Daminova Nargiza Ravshanbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Po‘rsildoqli bemorlarda parodontitni tashxislash, davolash va oldini olish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib285.
Ilmiy rahbar: Kamilov Xaydar Pozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12. 2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Lukina Galina Il`xamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Xabilov Nigmon Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Uzoq sharq davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: po‘rsildoq bilan kasallangan bemorlarda parodontit rivojlanishining patogenetik xususiyatlari va kompleks davolash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
po‘rsildoqli bemorlarda parodont yallig‘lanish kasalliklarning kelib chiqishi hamda birga kechishida rivojlanadigan milklarning qonashi, turli darajadagi engil, o‘rtacha va chuqur yallig‘lanish kabi klinik belgilarining o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
po‘rsildoqli bemorlarda parodontit rivojlanishining yagona tizimli gomeostatik buzilishlar va osteoporozli bemorlarda surunkali rivojlanishning patogenetik mexanizmlari isbotlangan;
po‘rsildoqli bemorlarda parodontitning rivojlanishiga sabab bo‘lgan bakteriyalarning hisobiga tizimli endotoksikoz faolligi, kal`siy va fosfor almashinuvining buzilishi, suyak remodellanishning pasayishi isbotlangan;
po‘rsildoq va parodont patologiyasining patogenetik ahamiyatli yagona mexanizmlarini korreksiyalash orqali bemorlarda kasallikni kompleks davolash tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Po‘rsildoqli bemorlarda parodontitni tashxislash, davolash va oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Po‘rsildoq negizida parodontit bilan xastalangan bemorlarda suyak mineral zichligi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 iyundagi 8n-r/192-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma aholi orasida po‘rsildoq negizida kechuvchi parodontini oldini olish, tashxislash, samarali davolash uchun aniq harakatlar rejasi tuzish tizimini tashkillashtirish imkonini bergan;
«Po‘rsildoq bilan xastalangan bemorlarda surunkali parodontitni kompleks davolash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 iyundagi 8n-r/192-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma po‘rsildoq negizida kechuvchi parodontitni samarali davolash tizimini yaratish imkonini bergan;
po‘rsildoqli bemorlarda parodontitni tashxislash, davolash va oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti terapevtik stomatologiya poliklinikasi, Samarqand viloyat va shahar stomatologik poliklinikalari, Respublika teri-tanosil kasalliklari klinikasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 iyundagi 8n-r/192-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi po‘rsildoqli bemorlarda parodontitni tashxislash, davolash va oldini olish va asoratlarni kamaytirish va davolash profilaktik yordam sifatini oshirish imkonini yaratgan.