Mardanova Gavhar Dobilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo viloyatida qon so‘ruvchi chivinlar (Culicidae: Anopheles) faunasi va ekologiyasining zamonaviy holati», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/V734.
Ilmiy rahbar: Xurramov Alisher Shukurovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Mirzaeva Gulnara Saidorifovna, biologiya fanlari doktori, professor; Yunusov Mirzakarim Mirzahalilovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyati hududida tarqalgan Anopheles avlodi chivinlarining tur tarkibi, faunasi, bioekologiyasi hamda epidemiologik ahamiyatga ega turlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Surxondaryo viloyatida uchrovchi Anopheles avlodiga mansub chivinlarning hozirgi holati tahlil qilingan va 1 oila, 1 kenja oila, 1 avlod, 2 kenja avlodga mansub 4 turi aniqlangan;
ilk bor Surxondaryo viloyati sharoitida Anopheles avlodiga mansub chivin turlarining ribosoma va mitoxondrial DNK genlari yordamida molekulyar identifikatsiya isbotlangan;
ilk bor Surxondaryo viloyati hududida uchrovchi Anopheles avlodi chivin turlarining zoogeografik tarqalishi tahlil qilindi, natijada 1 ta Kosmopolitik va 3 ta Palearktik areallariga taalluqli bo‘lgan jami 4 ta guruhlarga taalluqli ekanligi aniqlangan;
birinchi marta viloyat hududida Anopheles chivinlarining tabiiy yashash landshaftlari ilk bor aniqlangan;
Surxondaryo viloyatida o‘rtacha kunlik haroratga bogʼliq holda Anopheles superpictus chivinlari organizmida Plasmodium vivax sporozoitlarining samarali rivojlanishi uchun kerak bo‘ladigan muddatlar nazariy jihatdan isbotlangan;
Surxondaryo viloyatida qayd etilgan Anopheles avlodiga mansub chivin turlarining hozirgi holatini ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat kadastrini yuritish sanitariya epidemologiya xizmati tomonidan ularga qarshi kurashda profilaktik choralarni ishlab chiqishga asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyatida qon so‘ruvchi chivinlar (Culicidae: Anopheles) faunasi va ekologiyasining zamonaviy holati yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
molekulyar-genetik tadqiqotlar natijasida, Surxondaryo viloyati bezgakni tarqatuvchi 3 tur bezgak chivinlar mDNKsi COI sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazining (NCBI) 2023-yil 4-noyabrdagi elektron ma’lumotnomasi). Natijada, An. superpictus - (OR770044), An. pulcherrimus - (OQ719825), An. hyrcanus - (OQ842340) turlarining identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash hamda filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan;
Surxondaryo viloyatida tarqalgan Anopheles avlodiga mansub qon so‘ruvchi chivinlarning 4 ta turiga mansub An. superpictus, An. pulcherrimus, An. hyrcanus, An. claviger turlarining 19 nusxa namunalari Respublikada yetakchi bo‘lgan Zoologiya instituti “Zoologiya kolleksiyasi” noyob obʼektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022-yil 19-dekabrdagi 4/1255-3172-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar Surxondaryo viloyati hududlari bo‘yicha Institut kolleksiyasi fondini boyitish imkonini bergan.