Mamajonov Muxammadjon Yusubjonovichning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muloqotning psixolingvistik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Fil744
Ilmiy maslahatchi: Muminov Sidiqjon Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Odilov Yorqinjon Rahmonalievich – O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti professori, filologiya fanlari doktori (DSc), Yarasheva Nasiba Jumaevna – Navoiy innovatsiyalar universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc), Huseyn Baydemir – Turkiya respublikasi, Otaturk universiteti Turkshunoslik tadqiqotlari instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek muloqot xulqini psixologik va lingvistik asoslarga ko‘ra tadqiq qilish, uning bilish jarayonlari, hissiyot va shaxsning individual xususiyatlari bilan bog‘liq jihatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
muloqotni aynan psixolingvistik jihatdan tadqiq etish nutqiy faoliyatning inson omili bilan, inson ruhiy va psixik holati bilan bog‘liq tomonlarini yoritish imkonini berishi, psixolingvistik nuqtayi nazardan muloqotning quyi, o‘rta va yuqori darajalari farqlanishi, har bir darajada mos ravishda lisoniy birliklardan foydalanilishi, muloqot psixolingvistik jihatdan muloqotdan avvalgi psixolingvistik bosqich, muloqot bosqichi va muloqotdan keyingi psixolingvistik bosqichlarga bo‘linishi asoslangan;
muloqot unda ishtirok etuvchilarning xususiyatlariga ko‘ra intrapersonal muloqot (shaxsning o‘zi bilan ichki muloqoti), interpersonal muloqot (shaxsning boshqalar bilan muloqoti: monolog, dialog, polilog) va kvazimuloqot (real suhbatdosh bilan xayoliy muloqot, xayoliy suhbatdosh bilan tasavvuriy muloqot, Yaratgan bilan muloqot) kabi turlarga bo‘linishi ko‘rsatilgan hamda bu muloqot turlarida qo‘llaniladigan lisoniy vositalar aniqlangan;
kirish so‘zlarni o‘rinli qo‘llash, ta’kid ma’nosini bildiruvchi lingvistik vositalardan foydalanish, suhbatdoshning gapini bo‘lish, buyruq, so‘roq gaplardan foydalanish, qat’iy ohangni qo‘llash muloqotni boshqarishda yordam beruvchi vositalar sanalishi, muloqot jarayonida suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birlariga moslashishga intilishi esa semantik reprezentatsiya, idrok, hissiyot, ruhiy bosim kabi psixik jarayonlar bilan bog‘liq holda fonetik, intonatsion, leksik, morfologik, sintaktik qurilmalarni tanlash va nutqda qo‘llashni talab etishi asoslangan;
diqqat psixik va mental jarayon sifatida til bilan bog‘liq bo‘lib, nutq yaratish va nutqni idrok qilishda ishtirok etishi muloqotning samarali kechishini ta’minlashga xizmat qilishi ko‘rsatilgan; muloqotda suhbatdoshni idrok etishda appersepsiya hamda ehtimoliy prognozlash hodisalari ham ishtirok etishi, tagma’no, presuppozisiya, kinoya, terminlar, sotsiolekt, shevaga xos so‘zlar, askiya, boshqa tillarga xos lisoniy birliklarni ishlatish muloqotda idrok jarayonini qiyinlashtiruvchi vositalar sanalishi, xotira hissiyotlar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi va muloqotga ta’sir o‘tkazishi dalillangan;
psixologik nuqtayi nazardan insonda uch xil “men”: bola meni, ota-ona meni, ulg‘aygan shaxs meni mavjud bo‘lishi, bu uch xil men muloqotda so‘zlovchi “men”iga mos lisoniy birliklarni tanlashida namoyon bo‘lishi asoslangan, ijobiy yoki salbiy bo‘yoqdor so‘zlar, undov so‘zlar, to‘liqsiz gaplar, so‘roq gaplar takrori, ritorik so‘roq gaplar, takrorlar, tushunarsiz nutq yaratish, kvazimuloqot va boshqalar ruhiy-hissiy holatning muloqotga ta’siri natijasida yuzaga kelishi, affekt holati ta’sirida so‘roq gaplarning ko‘p qo‘llanilishi, kvazimuloqot yuzaga kelishi, nutq bilan bog‘liq o‘zgarishlar, xususan, duduqlanish paydo bo‘lishi va yo‘qolishi mumkinligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Muloqot xulqini psixolingvistik tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
muloqot unda ishtirok etuvchilarning xususiyatlariga ko‘ra intrapersonal muloqot (shaxsning o‘zi bilan ichki muloqoti), interpersonal muloqot (shaxsning boshqalar bilan muloqoti: monolog, dialog, polilog) va kvazimuloqot (real suhbatdosh bilan xayoliy muloqot, xayoliy suhbatdosh bilan tasavvuriy muloqot, Yaratgan bilan muloqot) kabi turlarga bo‘linishi hamda bu muloqot turlarida qo‘llaniladigan lisoniy vositalar tahliliga doir xulosalardan Germaniya akademik almashinuv xizmati DAAD tomonidan moliyalashtirilgan ID-576b3Z48-sonli “European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research – Muloqotda Evropa istiqbollari: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 8-avgustdagi 02 – 02/01 -179-son ma’lumotnomasi). Natijada muloqot tushunchasini chuqur o‘rganishda dissertatsiya ilmiy manba sifatida xizmat qilgan;
muloqotni aynan psixolingvistik jihatdan tadqiq etish nutqiy faoliyatning inson omili bilan, inson ruhiy va psixik holati bilan bog‘liq tomonlarini yoritish imkonini berishi; psixolingvistik nuqtayi nazardan muloqotning quyi, o‘rta va yuqori darajalari farqlanishi, har bir darajada mos ravishda lisoniy birliklardan foydalanilishiga doir xulosalardan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-20-sonli “Oila, mahalla va gender tengligi mavzusida badiiy asarlarning elektron korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 20-avgustdagi 01-09/2102-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya xulosalari amaliy loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, to‘plamlarning hamda til korpusi doirasida olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
kirish so‘zlarni o‘rinli qo‘llash, ta’kid ma’nosini bildiruvchi lingvistik vositalardan foydalanish, suhbatdoshning gapini bo‘lish, buyruq, so‘roq gaplardan foydalanish, qat’iy ohangni qo‘llash muloqotni boshqarishda yordam beruvchi vositalar sanalishi; muloqot jarayonida suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birlariga moslashishga intilishi semantik reprezentatsiya, idrok, hissiyot, ruhiy bosim kabi psixik jarayonlar bilan bog‘liq holda fonetik, intonatsion, leksik, morfologik, sintaktik qurilmalarni tanlash va nutqda qo‘llashni talab etishiga doir xulosalardan 2020-2021-yillarda Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “Oʻzbek milliy raqs san’atini targʻib etishga bagʻishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari toʻplamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 22-avgustdagi 1-04/110-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy manbalari boyitilib, lugʻatlarning mukammallashuviga erishilgan;
muloqot psixolingvistik jihatdan muloqotdan avvalgi psixolingvistik bosqich, muloqot bosqichi va muloqotdan keyingi psixolingvistik bosqichlarga bo‘linishiga doir xulosa va tavsiyalardan 2021-2023-yillarda “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan. (Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 22-avgustdagi 1-04/109-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya xulosalari loyiha doirasida yaratilgan o‘quv-metodik qo‘llanmalarning mukammallashuviga xizmat qilgan;
diqqat psixik va mental jarayon sifatida til bilan bog‘liq bo‘lib, nutq yaratish va nutqni idrok qilishda ishtirok etishi muloqotning samarali kechishini ta’minlashga xizmat qilishi; muloqotda suhbatdoshni idrok etishda appersepsiya hamda ehtimoliy prognozlash hodisalari ham ishtirok etishi, tagma’no, presuppozisiya, kinoya, terminlar, sotsiolekt, shevaga xos so‘zlar, askiya, boshqa tillarga xos lisoniy birliklarni ishlatish muloqotda idrok jarayonini qiyinlashtiruvchi vositalar sanalishi; xotira hissiyotlar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi va muloqotga ta’sir o‘tkazishi xususidagi xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida samarali foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi 03/01/19-1310-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya xulosalari barkamol shaxsni tarbiyalash va ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish masalalarida muhim asos bo’lib xizmat qilgan;
psixologik nuqtayi nazardan insonda uch xil “men”: bola meni, ota-ona meni, ulg‘aygan shaxs meni mavjud bo‘lishi, bu uch xil men muloqotda so‘zlovchi “men”iga mos lisoniy birliklarni tanlashida namoyon bo‘lishiga doir xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining xalqaro adabiy aloqalarni mustahkamlash, adabiy muloqot va targ‘ibot tadbirlarida, davra suhbatlarida, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 18-sentyabrdagi 01/03/823-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya xulosalari yoshlarning muloqotni to‘g‘ri tashkillash borasidagi bilimlarini shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etgan;
ijobiy yoki salbiy bo‘yoqdor so‘zlar, undov so‘zlar, to‘liqsiz gaplar, so‘roq gaplar takrori, ritorik so‘roq gaplar, takrorlar, tushunarsiz nutq yaratish, kvazimuloqot va boshqalar ruhiy-hissiy holatning muloqotga ta’siri natijasida yuzaga kelishi, affekt holati ta’sirida so‘roq gaplarning ko‘p qo‘llanilishi, kvazimuloqot yuzaga kelishi, nutq bilan bog‘liq o‘zgarishlar, xususan, duduqlanish paydo bo‘lishi va yo‘qolishi mumkinligi haqidagi xulosalardan 2023-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 21-avgustdagi 04-36-247-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlar yurtdoshlarimiz, xususan yosh avlodning muloqot xulqining psixolingvistik xususiyatlari haqidagi bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.