Abdullaeva Manzura Nasibullo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umrzoq Xolboy o‘g‘li Hayratiy she’riyatining lingvopoetik va lingvokulturologik tahlili”, 10.00.01 - 0’zbek tili ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.3 .PhD/Fil 3694.
Ilmiy rahbar: Usmonova Hurinisa Sharopovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor; To‘xtasinova Odinaxon Yusupovna filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shoir Hayratiy ijodiy merosining lingvopoetik hamda uning she’rlarida qo‘llangan lisoniy birliklarning lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan inorat:
Hayratiy asarlarining lingvopoetik xususiyatlari nutq ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiluvchi fonopoetik vositalar (alliteratsiya, assonans, geminatsiya, ohangdoshlik), leksik-semantik birliklar va ma’no ko‘chish usullariga xos original ifodalar, poetik sintaksisga oid usul va shakllar misolida ochib berilgan.
badiiy matnda qo‘llanib, uning hissiy-ta’siriy funksiyasini kuchaytiruvchi antiteza, gradatsiya, parallelizm kabi hodisalar Hayratiy asarlari misolida dalillangan;
shoir asarlarida milliy-madaniy tushunchalarning ifodalanishi lingvokulturologiyaning eng muhim obektlaridan sanaluvchi va milliy obrazli tafakkur mahsuli hisoblanuvchi o‘xshatishlar, maqol va matallar misolida asoslangan.
Hayratiy she’rlarining lingvokulturologik xususiyatlarini tahlil qilish orqali mumtoz matnlarning konseptual o‘ziga xosligi, olamni lisoniy aks ettirishda shoir yashagan ijtimoiy muhit va davr ruhiyatining ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada erishilgan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
Umrzoq Hayratiyning devon, bayoz, gazeta-jurnallarda yoritilgan, adabiyot muxlislarining shaxsiy arxivida saqlanayotgan nazmiy asarlarining lingvopoetik va lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti Abdullaeva Manzura Nasibullo qizining “Umrzoq Xolboy o‘g‘li Hayratiy she’riyatining lingvopoetik va lingvokulturologik tahlili” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasining quyidagi natijalaridan foydalanildi:
- Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti namoyandasi Umrzoq Hayratiyning qoldirgan ijodiy merosi bilan mumtoz o‘zbek adabiyoti, o‘zbek adabiy tili rivojiga qo‘shgan hissasi haqidagi nazariy va badiiy tahlillar;
- Shoir g‘azal, muxammas, murabba, masnaviy, ruboiy va fardlarida badiiy tasvir yaratish uchun tilning fonetik, leksik birliklari – sinonim, antonimlardan, so‘z takrori, o‘xshatishlarni qo‘llab, qanday uslubda foydalangani misollar bilan asoslangan ilmiy xulosalar;
- Mumtoz adabiy til rivojiga qo‘shgan hissasi asarlarining lingvokulturologik xususiyatlari rang-barangligi, ularda presedent nomlar, ramzlar, gender metaforalar, xalqona milliy ibora va matallarning badiiy ifodadagi yetakchi o‘rni va ahamiyatining tasniflanishi.
Mazkur ilmiy natija va xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining She’riyat kengashi hisobot yig‘ilishlarida, yosh ijodkorlarning “Onajonim she’riyat” to‘garagi faoliyatida, mahorat darslarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024 yil 16 dekabrdagi 01-03/986-sonli ma’lumotnomasi).
Hayratiy she’riyatida qo‘llangan badiiy leksik ifodalarni, fonopoetik birliklarning funksiyalarini, sinonim, antonim va takror so‘zlarni, o‘xshatishli hamda ko‘chma ma’noli birliklarni aniqlash, shuningdek, lingvokulturologik xususiyatlarga ega etalon, ramz, metafora, turg‘un o‘xshatish, nutqiy etiket, lakunalarning, maqol, matal va iboralarning