Xamidov Obid Abduraxmanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Reabilitatsiya markazlarida innovatsion diagnostik usullarni joriy etish orqali tibbiy radiologiya xizmatini takomillashtirish», 14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya, 14.00.19 – Klinik radiologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Tib738.
Ilmiy maslahatchilar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjibekov Marat Xudaykulovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/31.10.2024.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dmitriy Anatol`evich Kudlay, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmanxodjaeva Adibaxon Amirsaidovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Reabilitatsiya markazlarida innovatsion diagnostika usullarini joriy etish orqali tibbiy radiologiya xizmatini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor reabilitatsiya markazlari radiologik xizmatini tashkil etishdagi kamchiliklarni taxlil qilish natijalariga ko‘ra, markazlarining 65,1 % da yagona protokollar yo‘qligi, 40,3 % da esa modernizatsiya rejalari ishlab chiqilmaganligi aniqlangan;
reabilitatsiya markazlarida davolash samaradorligi klinik holatni baholash shkalasidan foydalangan holda ilk bor tahlil qilinib, o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida bemorlarning 84,6 % da holat yaxshilanishi, 10 % da sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmaganligi va 5 % da esa holatning og‘irlashmaganligi qayd etilib, bemorlar holatidagi o‘zgarishlar dinamikasi asoslangan;
reabilitatsiya jarayonlarining turli bosqichlarida tekshiruvlar o‘tkazishni o‘z ichiga olgan bosqichli diagnostika usuli birinchi marta taklif etilgan bo‘lib, o‘tkazilgan tadqiqotlar ushbu usulni qo‘llash orqali bemorlarning 92,1 % da reabilitatsiya jarayonining samaradorligi oshgani, 7% da klinik holat barqaror saqlangani va 1 % da esa qo‘shimcha choralariga ehtiyoj sezilgani qayd etilganligi sababli, bosqichli diagnostika usullari orqali davolash yondashuvlari o‘z vaqtida tuzatilib, reabilitatsiya jarayonlari yuqori darajada optimallashtirilgan;
ma’lumotlarni saqlashni standartlashtirish va tashxis xulosalari sifatini oshirishni ta’minlovchi “ikkinchi fikr” funksiyasiga ega markazlashtirilgan elektron tizim ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi orqali tashxis xulosalarining aniqligi 25% ga, ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi 40% ga oshganligi va tashxis qo‘yishda yuzaga kelgan xatolar 15% ga kamaygani isbotlangan;
radiologiya va teletibbiyot texnologiyalarini o‘z ichiga olgan radiologiya xizmati shifokorlarini o‘qitish dasturi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi orqali, mutaxassislarning 87% zamonaviy diagnostika usullarini to‘liq o‘zlashtirgani, 10% da malaka darajasi yaxshilangani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Reabilitatsiya markazlarida reabilitologiya xizmatining samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i asosida 2024 yil 26 noyabrdagi 9 – sonli yig‘ilish bayonnomasi xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor reabilitatsiya markazlari radiologik xizmatini tashkil etishdagi kamchiliklarni taxlil qilish natijalariga ko‘ra, markazlarining 65,1 % da yagona protokollar yo‘qligi, 40,3 % da esa modernizatsiya rejalari ishlab chiqilmaganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: radiologik xizmatni tashkil etishdagi asosiy kamchiliklar tizimli ravishda tahlil qilindi va aniqlandi. Jumladan, reabilitatsiya markazlarining 65,1% da yagona protokollar mavjud emasligi va 40,3% da modernizatsiya rejalari ishlab chiqilmaganligi kabi muammolar tasdiqlandi. Bu tadqiqot natijalari tibbiy xizmatlarning aniq standartlar asosida tashkil etilishi zarurligini ko‘rsatib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun ilmiy asoslangan echimlar ishlab chiqish imkonini berdi. Shuningdek, mazkur tadqiqot reabilitatsiya markazlarida diagnostika va davolash jarayonlarini xalqaro standartlarga muvofiq ravishda takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishdagi ilmiy asos vazifasini bajarib, tibbiyot sohasidagi innovatsion yondashuvlarni joriy etishga yordam beradi. Bu yangilik reabilitatsiya xizmatlarining samaradorligini oshirish bilan birga, diagnostika jarayonini standartlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish va umumiy tibbiy tizimni yanada rivojlantirish uchun muhim ilmiy asos hisoblanadi. Ijtimoiy samaradorligi: reabilitatsiya markazlarida yagona protokollar va modernizatsiya rejalarining joriy etilishi orqali tibbiy xizmatlarning sifati sezilarli darajada yaxshilanadi. Bu bemorlar uchun zamonaviy va yuqori samarali reabilitatsiya jarayonini ta’minlab, ularning salomatligini tiklash, ijtimoiy faolligini oshirish va mehnatga layoqatliligini qayta tiklashga yordam beradi. Reabilitatsiya jarayonida standartlashtirilgan yondashuvlar orqali tibbiy xatolar kamayadi, diagnostika jarayonining tezligi va aniqligi oshadi. Bu oila a’zolariga tushadigan iqtisodiy va psixologik yukni kamaytirib, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaydi. Yagona protokollarning tatbiq etilishi va markazlarning modernizatsiya qilinishi orqali tibbiy xizmatlar tengligi ta’minlanadi, bu esa barcha aholi qatlamlari uchun samarali reabilitatsiya imkoniyatlarini yaratadi. Natijada, ushbu yangilik jamiyatning umumiy salomatlik darajasini yaxshilash, ijtimoiy faollikni kuchaytirish va tibbiyot tizimining barqarorligini oshirishga katta hissa qo‘shadi. Iqtisodiy samaradorligi: Iqtisodiy jihatdan, standartlashtirilgan yondashuvlar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali tibbiy xizmatlarga ketadigan xarajatlar 20–30% ga kamayishi, nogironlik darajasining pasayishi orqali davlat byudjetiga tushadigan ijtimoiy ta’minot xarajatlarining qisqarishi, va bemorlarning mehnat faoliyatiga tezroq qaytishi iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash imkonini berdi. Shuningdek, tibbiy xatolarning kamayishi va infratuzilmani modernizatsiya qilish orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga erishiladi. Bu yangilik nafaqat tibbiy xizmatlarning samaradorligini oshirish, balki jamiyatning umumiy iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligiga ham salmoqli hissa qo‘shib, tibbiy resurslardan oqilona foydalanish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish imkonini berdi
ikkinchi ilmiy yangilik Reabilitatsiya markazlarida davolash samaradorligi klinik holatni baholash shkalasidan foydalangan holda ilk bor tahlil qilinib, o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida bemorlarning 84,6 % da holat yaxshilanishi, 10 % da sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmaganligi va 5 % da esa holatning og‘irlashmaganligi qayd etilib, bemorlar holatidagi o‘zgarishlar dinamikasi haqidagi ma’lumotlar tizimlashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bu tahlil reabilitatsiya jarayonining samaradorligini baholashda yangi ilmiy yondashuvlarni joriy etish imkonini berdi. Holatlarning dinamikasi haqidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish orqali reabilitatsiya jarayonidagi muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz omillarni aniqlashga, davolash strategiyalarini takomillashtirishga hamda har bir bemor uchun individual yondashuv ishlab chiqishga asos bo‘ldi. Shu tariqa, ushbu tadqiqot tibbiyotda reabilitatsiya jarayonining samaradorligini baholashda zamonaviy ilmiy standartlar va amaliy metodlarni ishlab chiqish va joriy etish uchun muhim ilmiy asos vazifasini bajaradi. Ijtimoiy samaradorligi: reabilitatsiya jarayoni samaradorligining tizimli baholanishi orqali bemorlarning salomatligini tiklash jarayoni yanada samarali tashkil etildi. Tadqiqot natijalari bemorlarning 84,6% da holat yaxshilanganligini ko‘rsatgani ularning ijtimoiy faolligi oshishiga, mehnatga layoqatliligining tiklanishiga va hayot sifati yaxshilanishiga yordam berdi. Shuningdek, reabilitatsiya jarayonida klinik holatlarning dinamikasini tizimlashtirish orqali tibbiy xizmatlar sifatining oshishi, tashxis va davolash jarayonlarining samaradorligini ta’minlashga erishildi. Bu o‘z navbatida, oilalar uchun iqtisodiy va psixologik yukni kamaytirib, jamiyatda umumiy barqarorlik va fuqarolarning turmush sifati yaxshilanishiga olib keldi. Yangilikning yana bir ijtimoiy ahamiyati shundaki, reabilitatsiya jarayonining samaradorligiga asoslangan statistik ma’lumotlar va tavsiyalar orqali tibbiy xizmatning barcha qatlamlari uchun tengligini ta’minlash va aholining salomatligini yaxshilash uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalariga ko‘ra, bemorlarning 84,6% da holat yaxshilanishi mehnatga layoqatli shaxslarning tezroq ish faoliyatiga qaytishini ta’minladi, bu esa ishlab chiqarishda yo‘qotishlarni kamaytirdi va iqtisodiy faollikni oshirdi. Shuningdek, reabilitatsiya jarayonining yuqori samaradorligi nogironlik darajasining pasayishiga olib kelib, davlat byudjetiga tushadigan ijtimoiy ta’minot xarajatlarini qisqartirdi. Klinik holatlarning tizimli baholanishi orqali har bir bemorga individual yondashuv joriy etilgani diagnostika va davolash jarayonini tezlashtirdi, bu esa tibbiy xizmatlarga ketadigan umumiy xarajatlarni 15–20% ga qisqartirish imkonini berdi. Shuningdek, qayta diagnostikaga bo‘lgan ehtiyoj kamayishi tibbiy infratuzilmadan samarali foydalanishni ta’minladi. Natijada, ushbu ilmiy yangilik tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish orqali jamiyatning umumiy iqtisodiy barqarorligiga sezilarli hissa qo‘shdi.
uchinchi ilmiy yangilik: Reabilitatsiya jarayonlarining turli bosqichlarida tekshiruvlar o‘tkazishni o‘z ichiga olgan bosqichli diagnostika usuli birinchi marta taklif etilgan bo‘lib, o‘tkazilgan tadqiqotlar ushbu usulni qo‘llash orqali bemorlarning 92,1 % da reabilitatsiya jarayonining samaradorligi oshgani, 7% da klinik holat barqaror saqlangani va 1 % da esa qo‘shimcha choralariga ehtiyoj sezilgani qayd etilganligi sababli, bosqichli diagnostika usullari orqali davolash yondashuvlari o‘z vaqtida tuzatilib, reabilitatsiya jarayonlari yuqori darajada optimallashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu usul qo‘llanilganida bemorlarning 92,1% da reabilitatsiya jarayonining samaradorligi oshgani, 7% da klinik holat barqaror saqlangani va 1% da qo‘shimcha choralariga ehtiyoj sezilgani qayd etildi. Bu natijalar reabilitatsiya jarayonining turli bosqichlaridagi o‘zgarishlarni aniq baholash imkonini yaratdi hamda davolash strategiyalarini o‘z vaqtida tuzatishga zamin tayyorladi. Bosqichli diagnostika usuli reabilitatsiya jarayonining samaradorligini oshirish bilan birga, klinik tadqiqotlarni tizimlashtirishga, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni amaliyotga joriy etishga va tibbiy standartlarni takomillashtirishga yordam berdi. Shuningdek, ushbu usul klinik natijalarni yaxshilash orqali tibbiyot sohasidagi innovatsion echimlar uchun muhim ilmiy asos yaratdi. Ijtimoiy samaradorligi: turli bosqichlarida tekshiruvlarni o‘z ichiga olgan bosqichli diagnostika usulini joriy etish orqali bemorlarning sog‘ligini tiklash jarayonini samarali tashkil etish imkoni yaratildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bemorlarning 92,1% da reabilitatsiya jarayonining samaradorligi oshgani ularning ijtimoiy faolligini tiklash va mehnatga layoqatliligini qayta tiklashga yordam berdi. Ushbu usul klinik holatlar dinamikasini muntazam baholash orqali tibbiy xizmatning sifatini yaxshiladi, bu esa bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bunda individual yondashuvlar reabilitatsiya jarayonining tez va samarali amalga oshirilishini ta’minladi, shuningdek, davolashga bo‘lgan ishonchni mustahkamladi. Shuningdek, bosqichli diagnostika orqali tibbiy xatolarning kamayishi va to‘g‘ri davolash choralarining o‘z vaqtida qo‘llanilishi iqtisodiy va psixologik yukni engillashtirib, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamladi. Ushbu usul tibbiy xizmatlarga tenglikni ta’minlash va jamiyatning umumiy salomatligini yaxshilash uchun muhim ijtimoiy vositaga aylandi. Iqtisodiy samaradorligi: Ushbu ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundaki, reabilitatsiyaning turli bosqichlarida tekshiruvlar o‘tkazishni o‘z ichiga olgan bosqichli diagnostika usulini joriy etish orqali tibbiy resurslardan samarali foydalanish va xarajatlarni tejashga erishildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bemorlarning 92,1% da reabilitatsiya jarayoni samaradorligining oshishi, qo‘shimcha muolajalarga bo‘lgan ehtiyojning sezilarli darajada kamayishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu tibbiy xizmat ko‘rsatishdagi qo‘shimcha xarajatlarni 15–20% ga kamaytirish imkonini berdi. Shu bilan birga, diagnostika jarayonini turli bosqichlarda amalga oshirish orqali resurslardan oqilona foydalanish va qayta diagnostikaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga erishildi. Mehnatga layoqatli bemorlarning tezroq sog‘ayib ishga qaytishi ishlab chiqaruvchi kuchlarni saqlab qolish imkonini berib, umumiy iqtisodiy faollikni oshirdi. Shuningdek, nogironlik darajasining pasayishi ijtimoiy ta’minot xarajatlarini qisqartirish va davlat byudjeti yuklamasini engillashtirishga yordam berdi. Ushbu yondashuv tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish orqali xarajatlarni optimallashtirish, tibbiy infratuzilmadan samarali foydalanish va reabilitatsiya jarayonini iqtisodiy tejamkor qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Ma’lumotlarni saqlashni standartlashtirish va tashxis xulosalari sifatini oshirishni ta’minlovchi “ikkinchi fikr” funksiyasiga ega markazlashtirilgan elektron tizim ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi orqali tashxis xulosalarining aniqligi 25% ga, ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi 40% ga oshganligi va tashxis qo‘yishda yuzaga kelgan xatolar 15% ga kamaygani isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu tizimni joriy etish tashxis xulosalarining aniqligini 25% ga oshirdi, ma’lumotlarni qayta ishlash tezligini 40% ga ko‘paytirdi va tashxis qo‘yishda yuzaga keladigan xatolarni 15% ga kamaytirdi. Bu natijalar diagnostika jarayonidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri tizimlashtirish va ishlov berish orqali tibbiy xulosalarning ishonchliligini oshirishga yordam berdi. Tizim tibbiy ma’lumotlarning uzluksiz saqlanishi va tahlil qilinishida standartlashtirilgan yondashuvni joriy etib, diagnostika jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirishga zamin yaratdi. Shuningdek, “ikkinchi fikr” funksiyasi orqali mutaxassislar tashxis qo‘yish jarayonida qo‘shimcha ilmiy yordam olish imkoniga ega bo‘lib, tibbiy qarorlarning to‘g‘riligini ta’minladi. Ushbu ilmiy yangilik tibbiy diagnostika jarayonining samaradorligini oshirish, xato tashxislarni kamaytirish va tibbiy xizmat sifatini yuksaltirish uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy samaradorligi: ma’lumotlarni saqlashni standartlashtirish va tashxis xulosalari sifatini oshirishni ta’minlovchi “ikkinchi fikr” funksiyasiga ega markazlashtirilgan elektron tizimni joriy etish orqali tibbiy xizmatlarning sifati va ishonchliligi sezilarli darajada yaxshilandi. Tashxis qo‘yish jarayonida aniqlikning 25% ga oshishi va xatolarning 15% ga kamayishi bemorlarga qo‘yiladigan tashxisning ishonchliligini ta’minladi, bu esa ularning davolanish jarayonini tezlashtirib, sog‘lom hayotga qaytish imkonini yaratdi. Shu bilan birga, ma’lumotlarni qayta ishlash tezligining 40% ga oshishi bemorlar navbatini qisqartirish va tibbiy xizmat tezkorlik bilan ta’minlanishi imkonini yaratdi. Ushbu tizim oila a’zolarining bemorlarga nisbatan yuzaga keladigan iqtisodiy va emotsional yuklamasini kamaytirib, jamiyatda ijtimoiy barqarorlik va ishonch muhitini yaratdi. “Ikkinchi fikr” funksiyasi orqali tibbiy xulosalarning sifati yaxshilandi, bu esa oilaviy qaramlikni kamaytirish va bemorlarning mustaqil hayotga qaytishini qo‘llab-quvvatladi. Iqtisodiy samaradorligi: ma’lumotlarni saqlashni standartlashtirish va tashxis xulosalari sifatini oshirishga qaratilgan “ikkinchi fikr” funksiyasiga ega markazlashtirilgan elektron tizimni joriy etish orqali tibbiy xizmatlar xarajatlari optimallashtirildi va resurslardan samarali foydalanish ta’minlandi. Tashxis xulosalarining aniqligi 25% ga oshishi orqali noaniq tashxislar sababli yuzaga keladigan qayta davolanish xarajatlari kamaytirildi. Xatolarning 15% ga kamayishi diagnostika jarayonidagi keraksiz tekshiruvlar sonini qisqartirdi, bu esa tibbiy resurslarni tejashga yordam berdi. Shu bilan birga, ma’lumotlarni qayta ishlash tezligining 40% ga oshishi tashxis qo‘yish jarayonining tezroq amalga oshirilishiga va xizmat ko‘rsatish hajmini oshirishga imkon berdi. Tizim orqali tibbiy xatolarning kamayishi nogironlik holatlarini oldini olishga yordam berib, ijtimoiy ta’minot xarajatlarini qisqartirdi va ishlab chiqarish jarayonidagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni kamaytirdi. Shuningdek, oila a’zolariga tushadigan iqtisodiy yukni engillashtirib, tibbiy xarajatlarning samarali taqsimlanishi ta’minlandi. Ushbu tizim tibbiy infratuzilmadan oqilona foydalanish, tibbiy xizmatlarning tezkor va aniq amalga oshirilishini ta’minlash va umumiy iqtisodiy barqarorlikka hissa qo‘shish imkonini yaratdi.
beshinchi ilmiy yangilik: Radiologiya va teletibbiyot texnologiyalarini o‘z ichiga olgan radiologiya xizmati shifokorlarini o‘qitish dasturi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi orqali, mutaxassislarning 87% zamonaviy diagnostika usullarini to‘liq o‘zlashtirgani, 10% da malaka darajasi yaxshilangani asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati radiologiya va teletibbiyot texnologiyalarini o‘z ichiga olgan reabilitologlarni o‘qitish dasturining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi tibbiy ta’lim sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishda muhim qadam bo‘ldi. Dastur mutaxassislarning 87% da zamonaviy diagnostika usullarini to‘liq o‘zlashtirishini ta’minlab, tibbiyot sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga yordam berdi. Shuningdek, 10% da malaka darajasining sezilarli yaxshilanishi va 3% da qo‘shimcha o‘quv choralariga ehtiyoj aniqlanishi orqali ta’lim jarayonining dinamikasini baholash imkoni yaratildi. Ushbu dastur diagnostikaning zamonaviy usullarini keng joriy qilish uchun ilmiy asos yaratdi hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga yordam berdi. Teletibbiyot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish orqali uzoq hududlardagi tibbiyot xodimlarining zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi ta’minlandi, bu esa sohaga innovatsiyalarni tatbiq qilish va tibbiy xizmatlarning umumiy samaradorligini oshirish imkonini berdi. Ijtimoiy samaradorligi: teletibbiyot texnologiyalarini o‘z ichiga olgan reabilitologlarni o‘qitish dasturi joriy etilishi orqali tibbiy xizmatlarning sifati va foydalanish imkoniyati sezilarli darajada yaxshilanadi. Mutaxassislarning 87% da zamonaviy diagnostika usullarini to‘liq o‘zlashtirishi, ularning tibbiy xizmat ko‘rsatishda yuqori samaradorlikka erishishini ta’minlab, bemorlarga tez va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini yaratdi. Bu, o‘z navbatida, bemorlarning sog‘ligini tiklash jarayonini tezlashtirib, ularning ijtimoiy va mehnatga layoqatliligini qayta tiklashga yordam berdi. Teletibbiyot texnologiyalarini jarayonga joriy etish orqali uzoq hududlarda yashovchi aholi uchun tibbiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini yaxshiladi. Bu aholi qatlamlari o‘rtasida tibbiy yordamga tenglikni ta’minlash va ijtimoiy adolatni mustahkamlashga hissa qo‘shdi. Malakali reabilitologlarning soni ortishi tibbiy xizmatlardan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini oshirib, jamiyatda sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamladi. Bu barcha aholi qatlamlari uchun sifatli tibbiy xizmatga erishishni ta’minlab, jamiyatda umumiy salomatlik darajasini yuksaltirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Reabilitologlarning malakasini oshirish orqali nogironlik darajasining kamayishi ta’minlandi, bu davlat byudjetiga tushadigan ijtimoiy ta’minot xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirdi. Shu bilan birga, bemorlarning tezroq mehnat faoliyatiga qaytishi iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlariga salmoqli hissa qo‘shdi. Ushbu dastur tibbiy xizmatlarning tezkorligi va aniqligini ta’minlab, tibbiyot infratuzilmasidan oqilona foydalanish va byudjet tejamkorligini ta’minlashga yordam berdi. Bu iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va tibbiy resurslardan samarali foydalanishda muhim qadam hisoblanadi.