Axmatov Amonkeldi Hasanovichning filologiya fanlari doktori (DSc)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Buxoroda zamonaviy adabiy muhitning tarixiy taraqqiyoti”. 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.DSc/Fil824
Ilmiy maslahatchi: Murodov G‘ayrat Nekovich filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: Filologiya fanlari doktori, professor Bekova Nazora Jo‘raevna, Filologiya fanlari doktori, professor Astanova Gulnora Aminovna, Filologiya fanlari doktori, professor Azimiddin Normamatovich Nasirov.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi XX asr o‘zbek adabiyoti kontekstida Buxoroda zamonaviy adabiy muhitning taraqqiyot tamoyillarini o‘rganish, ushbu adabiy muhitning o‘ziga xos g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini ochib berish hamda ijodkorlarning adabiy-badiiy faoliyatini ma’rifiy-estetik muhit bilan bog‘lab o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Buxoroda zamonaviy adabiy muhitning yuzaga kelishining tarixiy omillari, saroy adabiy muhiti bilan ma’rifatparvarlik harakati o‘rtasidagi tafovut va o‘xshashliklar, yutuq va kamchiliklar manbalar asosida aniqlangan;
Buxoro adabiy muhitida, balki o‘zbek adabiyoti tarixida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan adabiy to‘garaklar, Yozuvchilar uyushmasi bo‘limining tashkil qilinish tarixi va keyingi faoliyati yaxlitlanib, bir tadqiqot doirasida asoslangan;
Buxorodagi adabiy jarayonlarda ishtirok etgan ijodkorlarning etnik tarkibi, turli tillarda, jumladan fors, tojik, yahudiy, rus tilida yozadigan qalamkashlar faoliyati ilk marotaba yaxlit holda o‘rganilgan;
Rustam Abdurahmonov, shoir Xayuk, Timofey Novichkov singari o‘z davri adabiy muhiti va matbuotida faol bo‘lib, kitoblari bosilgan bo‘lishiga qaramasdan hamon keng jamoatchilikka noma’lumligicha qolayotgan adiblar hayoti va ijodi ilk marotaba tahlil va tadqiq etilgan;
Ra’no Uzoqova, Oydin, Gulchehra Sulaymonova, Gulchehra Jo‘raeva, Maryam Turdievalarning Buxoro adabiy muhiti bilan bog‘liq faoliyatlari o‘rganilib, Ibodat Rajabova, Laylo Sharipova, Mohigul Nazarova singari shoiralarning ijodi ilk bora monografik tadqiqot doirasida o‘rganildi;
so‘nggi yillarda adabiy jarayonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, Harakatlar strategiyasi va besh tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ko‘rik tanlovlar, grandlar, simpozium va konferensiyalar, ijtimoiy-madaniy tadbirlarda adiblar faolligi haqidagi ma’lumotlar ishning ilmiy konsepsiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoroda zamonaviy adabiy muhitning tarixiy taraqqiyoti tadqiqi natijalari asosida:
Tadqiqot loyihasi asosida tayyorlangan ishda Buxoro zamonaviy adabiy muhitining yuzaga kelishi shart-sharoitlari, adiblar faoliyati, to‘garaklar, adabiy maktablar va Yozuvchilar uyushmasi faoliyati va uning adabiy muhitdagi ahamiyati dalillangan. Adabiy muhit vakillarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, inson qadri va psixologik holati, adabiy muhitdagi nazm va nasrning o‘rni, siyosiy mafkuraga xizmat qilishi, adiblarning etnik tarkibi, turli millat vakillari o‘rtasidagi ijodiy aloqalar, til xususiyatlari, zullisonaynlik an’anasiga rus va turk tilining qo‘shilishi haqidagi ma’lumotlari natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universitetida bajarilgan 2017–2020-yillarga mo‘ljallangan OT-F1-030. “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7-jild) chop etish” nomli davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universitetining 2024-yil 30-maydagi 04/1–1388-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya materiallari mazkur ko‘p jildli monografiyaning ettinchi jildida zamonaviy adabiy muhit tarixi masalalarini atroflicha yoritishga xizmat qilgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limining tashkil qilinishi, faoliyati, rahbarlari, xodimlari, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni, iqtisodiy holati, adiblarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq voqeliklariga oid materiallaridan bo‘lim pasportini, jumladan, “Adabiy Buxoro: kecha va bugun” qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanildi. Tadqiqot loyihasi asosida tayyorlangan ishda Buxoro zamonaviy adabiy muhitining yuzaga kelishi shart-sharoitlari, adiblar faoliyati, to‘garaklar, adabiy maktablar va Yozuvchilar uyushmasi faoliyati va uning adabiy harakatchilikdagi ahamiyati o‘rganilganligi g‘oyatda muhim. Ishda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limining sovet yillarida, mustaqillikning dastlabki yillarida va bugungi kundagi holati arxiv materiallari asosida o‘rganilgan bo‘lib, ushbu ma’lumotlardan bo‘limning buxorolik qalamkashlar ijodiy faoliyatini o‘rganish va targ‘ib etishga bag‘ishlangan tadbirlar jarayonida foydalanilganligi haqidagi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limining 22.07.2024 sanadagi 17-sonli ma’lumotnomasida keltirilgan.
“Buxoroda zamonaviy adabiy muhitining tarixiy taraqqiyoti” mavzusidagi ish materiallaridan “Buxoro” telekanalining “Buxoro – sharq gavhari”, “Moziy bisotidan”, “Assalom, Buxoro” ko‘rsatuvlarida tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borish orqali unumli foydalanildi. Buxoroda adabiy muhit vakillari ijodini o‘rganishdan maqsad Yangi O‘zbekiston rivojida ularning o‘rnini aniqlash, adiblarning ibratli hayot faoliyati bilan bugungi kun yoshlarini tanishtirish, ularning bizga qoldirgan adabiy merosi orqali davrning ijtimoiy ahvoli, inson qadri, adiblarning etnik tarkibi, turli millat vakillari o‘rtasidagi ijodiy aloqalar haqidagi ma’lumotlarning natijalaridan foydalanildi (08.07.2024-yil № 01-09-104-sonli ma’lumotnoma.). Natijalar ko‘rsatuvlar mazmun-mohiyatini boyitishda va ularning ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan.