Axmadjonov Parvizjon Maxamadzodaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sayf Farg‘oniyning adabiy merosi va uning poetik tadqiqi”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (Tojik tili va tojik adabiyoti) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.4.PhD/Fil2908
Ilmiy rahbar: Isomiddinov Farxod, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Matlubai Mirzoyunus (Xojaeva), filologiya fanlari doktori, professor; Xo‘jaqulov Sirojiddin Xolmaxmatovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Sayf Farg‘oniy hayoti va ilmiy-adabiy merosini o‘z davri adabiy jarayoni bilan bog‘liq holda o‘rganish va shu nuqtayi nazardan shoirning Sharq adabiyotida tutgan o‘rni masalasiga oydinlik kiritishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Sayf Farg‘oniy hayoti va ijodidagi dolzarb muhim masalalar, jumladan, u yashagan davr, qoldirgan lirik merosi va adabiy-estetik qarashlari, adabiy hamda tarixiy manbalar (qo‘lyozma asarlar, manbashunoslik tadqiqotlari, davr hujjatlari) vositasida asoslangan;
ma’no va mazmun nuqtayi nazaridan Sayf Farg‘oniy she’riyatida uning dunyoqarashi, ijtimoiy, ilmiy-falsafiy qarashlari ifodalanganligi, adabiy janrlarning shakl va tuzilishiga hech qanday o‘zgartirish yoki yangilik kiritmaganligi, o‘zidan oldin ijod qilgan shoirlarning an’analarini davom ettirganligi dalillangan;
Sayf Farg‘oniy qasida yozishda, asosan, Sanoiy, Hoqoniy, Anvariy va Sa’diy Sheroziylardan ilhomlanganligi, uning qasidalarida, asosan, tabiat va atrof-muhit tasviri, axloqiy fikrlar bilan bir qatorda davrning ijtimoiy holati, xususan, zahmatkash xalqning hayoti aks etganligi, Sayf Farg‘oniy qasida janrining xalqchil bo‘lishidagi xizmatlari aniqlangan;
shoir she’riyatining go‘zalligi uning mazmun va ma’no yaratishda tashbeh, talmeh, istiora, mubolag‘a va boshqa badiiy san’at turlaridan mohirona foydalanganligi, badiiy san’atlar orqali teran ma’nolar yaratishiga “Qur’on” oyatlari hamda hadislardan bahramand bo‘lganligi, shuningdek, “Zabur”, “Tavrot”, “Injil” kabi muqaddas kitoblar zamin bo‘lib xizmat qilganligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sayf Farg‘oniyning adabiy merosi va uning poetik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy xulosa va natijalar asosida:
Sayf Farg‘oniy hayoti va ijodidagi dolzarb muhim masalalar, jumladan, u yashagan davr, qoldirgan lirik merosi va adabiy-estetik qarashlari xususidagi xulosalaridan Bobojon G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti talabalari uchun tojik va o‘zbek adabiyoti tarixi fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda, magistr va doktorantlarlarning adabiy tanqid, adabiy aloqalar, she’rshunoslik nazariyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarida foydalanilgan (akademik Bobojon G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universitetining 2024-yil 06 sentyabrdagi 01/4667-son ma’lumotnomasi). Natijada Sayf Farg‘oniyning adabiy merosini chuqur anglash, uning ijodiy uslubini o‘rganish va uni zamonaviy adabiyotshunoslik hamda ta’lim jarayonlariga tatbiq etishga zamin yaratildi;
ma’no va mazmun nuqtayi nazaridan Sayf Farg‘oniy she’riyatida uning dunyoqarashi, ijtimoiy, ilmiy-falsafiy qarashlari ifodalanganligi, adabiy janrlarning shakl va tuzilishiga hech qanday o‘zgartirish yoki yangilik kiritmaganligi, o‘zidan oldin ijod qilgan shoirlarning an’analarini davom ettirganligiga doir xulosalaridan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan AL-FDU2022307-010 raqamli “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy-tadqiqot markazida “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etishda, ilmiy-amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil 9-yanvardagi 04/118-son ma’lumotnomasi). Natijada “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etish jarayonida hamda tarjimashunoslik va lingvistik tahrir bo‘yicha ilmiy-amaliy loyihalarni samarali amalga oshirishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
Sayf Farg‘oniy qasida yozishda, asosan, Sanoiy, Hoqoniy, Anvariy va Sa’diy Sheroziylardan ilhomlanganligi, uning qasidalarida, asosan, tabiat va atrof-muhit tasviri, axloqiy fikrlar bilan bir qatorda davrning ijtimoiy holati, xususan, zahmatkash xalqning hayoti aks etganligi, Sayf Farg‘oniy qasida janrining xalqchil bo‘lishidagi xizmatlari haqidagi xulosalaridan 2021-2024-yillar mobaynida tayyorlab, “So‘x” televideniyasida tojik tilida efirga uzatilgan maxsus ko‘rsatuvlarda amaliyotga joriy etilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 176-son ma’lumotnomasi). Natijada efirga uzatilgan maxsus ko‘rsatuvlar tinglovchilarning badiiy tafakkuri, falsafiy qarashlari hamda mumtoz adabiyot borasidagi bilimlarining shakllanishiga xizmat qilgan;
shoir she’riyatining go‘zalligi uning mazmun va ma’no yaratishda tashbeh, talmeh, istiora, mubolag‘a va boshqa badiiy san’at turlaridan mohirona foydalanganligi, badiiy san’atlar orqali teran ma’nolar yaratishiga “Qur’on” oyatlari hamda hadislardan bahramand bo‘lganligi, shuningdek, “Zabur”, “Tavrot”, “Injil” kabi muqaddas kitoblar zamin bo‘lib xizmat qilganligi yuzasidan asoslangan ilmiy-amaliy natijalari, umumiy xulosa va to‘plangan tajribalaridan Respublika tojik milliy-madaniy markazi Farg‘ona viloyat bo‘linmasi tomonidan Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti tojik tili yo‘nalishi talaba-yoshlari hamda Farg‘ona viloyatida yashovchi tojik millati vakillari orasida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlari, davra suhbati, turli targ‘ibot tadbirlari va anjumanlarda hamda 2022-yil 20-iyundan 20-dekabrgacha amalga oshirilgan “Do‘stlik – osoyishtalik garovi” mavzusidagi 1-raqamli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Respublika tojik milliy-madaniy markazi Farg‘ona viloyat bo‘linmasining 2023-yil 14-noyabrdagi 56-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqlar o‘rtasidagi milliy-madaniy rishtalar, do‘stlik va diniy bag‘rikenglik mustahkamlangan, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish