Sobirov Faridun Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aegilops L. turkumining mahalliy ekotiplarini fenotipik va genotipik skriningi», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/V1054.
Ilmiy rahbar: Djabbarov Ibrohim Shodmanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Baxtiyor Shuxratovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xalilov Nasriddin Xalilovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning janubi-sharqiy mintaqasidagi Aegilops L. turkumi mahalliy turlarining fenotipik, genotipik xilma-xilligi va bug‘doy seleksiyasi uchun namunalar tanlash samarasini oshirish uchun to‘plam strukturasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning janubi-sharqiy mintaqasida Aegilops L. turkumiga mansub mahalliy turlarning ekologik-geografik tarqalishi va xilma-xillik xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor SSR-tahlili natijasida Aegilops L. turkumi mahalliy turlari kolleksiyasining genetik xilma-xilligi, mahalliy turlar orasidagi genetik masofalar aniqlangan va filogenetik daraxt tuzilgan, o‘rganilgan DNK markerlari asosida O‘zbekistonning janubi-sharqiy mintaqasida turlarning klasterlanishi isbotlangan;
Aegilops L. turkumning mahalliy turlarini DNK pasportizatsiyalash uchun eng informatsion SSR-markerlari tanlab olingan. Mikrosatellit tahlillari natijasida eng informatsion SSR-markerlari aniqlangan (besh va oltita allel variantlari), allel chastotasi va o‘rtacha geterozigotlik hisoblab chiqilgan hamda bug‘doy amaliy seleksiyasi uchun potensial belgilar aniqlangan.
Aegilops L. turkumning mahalliy turlarini baholash morfologik va fenologik belgilar va o‘simliklarning hosildorlik ko‘rsatkichlari asosida baholangan. Tahlillar natijasida poya uzunligi (3), mahsuldor poyalar (4), boshoq uzunligi (2), boshoqdagi donlar soni (3), boshoqdagi don vazni (2) va 1000 dona don og‘irligi (2) belgilarning yuqori qiymatlariga ega bo‘lgan istiqbolli namunalar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aegilops L. turkumining mahalliy ekotiplarini fenotipik va genotipik skriningidan olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonning janubi-sharqiy mintaqasida muhofazaga muhtoj mahalliy Aegilops L. D-genom turlarining tabiiy tarqalish hududlarini saqlab qolish chora-tadbirlari Samarqand viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 3 apreldagi 03-03/3-3166-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy D-genom turlarining populyasiyalarini saqlab qolish va muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
bug‘doyning sho‘rxoqlikka va qurg‘oqchilikka chidamlilik bilan bog‘liq DNK markerlar paneli tuzilgan hamda ushbu DNK-markerlar to‘plami (WSP006, WSP044, WSP107, WSP130, WSP156, WSP190) O‘zbek-Belarus hamkorligida bajarilayotgan IL-4821091674-son “Qurg‘oqchilikka chidamli istiqbolli navlarni yaratish uchun samarali molekulyar markerlarni ishlab chiqish maqsadida degidrinlarni kodlovchi genlarning yumshoq bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamlilikdagi hissasini aniqlash” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 11 iyundagi 4/1255-129-son ma’lumotnomasi). Natijada, sho‘rxoqlikka va qurg‘oqchilik belgilariga ega navlarni tanlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish