Atakov Ma’ruf Omonjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shahar hududidagi qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish (Buxoro shahri misolida)”, 06.01.10-Er tuzish, kadastr va er monitoringi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx855
Ilmiy rahbar Narbaev Sharafatdin KenGEShovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/07.06.2024.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Reimov Nietbay Baynazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Maxsudov Bobomurod Yuldoshovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shahar hududidagi qishloq xo‘jaligi erlaridan samarali foydalanishni tashkil etish mexanizmlarini hamda shahar hududida er hisobi va er monitoringini yuritish usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
shahar er fondi tarkibidagi qishloq xo‘jaligi er turlari bo‘yicha er hisobini yuritish va GAT ma’lumotlar bazasini shakllantirishda texnik, tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar asosida shahar hududida er hisobini yuritish mexanizmini takomillashtirilganligi asoslangan;
aholi yashash hududlarida er monitoringini tizimli ishlash texnologiyasi asosida aholi punktlaridagi qishloq xo‘jaligi erlarini monitoring qilishning GAT ta’minoti takomillashtirilgan;
er monitoringini yuritishda ma’lumotlardan onlayn va oflayn foydalanish imkonini beradigan mexanizm (“Android” platformada ishlovchi “Urban Land Surveying” ilova) ishlab chiqilgan;
shahar hududidagi qishloq xo‘jaligi erlari elektron raqamli xaritalarini tuzish texnologiyasi va usulini takomillashtirishda «tanlangan hudud» > «Urban Land Surveying» ilovasiga ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash > ArcGIS dasturiga integratsiya hisobi > shahar erlari hisobi > shahar hududi erlarining kadastr axborotlarini shakllantirish ketma-ketligi mexanizmi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shahar hududidagi qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
shahar er fondi tarkibidagi qishloq xo‘jaligi er turlari bo‘yicha er hisobini yuritish va GAT ma’lumotlar bazasini shakllantirishda texnik, tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar asosida shahar hududida er hisobini yuritish mexanizmini takomillashtirilganligi asoslangan va Buxoro viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/06-04-597-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaharlarda yuqori aniqlikdagi monitoring ma’lumotlariga ega bo‘lish va shaharlar er fondi holatining doimiy nazoratini olib borish uchun vizual kuzatuvlar asosida tezkor qaror qabul qilish imkoniyatlari yaratilgan;
aholi yashash hududlarida er monitoringini tizimli ishlash texnologiyasi asosida aholi punktlaridagi qishloq xo‘jaligi erlarini monitoring qilishning GAT ta’minoti takomillashtirilgan va Buxoro viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/06-04-597-son ma’lumotnomasi). Natijada, shahar hududlarida er monitoringini olib borishda avtomatlashgan tizim ma’lumotlari aniqligini oshirishga erishilgan;
er monitoringini yuritishda ma’lumotlardan onlayn va oflayn foydalanish imkonini beradigan mexanizm (“Android” platformada ishlovchi “Urban Land Surveying” ilova) ishlab chiqilgan va “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining “Buxvilerloyiha” Buxoro viloyati bo‘linmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/06-04-597-son ma’lumotnomasi). Natijada, er maydonlarini monitoring qilishda mutaxassislar tomonidan mobil ilova yordamida tezkor va shaffof amalga oshirishga imkon bergan;
shahar hududidagi qishloq xo‘jaligi erlari elektron raqamli xaritalarini tuzish texnologiyasi va usulini takomillashtirishda «tanlangan hudud» > «Urban Land Surveying» ilovasiga ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash > ArcGIS dasturiga integratsiya hisobi > shahar erlari hisobi > shahar hududi erlarining kadastr axborotlarini shakllantirish ketma-ketligi mexanizmi asoslangan va “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining “Buxvilerloyiha” Buxoro viloyati bo‘linmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/06-04-597-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari shahar er hisobini yuritishda yuqori aniqlikdagi elektron raqamli xaritalarini tezkor yaratish va yangilashda qo‘llanilgan.