Ochilova Noila Farmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «Ingliz va o‘zbek tillarida irrealis tarkibining kognitiv asoslari », 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/Fil1651.
Ilmiy rahbar: Sulaymonova Nilufar Jabbarovna, filologiya fanlari doktori,  dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Davlatova Muhayyo Hasanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida irrealis tarkibining kognitiv asoslarini qiyosiy aspektda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qiyoslanayotgan tillarda irrealis hodisasining qo‘llanish zarurati muloqot ishtirokchilarining kommunikativ intensiyasi, ruhiy holati, fundamental bilimi, nutqiy vaziyatga bevosita bog‘liq ekanligi va mazkur jihatlar muayyan kontekstda namoyon bo‘lishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida kommunikativ maqsad xarakteristikasini belgilab beruvchi vaziyatlarning irreal ifodalanishi, konseptual mohiyati, lisoniy tuzilishi, uning til sathlarida pragmatik va kognitiv xususiyatlar integratsiyasi negizida shakllanganligi asoslangan;
irrealis mazmuni faqatgina modal munosabatlar, zamon ifodasi bilan aloqador hodisa bo‘lmay, balki bevosita konseptuallashuv, diskursiv funksiyalar, ehtimoliy kelajakka qaratilgan aktlar, temporal-modal munosabatlar ishtirok etgan buyruq, maqsad, taqiq, istak gaplar faollashuvida namoyon bo‘lishi dalillangan;
ingliz tilida irrealis “bir” raqami bilan ifodalanib, semantik vazifasi noaniq artikl bilan taxminan bir xil bo‘lishi, ammo o‘zbek tilida “bir” raqami so‘z sifatida boshqa leksik vositalarga birikib ma’lum ibora va konsepsiyalar orqali irrealisni hosil qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida irrealis tarkibining kognitiv asoslarini tadqiq qilish jarayonida erishilgan nazariy xulosalar va ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillari nutq jarayonida sodir bo‘lgan vaziyatlarning irreal ifodalanishi, konseptual mohiyati, lisoniy tuzilishi, uning til birliklari sathida pragmatik va kognitiv xususiyatlar integratsiyasi negizida shakllanganligi oid nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihani bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining  2024-yil 15-yanvardagi 100/02-son ma’lumotnomasi). Natijada gaplarda irrealis vositalarining konseptual aniqlovchi komponent sifatida kelishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazmuni boyishiga erishilgan;
qiyoslanayotgan tillarda irrealis hodisasining qo‘llanish zarurati muloqot ishtirokchilarining kommunikativ intensiyasi, ruhiy holati, fundamental bilimi, nutqiy vaziyatga bevosita bog‘liq ekanligi va mazkur jihatlar muayyan eksperiensial kontekstda namoyon bo‘lishi oid nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2014-2016-yillarda bajarilgan Evropa Ittifoqining Tempus Project 544161-Tempus-1-2013-1-UK-Tempus-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programms” mavzusidagi xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining  2024-yil 15-yanvardagi 98/02-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ishidagi erishilgan tahlil natijalaridan loyihaning joriy qilinishi va xalqarolashtirilishiga erishilgan;
irrealis mazmuni faqatgina modal munosabatlar, zamon ifodasi bilan aloqador hodisa bo‘lmay, balki bevosita konseptuallashuv, diskursiv funksiyalar, ehtimoliy kelajakka qaratilgan aktlar, temporal-modal munosabatlar ishtirok etgan buyruq, maqsad, taqiq, istak gaplarfaollashuvida namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018-yillarda bajarilgan Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi 561624-EPP-1-2015-UK-1-2015-EPPKA2- CBHE-SP-ERASMUS+ CBHEIMEP “O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizizmi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining  2024-yil 15-yanvardagi 97/02-son ma’lumotnomasi). Natijada ikki til o‘rtasida kodlanganlikni asoslashga imkoniyat hosil qilingan;
ingliz tilida irrealis “bir” raqami bilan ifodalanib, semantik vazifasi noaniq artikl bilan taxminan bir xil bo‘lishi, ammo o‘zbek tilida “bir” raqami so‘z sifatida boshqa leksik vositalarga birikib ma’lum ibora va konsepsiyalar orqali irrealisni hosil qilishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024 yil 23-yanvardagi 01-07/24-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan muhim ilmiy ma’rifiy ahamiyatga ega tavsiyalar asosida ko‘rsatuvda samaradorlik oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish