Tashbulatov Sherzod Baxtiyarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qora metall qotishmalarini suyuqlantirishda shlaklarning hosil bo‘lishi va olinadigan qotishmaning quymakorlik xossalarini oshirishning ilmiy asoslari”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/T545
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy maslahatchi: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tilabqobulovich, texnika fanlari doktori, professor; Samadov Alisher Usmanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qora metall qotishmalarini suyuqlantirishda shlaklarni hosil bo‘lishi va quymakorlik xossalarini oshirish texnologiyasining ilmiy asoslaridan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qora metall qotishmalarini suyuqlantirishda suyuq qotishmaga flyus bilan ishlov berish texnologiyasi flyus tashkil etuvchilarining suyuq qotishma tarkidagi elementlarga ta’sir etishining haroratga bog‘liq ravishda o‘zgarish darajasi asosida ishlab chiqilgan;
suyuq metallga pech ichida xrom bilan modifikatsiyalash texnologiyasi xrom elementi miqdorining olinayotgan qotishma zarbiy qovushqoqligiga bog‘liqligi dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
qotishmaning qum–gilli qolip ichida yo‘naltirilgan sovutish rejimi quymaning xajmi va qolipda joylashgan o‘rnidagi issiqlik almashinuv parametrlari asosida ishlab chiqilgan;
qotishmaga kovsh ichida titan kukuni bilan ishlov berish texnologiyasi titanning korroziyabardoshlikga ta’sir etish xossasi asosida ishlab chiqilgan;
qotishmani pech ichida suyuqlantirish jarayonida grafit yordamida qaytarish texnologiyasi grafitning yuqori haroratda qaytarish reaksiyasining ortish darajasi asosida ishlab chiqilgan;
pech ichida shixtaga ishlov berishning ikki bosqichli texnologiyasi CaCO3 ning suyuq shlaklarni hosil qilish xossasi asosida ishlab chiqilgan;
qolip ichidagi quymalarda issiq yoriqlarning hosil bo‘lishini kamaytirish texnologiyasi sovush tezligining quyma devorlari qalinligiga bog‘liqlik darajasi asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qora metall qotishmalarini suyuqlantirishda shlaklarning hosil bo‘lishi va olinadigan qotishmaning quymakorlik xossalarini oshirishning ilmiy asoslari ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qora metall qotishmalarini suyuqlantirishda suyuq qotishmaga flyus bilan ishlov berish texnologiyasi “Oʻzmetkombinat” AJning “Quyuv – mexanika” sexiga joriy qilingan («Oʻzmetkombinat» AJ ning 2024 yil 9 oktyabrdagi 01/03-01-01/303-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olingan qotishmaning oquvchanligi 8–10% ga ortishiga imkonini bergan;
suyuq metallga pech ichida xrom bilan modifikatsiyalash texnologiyasi joriy qilingan(«Oʻzmetkombinat» AJ ning 2024 yil 9 oktyabrdagi 01/03-01-01/303-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olinadigan qotishmaning zarbiy qovushqoqligi 16–18 % ga ortgan;
qotishmaning qum–gilli qolip ichida yo‘naltirilgan sovutish rejimi joriy qilingan («Oʻzmetkombinat» AJ ning 2024 yil 9 oktyabrdagi 01/03-01-01/303-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olinayotgan quyma mahsulotning eyilishbardoshliligi 12–14 % ga ortgan;
qotishmaga kovsh ichida titan kukuni bilan ishlov berish texnologiyasi joriy qilingan («Oʻzmetkombinat» AJ ning 2024 yil 9 oktyabrdagi 01/03-01-01/303-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olinayotgan quyma mahsulotning karroziyabardoshliligi 14–16% ga ortgan;
qotishmani pech ichida suyuqlantirish jarayonida grafit yordamida qaytarish texnologiyasi joriy qilingan («Oʻzmetkombinat» AJ ning 2024 yil 9 oktyabrdagi 01/03-01-01/303-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, metallning oksidlanish darajasi 7 – 8 % ga kamaygan.