Gafurova Surayyo Ulug‘bekovnaning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tavorixi guzida. Nusratnoma” asari leksikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Fil200.
  Ilmiy maslahatchi: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
  Rasmiy opponentlar: Odilov Yorqinjon Raxmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor; O‘razboev Abdulla Durdibaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Nursan Ildiri, filologiya fanlari doktori, dotsent.
  Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi “Tavorixi guzida. Nusratnoma” so‘z boyligining miqdorini aniqlash, obidada qo‘llangan leksik birliklarni lug‘aviy qatlamga ko‘ra tasniflash, o‘z qatlam va o‘zlashgan qatlam nisbatini belgilash, so‘zlarning semantik, funksional-stilistik xususiyatlari, leksik birliklar o‘rtasidagi mazmuniy munosabatlarni tahlil etish, muallifning so‘z qo‘llash mahorati, asar tilining o‘ziga xosligini ta’minlovchi lingvistik omillarni yoritib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XVI asrning nodir tarixiy manbasi bo‘lgan “Tavorixi guzida. Nusratnoma” asarning yozilish tarixi, strukturasi, muallifi, nusxalari, adabiy-badiiy jihatlari yoritilib, obidaning lingvistik tadqiq muammolari aniqlangan;
asar leksikasining qadimgi turkiy til, eski o‘zbek adabiy tili va hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasi bilan etimologik jihatdan o‘xshash hamda semantik jihatdan farqli jihatlari dalillangan;
leksemalar semantikasida sodir bo‘lgan ma’no kengayishi, ma’no torayishi, ma’noning o‘zgarishi hodisalari va leksemaning ma’no tabiatiga xos semantik siljishlar, asar so‘z boyligining mavzuiy tasnifida mavzu guruhlarining qo‘llanish doirasi isbotlangan;  
manbadagi turkcha, arabcha, forscha-tojikcha so‘zlar etimologiyasi, semantikasi yoritilgan, XVI asr tili so‘z boyligida o‘z va o‘zlashgan qatlam leksik birliklarining so‘z o‘zlashtirish jarayonidagi til kontaktlari va ularning til tadriji bosqichlarida tutgan o‘rni ochib berilgan;
asar so‘z boyligidagi leksemalarni shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra tasniflash asnosida sinonimik, omonimik va antonimik paradigmalar, ularning tarixiy shakllanish asoslari, turli mavzuiy guruh doirasidagi leksemalarning sinonimik va antonimik qatorlariga xos paradigmatik munosabatlar, leksemalar doirasidagi metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik hodisalari misollar orqali asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Tavorixi guzida. Nusratnoma” asarining leksik xususiyatlari tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
asar so‘z boyligidagi leksemalarni shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra tasniflash asnosida sinonimik, omonimik va antonimik paradigmalar, ularning tarixiy shakllanish asoslari, turli mavzuiy guruh doirasidagi leksemalarning sinonimik va antonimik qatorlariga xos paradigmatik munosabatlar, leksemalar doirasidagi metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik hodisalariga oid natija va xulosalardan 2021-2023-yillarda “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 2024-yil 20-iyundagi 1/04-103-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari tizimli xulosalar shiqarishga yordam bergan, ulardan “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ning so‘zligini tuzishda, izohlarini asoslashda foydalanilgan;
manbadagi turkcha, arabcha, forscha-tojikcha so‘zlar etimologiyasi, semantikasi yoritilgan, XVI asr tili so‘z boyligida o‘z va o‘zlashgan qatlam leksik birliklarining so‘z o‘zlashtirish jarayonidagi til kontaktlari va ularning til tadriji bosqichlarida tutgan o‘rni xususidagi xulosa va natijalardan 2020-2021-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi IZ-2019081663-raqamli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 2024-yil 20-iyundagi 1/04-102-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida yaratilgan “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati” so‘zligining etimologiyasi, semantikasi, leksemalarning izohlari ilmiy jihatdan boyitilgan;
leksemalar semantikasida sodir bo‘lgan ma’no kengayishi, ma’no torayishi, ma’noning o‘zgarishi hodisalari va leksemaning ma’no tabiatiga xos semantik siljishlar, asar so‘z boyligining mavzuiy tasnifida mavzu guruhlarining qo‘llanish doiraga oid xulosa va natijalardan 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan №IL-662205561-raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi g‘azallar asosida)” mavzusidagi amaliy loyihada samarali foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 1-iyuldagi 04/1-1713-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiyning asarlari tarkibidagi terminlar aniqlangan, ularning etimologik xususiyatlari, genetik asoslari izohlangan, ikki tilli lug‘at tuzishda amaliy yordam ko‘rsatilgan;
XVI asrning nodir tarixiy manbasi bo‘lgan “Tavorixi guzida. Nusratnoma” asarning yozilish tarixi, strukturasi, muallifi, nusxalari, adabiy-badiiy jihatlari yoritilib, obidaning lingvistik tadqiq muammolari belgilanganligiga oid natijalaridan 2023-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik», «Ijod zavqi», «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan (Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston teleradiokanali»ning 2024-yil 22-iyundagi 26-36-899-sonli ma‟lumotnomasi). Natijada eshittirishlarning mazmuni boyitilgan, radiodasturlarda berilgan mazkur natijalar til tarixi fanining leksikologiya sohasi uchun muhim ilmiy-nazariy ma’lumotlar berishi, shuningdek, semasiologiya, terminologiya, leksikografiya, lingvopoetika bo‘yicha yaratiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarning mukammallashuviga xizmat qilishi, bir qancha fanlari bo‘yicha yaratiladigan darslik va qo‘llanmalarning, hozirgi terminologik, o‘quv lug‘atlarining yanada mukammallashuviga xizmat qilishida amaliy yordam berishi bilan alohida ta’kidlangan;
asar leksikasining qadimgi turkiy til, eski o‘zbek adabiy tili va hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasi bilan etimologik jihatdan o‘xshash hamda semantik jihatdan farqli jihatlariga taalluqli xulosalardan aholi o‘rtasida milliy istiqlol g‘oyalarini targ‘ib qilish ishlarida, dissertatsiyasining asosini tashkil etuvchi “Tavorixi guzida. Nusratnoma” asari leksikasi” nomli monografiyasi va qator ilmiy maqolalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat targ‘ibot markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar: aholi va soha vakillari bilan uchrashuv, ochiq muloqot hamda ilmiy anjumanlarda qo‘llanma sifatida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat targ‘ibot markazining 2025-yil 23-yanvardagi 03/01/19-80-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadbirlarning mazmuni va ahamiyati ortgan, mazmun doirasi kengaygan;
XVI asrning nodir tarixiy manbasi bo‘lgan “Tavorixi guzida. Nusratnoma” asarning yozilish tarixi, strukturasi, muallifi, nusxalari, adabiy-badiiy jihatlari yoritilib, obidaning lingvistik tadqiq muammolari xususidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan viloyatlar bo‘ylab tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlashda, shuningdek, madaniy-ma’rifiy tadbirlar: aholi va soha vakillari bilan uchrashuv, ochiq muloqot hamda ilmiy anjumanlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 22-yanvardagi 02-02/115-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadbirlarning mazmuni va ahamiyati ortgan. Shuningdek, dissertatsiya ilmiy natijalari asosidagi ilmiy yangiliklardan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Hujjatlar va qo‘lyozmalar” fondini yangi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish