubiy Orolbo‘yi qoraqalpoq hamda boshqa xalqlar jirovlari ijodidan farxli, o‘xshash va mushtarak jihatlari aniqlangan;
Qoraqalpoq jirovlari repertuaridagi tarixiy to‘lg‘ovlar tarixiy manba sifatida xalqning tarixiy xotirasi, madaniy merosi va ijtimoiy hayotini aks ettirishdagi ahamiyati, shuningdek, tarixiy voqealar va shaxslarning epik tasvirda qanday aralashgani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq jirovlarining terma-to‘lg‘ovlar ijrochilik an’anasi genezisi va tipologik xususiyatlarini belgilash asosida olingan natijalar quyidagicha amaliyotga joriy qilingan:
Buxoro-Navoiy hududi qoraqalpoq jirovlari ijodining asoslari turkiy xalqlarga mushtarak bo‘lgan jirovchilik san’atining tarixiy-madaniy ildizlariga borib taqalishi isbotlanganligi, Buxoro-Navoiy hududidagi qoraqalpoq jirovchilik san’atining ijodiy, tarixiy taraqqiyoti va evolyusiyasi jarayonlarning ildizi Janubiy Orolbo‘yi qoraqalpoq jirovchilik san’ati bilan hamohang ekanligi dalillanganligi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan “Qoraqalpoq og‘zaki nasri (janrlar tuzilishi, genezisi, obrazlar tizimi, syujet va motivlari, poetikasi)” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 6-sentyabrdagi 376/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro-Navoiy hududi qoraqalpoq jirovlariga tegishli yoki ular ijro etgan terma-to‘lg‘ovlarning xususiyatlarini aniqlash bilan bog‘lik vazifalarning bajarilishini ta’minlashga xizmat qildi, shuningdek, terma-to‘lg‘ovlarning nazariy asoslarini belgilash, o‘ziga xos janriy, shakliy xususiyatlarini aniqlash, Buxoro-Navoiy hududi qoraqalpoq jirovlarining Janubiy Orolbo‘yi qoraqalpoq jirovlari bilan bog‘liq tomonlarini ko‘rsatish haqidagi nazariy xulosalardan foydalanildi.
Buxoro-Navoiy hududidagi qoraqalpoq jirovlari repertuaridagi terma-to‘lg‘ovlarning laqay va qo‘biz asbobidagi ijro shakllari va janrlarining Janubiy Orolbo‘yi qoraqalpoq hamda boshqa xalqlar jirovlari ijodidan farxli, o‘xshash va mushtarak jihatlari aniqlanganligi haqidagi xulosalardan Madaniyat vazirligi tizimida amalga oshirilgan loyihalarini bajarishda, jumladan, qoraqadroq jirovchilik san’atini hamda qo‘biz asbobini UNESCOnıng madaniy meroslari obektiga kiritish bo‘yicha tadbirlarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023-yil 3-noyabrdagi 2-03/1588-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarga ma’naviy-axloqiy fazilatlarni va milliy mentalitetni singdirishda xalq pedagogikasi va zamonaviy ta’lim-tarbiyaviy fikrlarni uyg‘unlashtirish imkoniyati yaratilgan va interfaol texnologiyalardan foydalanish imkoniyati kengaytirilgan;
Qoraqalpoq jirovlari repertuaridagi tarixiy to‘lg‘ovlar tarixiy manba sifatida xalqning tarixiy xotirasi, madaniy merosi va ijtimoiy hayotini aks ettirishdagi ahamiyati, shuningdek, tarixiy voqealar va shaxslarning epik tasvirda qanday aralashgani ochib berilganligiga oid ilmiy qarashlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining «Ruwxıylıq bostanı», «Miyras» axborot-ma’rifiy dasturidagi ko‘rsatuv va eshittirishlar ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-apreldagi 05-22/222-sonli ma’lumotnomasi). Natijada milliy qadriyatlarimizning ma’naviy-madaniy rivojlanishda tutgan o‘rni va ta’lim-tarbiyadagi ahamiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga erishilgan.