Abdullaev Axrorjon Xabibjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yuqori sorbsion xususiyatga ega bo‘lgan turli fazoviy o‘lchamdagi metall-organik karkaslarning sintezi va fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K793.
Ilmiy rahbarlar: Yakubov Yuldosh Yusupboevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Rozimurodov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: p-, m-sulfanil kislotalari, kaliy tartrat va etilendiamintetraatsetat kislotaning dinatriyli tuzi (EDTA-H₂Na₂·2H₂O) (Trilon B) ning Cu (II), Mn (II), Pb (II), Zn, Fe (III), Co (II) kationlari bilan markaziy atom sifatida metal saqlagan metall – organik karkaslarni sintez qilish, tarkibi, kristall tuzilishi, fizik-kimyoviy va sorbsion xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metall-organik karkaslar sintezida har bir modda uchun sintez sharoitlari, ya’ni [Mn₂(C₆H₇NO₃S)₂Cl₄O₄]ₙ birikma 80°C haroratda 72 soatda 61 %, Na[Fe(C₁₀H₁₂N₂O₈)(H₂O)]·2H₂O birikma 50°C haroratda 72 soatda 65 %, [Pb(C₆H₆NO₃S)₂]ₙ birikma uchun 40°C haroratda 72 soatda 61 %, [CoC₄H₅O₇,(H₂O)₂]ₙ birikma uchun 30°C haroratda 7 kunda 58 %, [Cu₂C₉H₂₁N₂O₉]ₙ birikma uchun 90°C haroratda 48 soatda 55 %, [ZnC₄H₇O₇(H₂O)₂]ₙ birikma uchun 30°C haroratda 7 kunda 53 % unum bilan chiqishi aniqlangan;
MOKlarning sintez bosqichida hosil bo‘lgan kolloid eritmasining zarrachalar o‘lchamini 3D holatdagi taqsimoti, konsentratsiyasi va nur sindirish intensivligi aniqlanib, unga ko‘ra yuqori konsentratsiya 97-159 nm oralig‘idagi zarrachalar uchun kuzatildi, asosiy zarrachalar o‘lchamlari 58 dan 230 nm gacha ekanligi aniqlangan.
sintez jarayonida sirt faol moddaning qo‘llanilishi natijasida yuqori sirt maydonli metall-organik karkas hosil bo‘lishi asoslangan;
metall-organik karkas adsorbsiyasida hosil bo‘lgan gisterizis halqasi H₃ tipida ekanligi, CrystalExplorer dasturi yordamida g‘ovak shakli plastinkasimon bo‘lgan adsorbentlarniki kabi yoriqsimon g‘ovak ko‘rinishga ega ekanligi kuzatildi shuningdek bu ko‘rsatkichlarni struktura va adsorbsion ma’lumotlarni bir-biriga mos ekanligi isbotlangan;
bir va ikki fazoviy o‘lchamli metall-organik karkaslar ya’ni, [Mn₂(C₆H₇NO₃S)₂Cl₄O₄]ₙning (SBET) sirt yuza si 305,8 m²/g ga teng bo‘lib, suv molekulalari adsorbsiyasi (22,904 mmol/gr) hamda katena-[natriy akva-(etilendiamintetraatsetat)-temir(III) dixidrati] tahlil qilingan MOK lar ichida eng yuqori solishtirma sirt yuza qiymatga ega bo‘lib, uning qiymati 1036,96 m²/g ga va adsorbsion hajmi HK = 3,55 sm³/g ga tengligi aniqlangan;
yangi sintez qilingan Na[Fe(C₁₀H₁₂N₂O₈)(H₂O)]·2H₂O va Pb(C₆H₆NO₃S)₂]ₙ metall-organik karkaslarning ion konsentratsiyasi 2,14 ppt va 1.971 ppt hamda elektr o‘tkazuvchanliklari 4,29 mS va 3.94 mS ga teng ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori sorbsion xususiyatga ega bo‘lgan metall-organik karkaslarni sintezi, kristall tuzilishi va sorbsion xususiyatlari bo‘yicha qilingan tadqiqot natijalari asosida:
[Mn₂(C₆H₇NO₃S)₂Cl₄O₄]ₙ, Na[Fe(C₁₀H₁₂N₂O₈)(H₂O)]·2H₂O, [Pb(C₆H₆NO₃S)₂]ₙ metall-organik karkaslarning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (https://www.ccdc.cam.ac.uk/structures/ CCDC depozit raqami №2280080, №2336258, №2383711). Natijada, ushbu ma’lumotlar bazasiga kiritilgan sintez qilingan birikmalar shu turdagi yangi metall-organik karkaslarni olishda, mumkin bo‘lgan bog‘lanish turlarini hamda sirt yuza va g‘ovak xususiyatlarini oldindan aniqlashda hamda tuzilishini tavsiflash imkoniyatini bergan;
[Mn₂(C₆H₇NO₃S)₂Cl₄O₄]ₙ, Na[Fe(C₁₀H₁₂N₂O₈)(H₂O)]·2H₂O, [Pb(C₆H₆NO₃S)₂]ₙ yangi sintez qilingan metall-organik karkaslar neft` mahsulotlarini qayta ishlashda muammo bo‘ladigan karbonat angidrid va benzol kabi birikmalardan tozalashda, hamda quritish usuli «Farg‘ona NQIZ» MChJ “O‘zbekneftgaz” AJning “2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqboli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2024 yil 5 sentyabrdagi 01-03-02/131-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft` mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida tarkibidagi karbonat angidrid va benzol birikmalardan tozalash shuningdek suv bug‘laridan quritish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish