Rabbimov Hasan To‘raboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uranni er ostida tanlab eritmaga o‘tkazishda qatlamdagi mexanik kolmatatsiyani bartaraf etish choralarini ishlab chiqish va tatbiq etish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3623.
Ilmiy rahbar: Aliqulov Shuxrat Sharofovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Shodiboy Ixmatullaevich, texnika fanlari doktori; Mirhodjaev Baxtiyor Ismoyilovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish jarayonida qazib olish samaradorligini oshirish va mexanik kolmatatsiyani bartaraf etish uchun aylanma eritmalarni muallaq zarrachachalardan tozalash usulini ishlab chiqish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
filtrlash muhitining g‘ovakli kanallarining o‘lchamlari zarrachalar diametrining o‘rtacha qiymatiga bog‘liqligi aniqlandi. Zarrachalar diametri g‘ovaklar diametridan 5-6 marta kichik bo‘lganda kolmatatsiya jarayoni sekinlanishi evaziga,  filtratsiya xususiyatlarining yaxshilanishiga va er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish jarayonining samaradorligini oshirishga olib kelishi aniqlangan;
er ostida tanlab eritmaga o‘tkazishning aylanma eritmalarida muallaq zarrachalar miqdori va kolmatatsiya darajasi uran uyumlarining barqaror filtratsiya xususiyatlari va tanlab eritmaga o‘tkazish jarayonlari samaradorligini sezilarli darajada oshishiruvchi o‘zaro bog‘liqlik o‘rnatilgan;
aylanma eritmalarda muallaq zarrachalar miqdorini kamaytirish imkonini beruvchi poliakrilamidning eng maqbul turi (PAA-G)ni qo‘llash natijasida, uran konlarida filtratsiya koeffisientini 10% gacha oshishiga erishilishi aniqlangan;
muallaq zarrachachalar miqdorini kamaytirish, kolmatatsiyani minimallashtirish va ma’dan qatlamining filtratsiya xususiyatlarini barqarorlashtirish imkonini beradigan, shuningdek, er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladigan, eritmalarni tozalashning kompleks yondashuvi asoslangan va texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uran konlarining quduqlarida kolmatatsiyalanishning oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uran konlarida er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish jarayonida kolmatasiyalanishning oldini olish usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining AJ 2024  yil 12 noyabrdagi 23/01-01-07/694-son ma’lumotnomasi). Natijada, uran qazib olish unumdorligi 10 % ortishini aniqlash imkonini bergan;
uran konlarida er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish jarayonida kolmatasiyalanishning oldini olish usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Markaziy ilmiy- tadqiqot laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining AJ 2024 yil 12 noyabrdagi 23/01-01-07/694-son ma’lumotnomasi). Natijada, poliakrilamid sarfi 0,5g/m3 eritma (dastlabki suspenziya tarkibiga qarab), yuborilgan eritmalardagi muallaq zarrachalar miqdori 5 mg/l da saqlash eng samaradori ekanligini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish