Xoliev Obidjon Odil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fermentativ peritonitli o‘tkir pankreatitning kechish og‘irligini baholash va davolashda laparoskopiyani o‘rni», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4340.
Ilmiy rahbar: Xo‘jabaev Safarboy Tuxtabaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raxmanov Qosim Erdanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: V.I. Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasallikning og‘irlik darajasini aniqlash uchun ishlab chiqilgan mezonlar asosida laparoskopik texnologiyalardan foydalangan holda o‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
laparoskopiya natijalariga ko‘ra o‘tkir pankreatitda patologik o‘zgarishlar bo‘yicha ball tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘rta darajada ifodalangan belgilar (M-moderate) va (G-gravis) o‘tkir destruktiv pankreatitning og‘ir belgilari bo‘lgan guruhlarni ajratib ko‘rsatish hamda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni prognozlash isbotlangan;
ilk bor laparoskopiya vaqtida patologik o‘zgarishlarning balllik baholash natijalari KT indeksi (Balthazar) shkalasi bilan mos kelishi aniqlangan;
ilk bor kaminvaziv aralashuvlarni ustuvor qo‘llash bilan o‘tkir pankreatitning og‘irlik darajasi prognoziga qarab jarrohlik aralashuvni tanlashda qorin bo‘shlig‘i va katta charvidagi  to‘plangan suyuqlikni o‘z vaqtida relaparoskopik tozalash, ularni qo‘shimcha kontrapertura orqali drenajlash va laparotomiyagacha olib bormaslik uchun differensial yondashuv asoslangan;
ilk bor kasallikning og‘irlik darajasi uchun tavsiya etilgan, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlari prognoziga muvofiq jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasini tanlashda laparoskopik operatsiyalarni qo‘llash, davolash natijalarini yaxshilash va o‘lim holatini kamaytirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fermentativ peritonitli o‘tkir pankreatitning kechish og‘irligini baholash va davolashda laparoskopiyani o‘rni bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 13.11.2024 y. 08/48-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: laparoskopiya natijalariga ko‘ra o‘tkir pankreatitda patologik o‘zgarishlar bo‘yicha ball tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘rta darajada ifodalangan belgilar (M-moderate) va (G-gravis) o‘tkir destruktiv pankreatitning og‘ir belgilari bo‘lgan guruhlarni ajratib ko‘rsatish hamda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni prognozlash isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 3820-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 18.10.2024 y. 95-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: kasallikning dastlabki bosqichlarida laparoskopiya paytida vizual patologik o‘zgarishlarni baholash kasallikning keyingi yo‘nalishini prognozlash va tegishli davolash usulini tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikning dastlabki bosqichlarida laparoskopiya paytida vizual patologik o‘zgarishlarni baholash bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 1 nafar bemor uchun 2730000 so‘m, budjetdan tashqari 1570000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan. Amaliy tibbiyot uchun miniinvaziv texnologiyalardan foydalanish bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 1790000 sum tejalishiga olib kelgan. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: laparoskopiya ma’lumotlariga asoslanib, o‘tkir pankreatitda qorin bo‘shlig‘idagi patologik o‘zgarishlarning baholash mezoni ishlab chiqilgan bo‘lib, bu kasallikning o‘rta-og‘ir (M- moderate) va og‘ir (G-gravis) darajali bo‘lgan guruhlarni ajratish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor laparoskopiya vaqtida patologik o‘zgarishlarning balllik baholash natijalari KT indeksi (Balthazar) shkalasi bilan mos kelishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 3820-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 18.10.2024 y. 95-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: laparoskopiya bo‘yicha qorin bo‘shlig‘idagi o‘zgarishlar darajasi KT diagnostikasi bo‘yicha patologik o‘zgarishlarni baholash bilan taqqoslangan va shu bilan birga dastlabki bosqichlarda miniinvaziv terapevtik aralashuvlariga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miniinvaziv texnologiyalardan foydalanish bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 1790000 sum tejalishiga olib kelgan. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirgan, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: laparoskopiya paytida qorin bo‘shlig‘idagi patologik o‘zgarishlarni baholash natijalari Balthazar kompyuter tomografiyasi natijalariga ko‘ra (91,2%) o‘tkir pankreatitning og‘irligini baholashning umumiy qabul qilingan shkalasi bilan taqqoslangan va (usulning sezgirligi 86,3%) diagnostika xamda kasallikning og‘irlik darajasini baholash uchun ushbu usullardan samarali foydalanish imkoniyatini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor kaminvaziv aralashuvlarni ustuvor qo‘llash bilan o‘tkir pankreatitning og‘irlik darajasi prognoziga qarab jarrohlik aralashuvni tanlashda qorin bo‘shlig‘i va katta charvidagi  to‘plangan suyuqlikni o‘z vaqtida relaparoskopik tozalash, ularni qo‘shimcha kontrapertura orqali drenajlash va laparotomiyagacha olib bormaslik uchun differensial yondashuv ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 3820-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 18.10.2024 y. 95-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: quyidagilardan iborat: laparoskopik monitoring qorin bo‘shlig‘i va katta charvidagi suyuqlik to‘planishini o‘z vaqtida relaparoskopik tozalash, ularni qo‘shimcha kontrapertura orqali drenajlash, laparotomiyadan qochish imkonini beradi. quyidagilardan iborat: kaminvaziv aralashuvlarni ustuvor qo‘llash bilan instrumental va laboratoriya imkoniyatlaridan foydalanib odatda umumiy o‘rtacha 1180400 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan minimal invaziv jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5311800 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: kasallikning og‘irligi darajasiga qarab jarrohlik aralashuvni tanlashga differensial yondashuvda o‘tkir pankreatitning o‘rta og‘ir darajasi bo‘lgan guruhdagi (M- moderate) bemorlarning 85,9 %ga va 67,7% da og‘ir daraja bilan (G-gravis) miniinvaziv usullarni qo‘llash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor kasallikning og‘irlik darajasi uchun tavsiya etilgan, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlari prognoziga muvofiq jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasini tanlashda laparoskopik operatsiyalarni qo‘llash, davolash natijalarini yaxshilash va o‘lim holatini kamaytirish asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 3820-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 18.10.2024 y. 95-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash taktikasini tanlash, laparoskopik aralashuvlarni ustuvor qo‘llash, davolash natijalarini yaxshilash va o‘lim holatlarini sezilarli darajada kamaytirish bilan kasallikning og‘irligini prognozlashga asoslangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: laparoskopik amaliyotlar uchun bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4893350 so‘m sarflanadi. Bu summaning ichida operativ davo va 2 kun reanimatsiya va 5-7 kun intensiv terapiya bo‘limidagi o‘rin-kunlar 1829900 so‘m (431300 + 1398600) so‘mni tashkil qiladi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida laparoskopik jarrohlik amaliyotini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3659800 so‘mni (2 ta bemorga) tashkil etgan. Xulosa: qorin bo‘shlig‘idagi vizual patologik o‘zgarishlarga ko‘ra kasallikning aniqlangan og‘irlik darajasi bilan laparoskopik va relaparoskopik miniinvaziv aralashuvlarni ustuvor qo‘llash bilan o‘tkir pankreatitni jarrohlik davolash taktikasini tanlash M- moderate guruhida bemorlar 5,6% gacha o‘limning sezilarli darajada kamayishini ko‘rsatdi, G-gravis guruhida esa bu ko‘rsatkich 19,3% ni tashkil etgan bo‘lib, bu o‘z navbatida uning samaradorligini ta’minlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish