Djuraeva Xusnigul Burievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Husayniy adabiy merosi manbalari va matniy tadqiqi», 10.00.10–Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil104.
Ilmiy rahbar: Hamidjon Homidiy, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Alimuxamedov Rixsitilla Abdurashidovich, filologiya fanlari doktori; Jo‘raboev Otabek Rustambek o‘g‘li, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Husayniyadabiy merosi manbalarini ilmiy tavsif etish, devon qo‘lyozma nusxalarini o‘zaro qiyoslash orqali «Devoni Sulton Husayn Boyqaro» yig‘ma-qiyosiy matnini tayyorlash hamda qo‘lyozma manbalardan topilgan yangi dalillar asosida Husayn Boyqaroning mufassal biografiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
devon matnidagi baytlarda kotiblar yo‘l qo‘ygan xatolar, misralarning tushib qolishi va o‘rin almashishi, so‘z imlosi va so‘z qo‘llash bilan bog‘liq tafovutlar turli qo‘lyozma nusxalarni qiyoslash asosida aniqlangan;
Husayniy zamonasida ko‘chirilgan, hozirda Istanbul universiteti kutubxonasida saqlanayotgan nodir qo‘lyozma boshqa nusxalar bilan solishtirilib, «Devoni Sulton Husayn Mirzo Boyqaro»ning to‘la ilmiy ko‘rsatkichlar bilan ta’minlangan ishonchli matni tayyorlangan;
Tazkira va manoqiblardan topilgan yangi dalillar asosida Husayn Boyqaroning nisbatan mufassal ilmiy biografiyasi yaratilgan;
Husayniy va Navoiy munosabatlari Hirot adabiy muhiti va madaniy jarayoniga bog‘liq tarzda tarixiy dalillar asosida yanada aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Husayniy ilmiy biografiyasi va adabiy merosini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Husayniy adabiy merosi manbalarini qiyosiy tadqiq etish, devon yig‘ma-qiyosiy matnini tiklash bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalardan 8F-151 raqamli «Adabiyot ensiklopediyasi» fundamental loyihasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 18 yanvardagi FTQ 03-13/58-son ma’lumotnomasi). Natijada Husayniy devonining Evropa mamlakatlari va yurtimiz fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozma nusxalaridan foydalanish, shoirning turli manbalardan topilgan yangi she’rlarini ilmiy iste’molga olib kirish imkoniyati yaratilgan;
matnshunoslikda qo‘lyozma va toshbosma nusxalarning mushtarak hamda farqli jihatlarini aniqlash tamoyillari, asliyat hamda nashriy nusxalar muammolari bilan bog‘liq ma’lumotlar va ilmiy xulosalaridan F1-FA-055746 raqamli «Markaziy Osiyo xalqlari qo‘lyozma yodgorliklarini tadqiq etish. O‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxivini ilmiy tavsifi va nashr qilish” loyihasi doirasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 18 yanvardagi FTQ 03-13/58-son ma’lumotnomasi). Natijada Husayn Boyqaro ilmiy biografiyasi, adabiy merosiga oid ma’lumotlar bo‘yicha muayyan xulosalarga kelingan hamda manbashunoslik va matnshunoslik tushunchalari bilan bog‘liq izohlar boyitilgan;
yig‘ma-qiyosiy matn tuzish jarayoni, qo‘lyozmalarning umumiy qiyosi va matndagi tafovutlarni belgilash xususidagi ma’lumot va xulosalardan F-1-FQ-055213 raqamli “Abdulla Qahhor dastxat qo‘lyozmalari asosida asarlarining ilmiy-qiyosiy matnlarini tayyorlash va nashrga hozirlash” fundamental loyihasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 18 yanvardagi FTQ 03-13/58-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘lyozmalarning umumiy qiyosi va matndagi tafovutlar berilgan izohlar mukammallashgan, nashrlarning ilmiy ommabopligi ta’minlangan.