Matjanova Ayjamal Jarilkapovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Qoraqalpoq tilida xushmuomalalik kategoriyasining ifodalanishi, 10.00.03. – Qoraqalpaoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2483.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01
Rasmiy opponentlar: Yusupova Biybisanem Turdibaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Qunnazarova Aysholpan Maqsetbaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi qoraqalpoq tilshunosligida xushmuomalalikni ifodalovchi morfologik, leksik, sintaktik va paralingvistik vositalarning qo‘llanilish xususiyatlarini hamda milliy shakllarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoraqalpoq tilida xushmuomalalikni ifodalovchi leksik, morfologik, sintaktik vositalar anıqlangan va ularning uslubiy xususiyatlari ochib berilgan, badiiy asarlar, so‘zlashuv uslubi asosida xushmuomalalikning alohida kategoriya ekanligi dalillangan;
xushmuomalalik ma’nosini ifodalovchi noverbal vositalar (paralingvistik) ajratilgan, ular asosida xushmuomalalik tushunchasi aniqlangan va qoraqalpoq xalqining xushmuomalalikni ifodalash shakllarining o‘ziga xos xususiyatlari tavsiflangan;
xushmuomalalik ma’nosini ifodalovchi leksik vositalar – tabu va evfemizmlar ma’noviy guruhlarga ajratiilgan, qarindoshlik atamalaridagi xushmuomalalik ma’nosi, shuningdek, xushmuomalalik ifodalashda qoraqalpoq tilining xususiyatlari ochib berilgan;
xushmuomalalik ifodalovchi morfologik vositalarning ma’noviy oppozisiyasini ta’minlovchi uslubiy tomonlari ochilgan, sintaktik vositalar orqali berilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq tilidagi xushmuomalalik ma’nosini ifodalovchi vositalarni tadqiq qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq tilida xushmuomalalikni ifodalovchi leksik, morfologik, sintaktik vositalar anıqlangan va ularning uslubiy xususiyatlari ochib berilgan, badiiy asarlar, so‘zlashuv uslubi asosida xushmuomalalikning alohida kategoriya ekanligini dalillovchi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023 yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik manzarasini monografik aspektda tahlil qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 11-noyabrdagi №526/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tili etnografik leksikasining shakllanishida xushmuomalalik kategoriyasining leksik, morfologik, sintaktik vositalar orqali boyitilishiga xizmat qilgan;
xushmuomalalik ma’nosini ifodalovchi noverbal vositalar (paralingvistik) ajratilgan, ular asosida xushmuomalalik tushunchasi aniqlangan va qoraqalpoq xalqining xushmuomalalikni ifodalash shakllarining o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan F3-2016-0908165532 “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 29-noyabrdagi №506-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq xalqining xushmuomalalikni ifodalash shakllarining milliy o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan.
xushmuomalalik ma’nosini ifodalovchi leksik vositalar – tabu va evfemizmlar ma’noviy guruhlarga ajratilgan, qarindoshlik atamalaridagi xushmuomalalik ma’nosi, shuningdek, xushmuomalalik ifodalashda qoraqalpoq tilining xususiyatlari dalillangan xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Til baylıǵı-el baylıǵı”, “Tilge itibar-elge itibar” eshittirishlarida va “Múnásibet” madaniy-ma’naviy ko‘rsatuvi orqali keng ommaga namoyish qilingan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2024-yil 8-noyabrdagi 05-22-486/2-son ma’lumotnomasi). Natijada xushmuomalalik ma’nosini ifodalovchi so‘zlarning ijtimoiy ahamiyati bilan aloqador ma’lumotlar materiallarning va eshittirishlarning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati, mazmun-mohiyati chuqurlashuviga erishilgan.
xushmuomalalik ifodalovchi morfologik vositalarning ma’noviy oppozisiyasini ta’minlovchi uslubiy tomonlari ochilgan, sintaktik vositalar orqali berilishi aniqlangan xulosalardan Xorazm Ma’mun akademiyasida A-FA-2019-9 shifrli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasi doirasida bajarilgan Ogahiy “Asarlar” silsilasining 6-8-9 jildlarini nashrga tayyorlash va chop etishda foydalanilgan. (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2024-jıl 14-dekabrdagi 281/2-24-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilida aloqa madaniyati, diplomatik muhitdagi til birliklari xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish