Mamatova Sadbara Qo‘ldoshevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek mumtoz adabiyotida Nuh alayhissalom obrazi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil4978.
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor Rahmonov Nasimxon Asqarovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor; Hamroqulova Xurshida Quvvatovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Qisasi Rabg‘uziy” asaridagi Nuh (a.s.) qissasi misolida mazkur obrazning tarixiy-genetik asoslarini, xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotdagi o‘rnini, uning badiiy xususiyatlarini, yaxlit kompozisiya tarkibidagi vazifalarini o‘rganish, bu obrazning “Qisasi Rabg‘uziy”dagi boshqa obrazlar bilan uyg‘un va farqli jihatlarini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Qisasi Rabg‘uziy”dagi rivoyat, naql, hikoyat janrlari qatori Nuh payg‘ambar qissasi voqealari mohirona badiiylashtirilganligi hamda oddiy, xalqona uslub, sodda va ravon tilda bayon qilinganligi bilan Oltin O‘rda o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos jihatlarini belgilaydigan omillardan biri ekanligi isbotlangan;
Nuh (a.s.) qissasida Rabg‘uziy o‘zbek mumtoz she’riyatidagi qahramonlarga xos, insoniyatni komillikka chorlovchi tasavvufiy timsol ekanligi yoritildi; Nuh (a.s.) obrazini berishda nur timsoliga badiiy detal sifatida murojaat qilinib, mumtoz adabiyotda talmeh sana’tini hosil qilgan va asarning diniy-ma’rifiy, badiiy qimmatini oshirishga xizmat qilishi isbotlangan;
Nuh (a.s.) obrazi diniy obraz sifatida emas, balki yozma adabiyotdagi adabiy qahramon sifatida qaralib, estetik vazifa bajarishiga asoslangani orqali “Qisasi Rabg‘uziy”ning agiografik asarlar orasida tutgan o‘rni dalillangan.  
Nuh (a.s.) obrazi kabi ilohiy timsollarning o‘ziga xos ramziy-majoziy xususiyatlari “Tavrot”, “Injil”, “Qur’oni karim” kabi diniy-ma’rifiy, “Mahobxarata”, “Bilgamish” kabi xalq eposlari, “To‘rt ulus tarixi”, “Shajarayi tarokima” kabi tarixiy asarlarning, shuningdek, Shumer yozma yodgorliklaridagi To‘fon voqeasining tarixiy ildizlari, Sharq xalqlari yozma yodgorliklariga transformatsiyalashuvi qiyosiy tahlillari asosida ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“O‘zbek mumtoz adabiyotida Nuh alayhissalom obrazi” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Qisasi Rabg‘uziy”dagi rivoyat, naql, hikoyat janrlari qatori Nuh payg‘ambar qissasi voqealari mohirona badiiylashtirilganligi hamda oddiy, xalqona uslub, sodda va ravon tilda bayon qilinganligi bilan Oltin O‘rda o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos jihatlarini belgilaydigan omillardan biri ekanligi kabi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingiliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 17-sentyabrdagi 04/1-2501-son ma’lumotnomasi). Natijada, Nuh (a.s.) qissasi poetik ifodasida qo‘llanilgan har bir poetik unsur mohiyati va funksiyasi ochib berilishiga, badiiy-estetik tahlillar mazmunini boyitishga erishilgan;
Nuh (a.s.) qissasida Rabg‘uziy o‘zbek mumtoz she’riyatidagi qahramonlarga xos, insoniyatni komillikka chorlovchi tasavvufiy timsol ekanligiga; Nuh (a.s.) obrazini berishda nur timsoliga badiiy detal sifatida murojaat qilinib, mumtoz adabiyotda talmeh sana’tini hosil qilgan va asarning diniy-ma’rifiy, badiiy qimmatini oshirishga xizmat qilishiga doir ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan IZ-2021020813-raqamli “Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimediya to‘plamini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 10-dekabrdagi 04/1-4069-son ma’lumotnomasi). Natijada, Nuh (a.s.) obrazini diniy obraz sifatida emas, balki yozma adabiyotdagi adabiy qahramon singari estetik vazifasi, qissaning janriy xususiyatlari, turli janrdagi matnlarning asardagi mahoratini ochib berishga imkon bergan;
Nuh (a.s.) obrazi kabi ilohiy timsollarning o‘ziga xos ramziy-majoziy xususiyatlari “Tavrot”, “Injil”, “Qur’oni karim” kabi diniy-ma’rifiy, “Mahobxarata”, “Bilgamish” kabi xalq eposlari, “To‘rt ulus tarixi”, “Shajarayi tarokima” kabi tarixiy asarlarning, shuningdek, Shumer yozma yodgorliklaridagi To‘fon voqeasining tarixiy ildizlari, Sharq xalqlari yozma yodgorliklariga transformatsiyalashuvi qiyosiy tahlillari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasi “Madaniy-marifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “G‘azal bo‘stoni” kabi turkum ko‘rsatuvlar va eshittirishlarning senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 25-noyabrdagi 04-36-1215-son ma’lumotnomasi). Natijada, radioeshittirishlar senariylari yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan, Nuh (a.s.) obrazi tadqiqi bilan bog‘liq asarlar talqini keng ommaga havola etilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasini yanada yuksalishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish