Ibragimov Xamza Aminbaevichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm viloyatida etishtirishga mos g‘o‘za navlarini yaratish uchun seleksiyada ertapishar shakllardan foydalanish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Qx.214.
Ilmiy maslahatchi: Avtonomov Viktor Aleksandrovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: G‘o‘zaning “SP-38” navi (NAP 00242), “SP-40” navi (NAP 00354) va “SP-41” navi (NAP 00355).
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida etishtirishga mos, ul’tratezpishar, qimmatli-xo‘jalik belgilari majmuiga ega, yuqori tola chiqimi va sifati bilan bir qatorda tuproq sho‘rlanishiga bardoshli g‘o‘za navlarini sho‘rga chidamli namuna va navlardan hamda seleksiyaning analitik va sintetik usullaridan foydalangan holda yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich shakllardagi asosiy morfo-xo‘jalik belgilarining namoyon bo‘lishi, F1-F3 o‘simliklarida ularning o‘zgaruvchanligi, irsiylanishi va nasldan-naslga berilishi kabi genetik qonuniyatlari asosida irsiylanish koeffisientining yuqori (h2≥0,7) qiymatlariga ega, belgilar majmuasini birlashtirgan duragay oilalar olinib, tanlash hajmini sezilarli darajada qisqartirishi, oila va tizmalarni ajratib olishni tezlashtirishi isbotlangan;
F1-F4 osimliklarini Xorazm viloyatining tabiiy sho‘rlangan tuproq fonlarida organish tuproq sho‘rlanishiga bardoshliligi bilan bir qatorda qimmatli-xo‘jalik belgilari majmuiga ega seleksion qiymatli yuqori bo‘lgan ashyolarni ajratish imkonini bergan va yuqori tola sifati va chiqimini o‘zida mujassam qilgan, duragay va seleksion ashyolar baholangan va tanlangan;
genetik jihatdan yangi, tezpishar, yuqori mahsuldor, tuproq sho‘rlanishiga bardoshli, tola sifati va chiqimi yuqoriligi bilan ajralib turadigan, original boshlang‘ich, duragay, seleksion manbalar va yangi “SP-38”, “SP-40”, “SP-41” g‘o‘za navlari yaratilgan;
tadqiqotda yaratilgan g‘o‘zaning yangi istiqbolli “SP-38” navi andoza “Xorazm-127” naviga nisbatan ertapisharligi (110-115 kun), hosildorligi (40-45 s/ga), tola chiqimi (37,0-38,0%) va bitta ko‘sakdagi paxta xom-ashyosi vazni (6,5-7,0 g) yuqoriligi bilan farqlanishi aniqlangan;
tadqiqotda yaratilgan g‘o‘zaning yangi istiqbolli “SP-40” navi andoza “Xorazm-127” naviga nisbatan ertapisharligi (115-120 kun), hosildorligi (42-47,0 s/ga), bitta ko‘sakdagi paxta xom-ashyosi vazni (6,5-7,0 g), tola chiqimi (39,0-40,0%) yuqoriligi, mikroneyr ko‘rsatkichi (4,2-4,3) ijobiyligi, tolasining shtapel uzunligi (34,0-35,0 mm), yuqori solishtirma uzunligi (1,20–1,22 dyuym), tolaning nisbiy uzilish kuchi (29,4-30,4 g.k/teks) ijobiyligi bilan farqlangan;
tadqiqotda yaratilgan g‘o‘zaning yangi istiqbolli “SP-40” navi andoza “Xorazm-127” naviga nisbatan ertapisharligi (115-120 kun), bitta ko‘sakdagi paxta xom-ashyosi vazni (6,5-7,0 g), hosildorligi (40-45 s/ga) yuqoriligi, tola sifati IV tipga mansub, tolaning shtapel uzunligi 34,5-35,5 mm va chiqimi 38,0-40,0%, mikroneyr ko‘rsatkichi (4,1-4,2) ijobiyligi, tolasining shtapel uzunligi 1,22–1,24 dyuym, tolaning nisbiy uzilish kuchi (30,6-31,2 g.k/teks) ijobiyligi bilan farqlanishi aniqlangan;
SP-38”, “SP-40” va “SP-41” g‘o‘za navlarining tuproq sho‘rlanishi va suv tanqisligi sharoitida ham xo‘jalik qimmatli belgilari deyarli o‘zgarmaganligi, ushbu navlarni turli tuproq-iqlim sharoitiga moslashish xususiyatiga ega ekanligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyatida etishtirishga mos g‘o‘za navlarini yaratish uchun seleksiyada ertapishar shakllardan foydalanish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv tanqisligiga bardoshli, serhosil, yirik ko‘sakli va tolasining texnologik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan istiqbolli “SP-38” (NAP 00242), “SP-40” (NAP 00354) va “SP-41”(NAP 00355) g‘o‘za navlari yaratilgan va Xorazm viloyati Urganch tumanidagi PSUYaITI Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasida, shuningdek, “Khiva Cluster”, “Gurlan Global Teks” va “WBM Qo‘shko‘pir Cluster” MChJ larga qarashli jami 310 ga maydonda ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/04-04-216-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navlar o‘zining ertapisharligi (110-115 kun), paxta xom-ashyosining hosildorligi (40 s/ga va undan yuqori), hosil pishish sur'ati yuqoriligi (10 oktyabrgacha), yuqori tola sifati (IV va V tip), tola chiqimi (38-39%) va tuproq sho‘rlanishiga bardoshliligini ko‘rsatgan, shuningdek, andoza “Xorazm -127” naviga nisbatan qo‘shimcha 3,9-9,4 s/ga hosil olinib, bunda 39,9-47,0 % rentabellikka erishish imkonini bergan;
“SP-38” g‘o‘za navi 2021 yildan Xorazm viloyati bo‘yicha istiqbolli nav sifatida Davlat reestriga kiritilgan va birlamchi urug‘lik ko‘paytirish ishlari Xorazm viloyati, Urganch tumanidagi PSUYaITI Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasida, shuningdek, “Gurlan Global Teks” MChJrga qarashli 116 gektar maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/04-04-216-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur nav ertapisharligi (3-5 kun) va 5-10 oktyabrgacha hosilini pishish sur'ati bilan ajralib turgan va Xorazm viloyatida asosiy maydonlarda ekilayotgan andoza “Xorazm-127” naviga nisbatan qo‘shimcha 8,1 s/ga hosil olinib, rentabellik darajasi 44,5 % ni tashkil qilgan;
ekologik uzoq, navlararo duragaylash uslubi orqali, tuproq sho‘rlanishiga o‘ta bardoshli, yuqori mahsuldor, ul’tratezpishar, tola chiqimi yuqori, sifati IV tipga javob beradigan istiqbolli o‘rta tolali “SP-40” g‘o‘za navi yaratilgan, 2021 yildan Xorazm viloyati bo‘yicha istiqbolli nav sifatida Davlat reestriga kiritilgan, birlamchi urug‘lik ko‘paytirish ishlari Xorazm viloyati, Urganch tumanidagi PSUYaITI Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasida, shuningdek, “Khiva Cluster” va “WBM Qo'shko'pir Cluster” MChJlarga qarashli 146 gektar maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/04-04-216-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur nav Xorazm viloyatida asosiy maydonlarda ekilayotgan andoza “Xorazm-127” naviga nisbatan qo‘shimcha 9,4 s/ga hosil olish imkonini bergan, rentabellik darajasi 47,0 % ni tashkil qilgan;
“SP-41” g‘o‘za navi 2022 yildan Xorazm viloyati bo‘yicha istiqbolli nav sifatida Davlat reestriga kiritilgan va birlamchi urug‘lik ko‘paytirish ishlari Xorazm viloyati, Urganch tumanidagi PSUYaITI Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasida, shuningdek, “Xorazm Nurafshon Paxtakor” MChJ larga qarashli 46 gektar maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/04-04-216-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur navni ekish evaziga Xorazm viloyatining asosiy maydonlariga ekilayotgan andoza “Xorazm-127” naviga nisbatan qo‘shimcha 3,9 s/ga hosil olinib, rentabellik darajasi 39,9 % ni tashkil qilgan.