Latipov Sherzod Foziljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lakuna hodisasining lingvokulturologik tadqiqi”, – 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.4.PhD/Fil3035
Ilmiy rahbar: Zokirov Muxtorali Turdalievich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shoxista Maxamadjonovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Ataboev Nozimjon Bobojon o‘g‘li, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tilda lakunalarning o‘rganilishi, tilshunos olimlarning lakunalarga oid ilmiy-nazariy qarashlari, lakunarlik fenomenining lingvomadaniy jihatlarini oydinlashtirish, uning xususiyatlarini yoritishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
lakunalarning realiya, ideoma va boshqa muqobilsiz leksik birliklar ichida tutgan o‘rni hamda ularning muqobili yo‘qligi, madaniy-ma’no jihatidan o‘ziga xosligi, ko‘p ma’nolilik va kontekstga bog‘liqlik kabi lingvokulturologik xususiyatlari aniqlangan;  
tildagi bo‘shliqlar vaqtinchalik bo‘lish ehtimoli bor va ularni to‘ldirish uchun boshqa tillardan olingan so‘zlar, ifodalovchi tenglik, bir lahzalik kompensatsiya yoki qayta tiklanish kabi usullar ishlatilishi dalillangan;
qoramol, mushuk, it, tuya kabi 15 turdagi hayvon nomlarining o‘zbek, turk, ingliz tillaridagi lakunalari aniqlanib, ular asosan ko‘p ma’nolilik bilan to‘ldirilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aniqlangan lakunalarning lingvomadaniy jihatlarini aniqlash bo‘yicha  olingan natijalar asosida:   
lakunalarning realiya, ideoma va boshqa muqobilsiz leksik birliklar ichida tutgan o‘rni hamda ularning muqobili yo‘qligi, madaniy-ma’no jihatidan o‘ziga xosligi, ko‘p ma’nolilik va kontekstga bog‘liqlik kabi lingvokulturologik xususiyatlari xususidagi xulosa va tavsiyalardan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya  akademiyasida  amalga oshirilgan “O‘zbekiston milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayti va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663-raqamli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2023-yil 14-iyundagi 1/04-58-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbek milliy raqs san’ati terminlarining qisqacha ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati dissertatsiyadan olingan  qiyosiy tahlillar asosida takomillashtirilgan va boyigan;
qoramol, mushuk, it, tuya kabi 15 turdagi hayvon nomlarining o‘zbek, turk, ingliz tillaridagi lakunalari aniqlanib, ular asosan ko‘p ma’nolilik bilan to‘ldirilishi xususidagi natijalaridan 2022-2023 yillarda Farg‘ona viloyati teleradiokomponiyasining “Jarayon”, “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Xayrli kun!”, “Adabiy muhit” ko‘rsatuvlari hamda “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi”, “Kun mavzusi” nomli  eshittirishlar ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 11-noyabrdagi 02-12/217-son ma’lumotnomasi). Natijada radio dasturlarida ta’kidlangan ilmiy-nazariy fikrlar tinglovchilarning so‘z boyligini oshirishga xizmat qilgan.
tildagi bo‘shliqlar vaqtinchalik bo‘lish ehtimoli bor va ularni to‘ldirish uchun boshqa tillardan olingan so‘zlar, ifodalovchi tenglik, bir lahzalik kompensatsiya yoki qayta tiklanish kabi usullar ishlatilishi xususidagi xulosa va tavsiyalar 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan Farg‘ona davlat universiteti “EMI (English as a Medium of Instruction)” xalqaro loyiha doirasida samarali va keng foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 7-sentyabrdagi 04/4647-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy-nazariy fikrlar ta’lim jarayonida ingliz tilidan asosiy o‘qitish tili sifatida foydalanish samaradorligini oshirishga, talabalarning lingvistik bilimlarini chuqurlashtirishga hamda ularning so‘z boyligini kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish