Tolipov Faxriyor Nurbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyosh fotoelektrik stansiyalari ulangan taqsimlash tarmoqlarida quvvat isrofini kamaytirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4690.
Ilmiy rahbar: Erkinov Baxodir Narimanovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Dilshod Botirovich - texnika fanlari doktori, dotsent, Turaev Akramjon Ikromjonovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quyosh fotoelektrik stansiyalari ulangan taqsimlash tarmoqlarida quvvat isrofini kamaytirishga qaratilgan ilmiy echimlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyosh fotoelektrik stansiyalari ulangan taqsimlash tarmoqlarida nisbiy quvvat isroflarini minimallashtirish imkonini beruvchi usul tarmoq parametrlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
    taqsimlash tarmog‘ida quvvat isrofini kamaytirishni aniqlovchi algoritm va raqamli model elektr iste’molchilarning quvvati, yuklama grafigi va joylashuvini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
quyosh fotoelektrik stansiyalari ulangan taqsimlash tarmoqlarida quvvat isrofini turli yuklamalarda shakl koeffisientini o‘zgarishini hisobga olib yuqori tejamkorlik imkonini beruvchi usul yaratilgan;
quyosh fotoelektrik stansiyalarini taqsimlash tarmoqlariga maqbul ulanish nuqtalariga ulanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash imkonini beruvchi usul elektr iste’molchilarning texnik-iqtisodiy va energetik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Quyosh fotoelektrik stansiyalari ulangan taqsimlash tarmoqlarida quvvat isrofini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
taqsimlash tarmog‘iga ulangan qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi past kuchlanishli quyosh fotoelektrik stansiyalarning turli yuklamalarda shakl koeffisientini o‘zgarishini hisobga olgan holda yuqori tejamkorlik imkonini beruvchi usul asosida yaratilgan dasturiy mahsulot «Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ ga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024 yil 25 oktyabrdagi 01-11-8695 - son ma’lumotnomasi). Natijada 0,4 kV taqsimlash tarmog‘ida bir sutka davomida quvvat isrofi 93,719 kWga kamaytirish imkonini bergan.
elektr iste’molchilarning quvvati, yuklama grafigi va joylashuvini hisobga olgan holda quyosh fotoelektrik stansiyalari ulangan taqsimlash tarmog‘ida quvvat isrofini kamaytirishni aniqlovchi algoritm va raqamli model «Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ ga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024 yil 25 oktyabrdagi 01-11-8695 - son ma’lumotnomasi). Natijada binolarga o‘rnatilgan On-Grid quyosh fotoelektrik stansiyalarni markazlashtirilgan tarmoqqa elektr energiyani o‘tkazishi hisobiga yiliga jami 53 457 680 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish