Po‘latov Mahmudjon Murodjon o‘g‘lining
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish”, 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1805.
Ilmiy rahbar: Xadjibaev Abduhakim Mo‘minovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Habibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Mirshavkat Miralimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Berkinov Ulug‘bek Bozorbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: "Moskva shahar Sog‘liqni saqlash departamentining N.V.Sklifosovskiy nomidagi Tez tibbiy yordam ilmiy-tekshirish instituti" davlat byudjet sog‘liqni saqlash muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: qorin ichi shikastlanishlarining og‘irlik darajasini prognoz qilish shkalasini ishlab chiqish, qovurg‘alarning flotatsiyalanuvchi sinishlarini fiksatsiyalashning yangi usulini joriy etish, endovideoxirurgik aralashuvlarga ko‘rsatmalarni kengaytirish va jarrohlik davolash taktikasini takomillashtirish orqali ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma shikastlanishlarida davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘krak qafasi va qorin mexanik shikastlanishlarning eng og‘ir toifasiga – noxush oqibatlarning yuqori ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan politravmalar guruhiga kirishi aniqlangan va ushbu toifadagi jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish va amalga oshirishda alohida yondashuvi asoslangan;
qorin bo‘shlig‘i shikastlanishining asosiy ul`tratovush belgilarining tashxisiy va prognoz qiymatini qiyosiy baholash asosida shikastlanishning og‘irlik darajasini aniqlash uchun eng ma’lumotli sonografik mezonlar tanlab olingan va FAST-protokolni takomillashtirishi asoslangan;
qorin bo‘shlig‘idagi erkin suyuqlik hajmini ul`tratovush yordamida baholashning yangi shkalasi ilmiy asoslangan va operatsiyadan oldin gemoperitoneum hajmini o‘lchash va shu asosda jarrohlik davolash taktikasini belgilash asoslangan;
3D-bosma texnologiyalarini o‘z ichiga olgan qovurg‘alarni kaminvaziv tashqi fiksatsiya qilishning ishlab chiqilgan yangi usulining yuqori samarasi ko‘krak qafasini ishonchli barqarorlashtirish, plevra ichi asoratlarni bartaraf etish hamda operatsiya vaqtini qisqartirishi hisobiga isbotlangan;
ko‘krak qafasi va qorin qo‘shma shikastlari bilan bemorda gemotoraks va gemoperitoneum hajmiga ko‘ra, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘ida jarrohlik aralashuvlar ketma-ketligini aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan ko‘krak qafasi va qorin qo‘shma shikastlarini jarrohlik davolash taktikasi va ketma-ketligini tanlash algoritmini qo‘llash ikkala qo‘shni bo‘shliqda ochiq aralashuvlar chastotasini 3,3% gacha kamaytirishi, shuningdek, gibrid va videoendoxirurgik operatsiyalar ulushini mos ravishda 79,8% va 16,9% gacha oshirishi hisobiga jarrohlik amaliyotining shikastlovchi ta’sirini sezilarli darajada kamaytirish uchun imkon yaratilgan va o‘lim ko‘rsatkichini sezilarli darajada kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘ining qo‘shma shikastlanishlarini tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirishga doir olingan ilmiy natijalar RShTYoIM hamda uning Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyati filiallarida amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) Ilmiy-texnik kengashining (ITK) 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/11-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ko‘krak qafasi va qorin mexanik shikastlanishi - politravmalarda erkin suyuqlik hajmini baholashning yangi shkalasi ishlab chiqilgan va qo‘shimcha diagnostika uskunalari va laboratoriya tahlillarisiz, noinvaziv usulda gemoperitoneum miqdorini tezda o‘lchash va shu orqali qorin bo‘shlig‘i shikastlanishlarining og‘irligini prognoz qilish imkonini bergan. Ushbu yangilik “Ul`tratovush orqali shikastlanish xarakteri va og‘irligini baholash asosida qorinning yopiq shikastlanishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasini tanlash” nomli uslubiy tavsiyalarda o‘z aksini topdi. Bu tavsiyalar O‘zR SSV ITK tomonidan tasdiqlangan (2022 yil 15 noyabrdagi 8 nr/1282-sonli qaror) va keyinchalik RShTYoIMning Navoiy (2022 yil 4 maydagi joriy etish dalolatnomasi) hamda Surxondaryo (2022 yil 28 martdagi joriy etish dalolatnomasi) filiallarining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan. Ijtimoiy ahamiyati: usulni joriy etish tashxis aniqligini va jarrohlik taktikasini tanlashning asosliligini oshirdi, bu esa qorinning yopiq shikastlanishi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorlik: ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i shikastlanishlarini tashxislash hamda davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi birlamchi keng torakotomiya va laparotomiya amaliyotlarini qo‘llash holatlarini kamaytirdi, videoendoxirurgik aralashuvlar ulushini oshirdi. Bu esa o‘z navbatida shifoxonada davolanish muddatini 9,5±3,4 kundan 5,3±2,9 kungacha qisqartirish imkonini berdi va shu bilan kuniga bitta bemor uchun byudjet mablag‘larini 2 200 000 so‘mga tejadi. Joriy etishning umumiy ko‘lamini hisobga olgan holda (4,2 yotoq kuni x 234 bemor x 2 200 000 so‘m) jami 2 162 160 000 so‘m iqtisod qilindi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘i shikastlanishining asosiy ul`tratovush belgilarining tashxisiy va prognoz qiymatini qiyosiy baholash asosida shikastlanishning og‘irlik darajasini aniqlash uchun eng ma’lumotli sonografik mezonlar tanlab olingan va samaradorligi ilmiy asoslangan. Ushbu yondashuv shikastlanish xarakteri va og‘irligini aniqlashda FAST-protokolning takomillashtirilgan mezonlarini qo‘llash orqali jarrohlik aralashuv zaruriyatini prognoz qilish imkonini bergan. Natijada, noinvaziv tashxis usullari va videoendoxirurgik amaliyotlar samaradorligi oshirildi, shoshilinch jarrohlik muddatlari qisqartirildi. Bu ilmiy yangilik "Vibor taktiki xirurgicheskogo lecheniya zakritoy travmi jivota na osnove ul`trazvukovoy otsenki xaraktera i tyajesti povrejdeniya" metodik tavsiyalarida o‘z aksini topgan (O‘zR SSV ITK tomonidan tasdiqlangan 2022 yil 15 noyabrdagi 8 nr/1282-sonli qarori bilan tasdiqlangan) va keyinchalik RShTYoIMning Navoiy (2022 yil 4 maydagi joriy etish dalolatnomasi) hamda Surxondaryo (2022 yil 28 martdagi joriy etish dalolatnomasi) filiallarining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan. Ijtimoiy ahamiyati: ushbu usul shikastlanish og‘irligini aniq baholash orqali jarrohlik davolash taktikasida aniqlik va tezkorlikni ta’minlaydi, kaminvaziv kamshikastlanuvchi amaliyotlarni kengroq qo‘llashga, operatsiya davomiyligini qisqartirish va asoratlar rivojlanishini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: tezkor tashxis va optimal davolash taktikasi tufayli shifoxonada davolanish muddati qisqardi, bu esa davolash xarajatlarini 18% gacha kamaytirish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘idagi erkin suyuqlik hajmini ul`tratovush yordamida baholashning yangi shkalasi ilmiy asoslangan va operatsiyadan oldin gemoperitoneum hajmini o‘lchash va shu asosda jarrohlik davolash taktikasini belgilash asoslangan. Mazkur usul "Qovurg‘alarning flotatsiyalanuvchi sinishlarini videolaparoskopiya nazorati ostida tashqi fiksatsiya qilish usuli" uslubiy tavsiyanomasida bayon etilgan (O‘zR SSVning 2023 yil 30 yanvardagi 8n-r/167-son xulosasi). Uslubiy tavsiyalar RShTYoIM Samarqand filiali klinik amaliyotiga joriy etilgan (2023 yil 19 yanvardagi joriy etish dalolatnomasi). Ijtimoiy ahamiyati: ushbu usul o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi davomiyligini 8,2±2,5 kundan 2,1±1,0 kungacha va o‘lim ko‘rsatkichini 15,3% dan 7,1% gacha kamaytirdi. Bu esa og‘ir qovurg‘a sinishlari bo‘lgan bemorlarning hayotini saqlash darajasini oshirdi. Iqtisodiy samaradorlik: davolash muddatining qisqarishi va asoratlarning kamayishi har bir bemorni davolashda 20% gacha mablag‘ni tejash imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i qo‘shma shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarda jarrohlik aralashuvining shikastlovchi ta’sirini kamaytirishga qaratilgan yangi yondashuvni ilmiy asoslash, endovideoxirurgik amaliyotlarga ko‘rsatmalarni aniqlashtirish hamda ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘idagi aralashuvlar ketma-ketligini belgilash "Ko‘krak va qorin bo‘shlig‘ining qo‘shma shikastlanishlarida jarrohlik aralashuvlari taktikasi va ketma-ketligini tanlash" dasturini ishlab chiqish va joriy etishga asos bo‘ldi. Mazkur dastur RShTYoIM Namangan filiali faoliyatiga tatbiq etilgan (25.01.2023 yildagi joriy etish dalolatnomasi). Ijtimoiy ahamiyati: Dastur qaror qabul qilish jarayonini avtomatlashtiradi, jarrohlik taktikasini tanlashning tezkorligi va aniqligini oshiradi, ikkala bo‘shliqda ochiq operatsiyalar sonini 3,3% gacha kamaytiradi, gibrid va videoendoskopik aralashuvlar ulushini 79,8% va 16,9% gacha ko‘paytiradi, shuningdek, ko‘krak va qorin qo‘shma shikastlanishlarida jarrohlik davolashning shikastlovchi ta’siri darajasini sezilarli pasaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Avtomatlashtirish operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rish vaqtini qisqartirish va tibbiyot muassasalari resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan ko‘krak qafasi va qorin qo‘shma shikastlarini jarrohlik davolash taktikasi va ketma-ketligini tanlash algoritmini qo‘llash ikkala qo‘shni bo‘shliqda ochiq aralashuvlar chastotasini 3,3% gacha kamaytirishi, shuningdek, gibrid va videoendoxirurgik operatsiyalar ulushini mos ravishda 79,8% va 16,9% gacha oshirishi hisobiga jarrohlik amaliyotining shikastlovchi ta’sirini sezilarli darajada kamaytirish uchun imkon yaratilgan va o‘lim ko‘rsatkichini sezilarli darajada kamaytirishi isbotlangan (foydali model` FAP 2023 0217 13.06.2023 y.), bu usul RShTYoIM Toshkent viloyati filialida amaliyotga joriy etilgan (Joriy etish dalolatnoma sanasi 29.01.2023 y.). Ijtimoiy ahamiyati: ushbu usulni qo‘llash operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirishga va bemorlarning hayotini saqlab qolish darajasini oshirishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorlik: ishlab chiqilgan ko‘krak qafasi va qorin qo‘shma shikastlarini jarrohlik davolash taktikasi va ketma-ketligini tanlash algoritmini qo‘llash davolash muddatini qisqartirish va asoratlar chastotasini kamaytirish hisobiga davolash xarajatlarini 15% gacha kamaytirishni ta’minladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish» mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/11-sonli xati yuborilgan.