Muhammadaliev Minhojidin Qurbonali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish institutining dalillarni baholashdagi o‘rni”, “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1078.
Ilmiy rahbar: Rajabova Mavjuda Abdullaevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor; Qo‘shaev Nurali Mahmudovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat protsessida ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish institutini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tadqiq qilish barobarida mazkur institutga oid jinoyat protsessual qonunchilikdagi normalarni yanada takomillashtirish yuzasidan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar tayyorlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishni sudga qadar yuritish bosqichida sud nazoratini kuchaytirish, shuningdek, ish bo‘yicha dalillarni baholashda holislikni ta’minlash maqsadida “Tergov sudyasi” institutini joriy qilish hamda ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yishni aynan tergov sudyasi tomonidan amalga oshirish lozimligi asoslantirilgan;
guvohni, jabrlanuvchini (fuqaroviy davogarni) ob’ektiv sabablarga ko‘ra ya’ni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketishi, ularda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishni istisno qiladigan og‘ir va davomli kasallik mavjudligi sababli ishni sudga qadar yuritish yoki sud muhokamasi chog‘ida keyinchalik so‘roq qilish mumkin bo‘lmay qoladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud bo‘lgan hollarda, ularning ko‘rsatuvlari oldindan mustahkamlab qo‘yilishi lozimligi asoslantirilgan;
ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqilishi lozimligi asoslantirilgan;
sud ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay ko‘rib chiqishi va iltimosnomani qanoatlantirish hamda sud majlisini tayinlash yoki iltimosnomani qanoatlantirishni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqarishi va bu haqda taraflarga xabar berishi, iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sudya ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlash bo‘yicha sud majlisini uch sutkadan kechiktirmay o‘tkazishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish institutining dalillarni baholashdagi o‘rni yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
tergov sudyasi yakka o‘zi ish tutib, JPKda nazarda tutilgan tartibda sudga qadar ish yuritish bosqichida shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan sud nazoratini, shuningdek ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqishni amalga oshirishi zarurligi bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1022-sonli Qonunining 2-moddasi 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2025-yil 17-fevraldagi 3/dn-26-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi ishni sudga qadar yuritish bosqichida sud nazoratini kuchaytirish, shuningdek, sud tomonidan ish bo‘yicha dalillarni baholashda xolislikni ta’minlashga xizmat qilgan;
guvohni, jabrlanuvchini (fuqaroviy da’vogarni) ob’ektiv sabablarga ko‘ra (O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketishi, ularda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishni istisno qiladigan og‘ir va davomli kasallik mavjudligi) ishni sudga qadar yuritish yoki sud muhokamasi chog‘ida keyinchalik so‘roq qilish mumkin bo‘lmay qoladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud bo‘lgan hollarda, ularning ko‘rsatuvlari oldindan mustahkamlab qo‘yilishi mumkinligi bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-675-sonli Qonunining 2-modda 1-qismi 13-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2024-yil
11-iyuldagi 3/08-119-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi jinoyat ishi bo‘yicha ko‘rsatuvlari muhim bo‘lgan guvoh, jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlarni huquq va erkinliklarini cheklanishini oldini olishga xizmat qilgan.
ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqilishi bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1022-sonli Qonunining 2-moddasi 6-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2025-yil 17-fevraldagi 3/dn-26-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi jinoyat protsessi ishtirokchilarining murojaat qilish bilan bog‘liq huquqlari himoyasini ta’minlash hamda sudda dalil sifatida baholanishi lozim bo‘lgan ko‘rsatuvlarni mustahkamlanmay qolishining oldini olishga xizmat qilgan;
sud ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va iltimosnomani qanoatlantirish hamda sud majlisini tayinlash yoki iltimosnomani qanoatlantirishni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqaradi va bu haqda taraflarga xabar berishi, iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sudya ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlash bo‘yicha sud majlisini uch sutkadan kechiktirmay o‘tkazishi kerakligi bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-675-sonli Qonunining 2-modda 1-qismi 13-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2024-yil 11-iyuldagi
3/08-119-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish institutini keng doirada qo‘llanilishiga, shuningdek ushbu protsessual harakatni qo‘llash bilan bog‘liq qo‘shimcha ovoragarchiliklarning oldini olishga xizmat qilgan.