Obilov Muzaffar Odiljon o‘g‘lining
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek publisistik matnlarida modallik vositalarining semantik-funksional xususiyatlari” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5099
Ilmiy rahbar: Ismoilov G‘ulom Mirzaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Andijon davlat chet tillari instituti professori, filologiya fanlari doktori Abduvaliev Muhammadjon Arabovich; Namangan muhandislik-texnologiya instituti dotsenti, f.f.n., Xolmirzaev Baxtiyor Mirzamahmudovich. Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek gazetalarida modallik kategoriyasining voqelanish xususiyatlari, uning lisoniy mohiyati va funksional-semantik jihatlarini qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“ehtimollik”, “imkoniyat”, “qobiliyat”, “zaruriyat” va “majburiyat” mazmunini ifodalovchi modal birliklarning muallif kommunikativ maqsadini ifodalash, o‘quvchiga ta’sir o‘tkazish, ishontirish, dalillarni asoslash, baholash, muayyan xatti-harakatlarga undash kabi pragmatik vazifalari yoritib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida modal birliklarning gazeta janrlari va mavzulariga ko‘ra farqli qo‘llanilishi masalasi atroflicha yoritilib, turli janrdagi matnlarda, xususan, yangiliklar, tahliliy maqolalar, intervyular, reportajlarda modallikning o‘ziga xos ifoda vositalari va usullari borligi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy mavzulardagi matnlarda modallikning turlicha namoyon bo‘lishi, ularning maqsadi, muallif intensiyasi bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
modal birliklarning gazeta diskursida axborot berish, ishontirish, baholash, undash, buyurish, maslahat berish, taxmin va bashorat qilish kabi bajaradigan kommunikativ vazifalari hamda ularning publisistik matnlar ta’sirchanligini oshirishdagi roli aniqlangan;
COCA korpusi va maxsus yaratilgan o‘zbek gazetalari korpusi yordamida modal birliklarning qo‘llanilish chastotasi, modal birliklarning matnning uslubiy yo‘nalishiga ko‘ra tanlanishi, matn mazmuniga ta’siri, gazeta salavhalarida namoyon bo‘lishi singari kontekstual xususiyatlari va muallif munosabatini ifodalashdagi roli, matn mazmunini kuchaytirish yoki yumshatishdagi vazifasi, axborot uzatishdagi kommunikativ funksiyasi, matnning ta’sirchanligini oshirishdagi ahamiyati, gazeta uslubiga xos bo‘lgan subektivlikni ifodalashdagi o‘rni singari funksional vazifalari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek publisistik matnlarida modallik vositalarining semantik-funksional xususiyatlarining tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek gazetalarida qo‘llanilgan modal birliklarning semantik-funksional xususiyatlari korpus lingvistikasi usullari asosida qiyosiy o‘rganilishi, COCA korpusi va maxsus yaratilgan o‘zbek gazetalari korpusi yordamida modal birliklarning qo‘llanilish chastotasi, kontekstual xususiyatlari va funksional ahamiyatining keng qamrovda tahlil qilinishi, modal birliklarning gazeta diskursida bajaradigan kommunikativ-pragmatik vazifalari va jurnalistik matnlar ta’sirchanligini oshirishdagi roli, ularning axborot berish, ishontirish, baholash va boshqa funksiyalari haqidagi taklif va tavsiyalar, xulosalardan Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PF-201912258 raqamli “Oʻzbek adabiyotining koʻp tilli (oʻzbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 15-oktyabrdagi 04/1-2866-son ma’lumotnomasi). Natijada oʻzbek publisistik diskursida modallik semalarining namoyon bo‘lishiga doir ma’lumot hamda ilmiy tahlillar takomillashgan;
“ehtimollik”, “imkoniyat”, “qobiliyat”, “zaruriyat” va “majburiyat” mazmunini ifodalovchi modal birliklarning gazeta diskursida axborot berish, ishontirish, baholash, undash, buyurish, maslahat berish, taxmin va bashorat qilish kabi bajaradigan kommunikativ vazifalari hamda ularning publisistik matnlar ta’sirchanligini oshirishdagi roli va funksiyalari haqidagi taklif va tavsiyalar, xulosalardan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining Alumni Outreach Grans Program dasturi doirasida 2020-2021 yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan S-UZ800-20-IN-0106 raqamli “Virtual Workshop on Collaborative Action Research for English Teachers” amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2024-yil 4-dekabrdagi 1697/04-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar natijasida amaliy loyihadagi zaruriy ma’lumotlar boyitilgan.
“ehtimollik”, “imkoniyat”, “qobiliyat”, “zaruriyat” va “majburiyat” mazmunini ifodalovchi modal birliklarning muallif kommunikativ maqsadini ifodalash, o‘quvchiga ta’sir o‘tkazish, ishontirish, dalillarni asoslash, baholash, muayyan xatti-harakatlarga undash kabi pragmatik vazifalari, turli janrdagi matnlarda, xususan, yangiliklar, tahliliy maqolalar, intervyular, reportajlarda modallikning o‘ziga xos ifoda vositalari va usullari borligi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy mavzulardagi matnlarda modallikning turlicha namoyon bo‘lishi, ularning maqsadi, muallif intensiyasi bilan bog‘liqligi yuzasidan chiqarilgan xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yilda efirga uzatilgan “Ta’lim va adabiyot”, “Adabiy jarayon” dasturlarida, shuningdek, “Jahon adabiyoti” radioeshittirishlarida ssenariylarini tayyorlashda foydalanilagn (Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 14-oktyabrdagi 04-36-1115-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radiodasturlarni publisistik matnlarda modallik vositalarining semantik-funksional xususiyatlariga doir ma’lumotlar, ilmiy dalillarga boyligi ta’minlangan.