Kenjaev Jasur Omon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar organlarining inson huquqlarini ta’minlashda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorligining siyosiy texnologiyalari”, 23.00.02-siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ss430
Ilmiy rahbar: Muminov Alisher G‘afforovich, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ishki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/28.06.2024.Ss.178.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zakurlaev Abdumutal Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor Jo‘raev Qodir Asadovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekistonda ichki ishlar organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi ijtimoiy sherikchiligi tashkil etadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar organlari bilan nodavlat notijorat tashkilotlarning kompleks, pragmatik va samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish ijtimoiy-siyosiy muammolarni hal etishda birdamlik vazifasini bajarib, inson erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishi ilmiy nuqtai nazardan asoslangan;
ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatiga kompleks jumladan, siyosiy jihatdan ob’ektiv baho berish, nodavlat notijorat tashkilotlar bilan boshqaruvda gorizontal (ichki ishlar organlari tomonidan ijro tizimi va nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan nazorat) va vertikal (boshqaruvda yuqoridan quyiga) aloqalarni modernizatsiya qilib borish jamiyatning siyosiy barqarorligini ta’minlovchi ijtimoiy zarurat ekanligi ochib berilgan;
aholining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashda profilaktika inspektorlarining hududlardagi ijtimoiy vaziyat monitoringiga ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan mavjud va ehtimoliy huquqbuzarliklarning oldini oluvchi (preventiv) chora-tadbirlar hamda hamkorlikka asoslangan tizimli “holat, sabab, chora, natija va nazorat” tadbirlarini olib borishi siyosiy barqarorlikni ta’minlovchi samarali mexanizmlardan biri ekanligi amaliy-nazariy tajribadan kelib chiqqan holda dalillangan;
davlat suvereniteti va xavfsizligi, fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlarini ta’minlashda ichki ishlar organlarining tegishli xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari bilan samarali hamkorligini oshirib borish mamlakat va yoshlar taqdirini global tahdidlardan himoya qilishda kasbiy madaniyatga oid professional etikani shakllantirishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ichki ishlar organlarining inson huquqlarini ta’minlashda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorligining siyosiy texnologiyalarini oʻrganish natijasidagi takliflar asosida:
ichki ishlar organlari bilan nodavlat notijorat tashkilotlarning kompleks, pragmatik va samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish ijtimoiy-siyosiy muammolarni hal etishda birdamlik vazifasini bajarib, inson erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishi ilmiy nuqtai nazardan asoslanligiga oid xulosalar va taklif tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) faoliyatida “Ombudsman va Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti o‘rtasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ta’minlashda o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida”gi memorandumni ishlab chiqishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2024-yil 10-sentyabrdagi 01-07/425-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ichki ishlar organlari bilan nodavlat notijorat tashkilotlarning hamkorligini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatiga ob’ektiv baho berishda va legitimligini ta’minlashda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan bevosita erkin boshqaruvda gorizontal (ichki ishlar organlari tomonidan ijro tizimi va nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan nazorat) hamda vertikal (boshqaruvda yuqoridan quyiga) aloqalarini modernizatsiya qilib borishi jamiyatning siyosiy barqarorligini ta’minlovchi ijtimoiy zarurat ekanligi ochib berilganligiga oid xulosalar va taklif tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Barqaror rivojlantirish Markazi faoliyatida, xususan, 2023-yil 23-fevralda o‘tkazilgan “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda Parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni” mavzusidagi xalqaro anjumanni tashkil etishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Barqaror rivojlantirish Markazining 2024-yil 10-sentyabrdagi 511-sonli dalolatnomasi). Natijada, tadqiqot ishi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Barqaror rivojlantirish Markazining 2023-2024-yillarda o‘tkazilgan faoliyatiga tatbiq etilgan;
aholining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashda profilaktika inspektorlarining hududlardagi ijtimoiy vaziyat monitoringiga ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan mavjud va ehtimoliy huquqbuzarliklarning oldini oluvchi (preventiv) chora-tadbirlar hamda hamkorlikka asoslangan tizimli “holat, sabab, chora, natija va nazorat” tadbirlarini olib borishi siyosiy barqarorlikni ta’minlovchi samarali mexanizmlardan biri ekanligi amaliy-nazariy tajribadan kelib chiqqan holda dalillanganligiga oid xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2024-yil uchun dasturini ishlab chiqishda keng foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2024-yil 30-sentyabrdagi №01-27-/493-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining tinchligi va osoyishtaligini, siyosiy barqarorlikni ta’minlovchi targ‘ibot ishlarini tashkil etishga xizmat qilgan;
davlat suvereniteti va xavfsizligi, fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlarini ta’minlashda ichki ishlar organlarining tegishli xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari bilan samarali hamkorligini oshirib borish mamlakat va yoshlar taqdirini global tahdidlardan himoya qilishda kasbiy madaniyatga oid professional etikani shakllantirishi ochib berilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-2025-yillar uchun mo‘ljallangan dasturini ishlab chiqishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 01-5-25-377-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan.