Tufliev Azimjon Abdiraxim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz og‘riqlarini davolashga zamonaviy yondashuv», 14.00.21-Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3202.
Ilmiy rahbar: Narmaxmatov Bayramali Toshpulatovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Muxamadjon Ismailovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ksembaev Said Sal`menovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Volgograd davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Radiochastotali ablyasiya usulini asosiy komponent sifatida qo‘llash orqali yuzdagi og‘riqlarni davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik va funksional (elektroneyromiografiya, vizual-analog shkala, dopplerografiya) tadqiqot usullari natijalari bilan kompleks davolashda radiochastotali ablyasiyani qo‘llash uch shoxli nerv nevralgiyasida og‘riqni samarali bartaraf etish va og‘riq xurujlari chastotasini bir kecha-kunduzda 45,91±7,11 dan 2,32±0,70 gacha kamaytirishga imkon berishi isbotlangan;
o‘tkazilgan davolash natijalariga ko‘ra, pul`s to‘lqini tuzilishida statistik jihatdan sezilarli (r=0,003305) o‘zgarish aniqlangan: A turi 53,1 foizdan 33,7 foizgacha kamaygan, C turi esa 22,9 foizdan 44,6 foizgacha ko‘paygan. Bu esa ko‘p hollarda prozopalgiyalarni muvaffaqiyatli davolashda radiochastotali ablyasiya usulining samaradorligini isbotlagan;
dopplerografiya natijalariga ko‘ra, radiochastotali ablyasiyani o‘z ichiga olgan sxemani qo‘llash orqali davolashdan so‘ng, tomirlar qattiqligining o‘rtacha ko‘rsatkichi yaxshilanish tomonga o‘zgarib, 2,30±0,66% ni tashkil etganligi aniqlangan;
yuz sohasidagi og‘riqlarni davolash usullari qiyosiy baholanib, stomatologik kasalliklarga chalingan bemorlarda uch shoxli nerv nevralgiyasini davolashda prozopalgiyaga qarshi kurashish uchun asosiy tarkibiy qism sifatida radiochastotali ablyasiya usulini qo‘llash zarurligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuz og‘riqlari bilan og‘rigan bemorlarda tashxislash, davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya institutining 2024 yil 10 maydagi 04-z/66-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: uch shoxli nerv nevralgiyasida radiochastotali ablyasiyani o‘z ichiga olgan  kompleks terapiya og‘riq xurujlarining chastotasi qisqardi 45,91 ± 7,11dan 2,32 ± 0,70 gacha (farqlar r<0,001) ishonchlilik darajasi bilan samarali bartaraf etishga imkon berishi klinik (pal`patsiya, instrumental tekshiruv, anamnez ma’lumotlari) va funksional tadqiqot usullari (elektroneyromiografiya, vizual-analogli shkala, dopplerografiya) natijalariga asosan isbotlangan va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, 7-shahar klinik kasalxonasi 2024 yil 27 martdagi №69/AF-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar tez tibbiyo yordam klinik shifoxonasining 2024 yil 17 apreldagi №86/AF sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: an’anaviy davo usullari bilan qiyosiy solishtirilganda, radioto‘lqinli ablyasiyadan foydalanish bemor hayot sifati (jismoniy va psixologik) ko‘rsatkichlarini yaxshilash, og‘riq xurujlari rivojlanishini bloklash, og‘riq intensivligini sezilarli darajada kamaytirish (bemorlar qo‘shimcha analgetiklarga ehtiyoj sezmaydi) va ijtimoiy moslashish hamda kasalxonada yotoq rejimida emas, balki ambulator sharoitda davolanish imkonini beradi. Yuqorigilardan kelib chiqib, radioto‘lqinli ablyasiya yuz og‘riqlarini davolashda asosiy komponent sifatida bemorlarni kompleks davolashda foydalanish uchun tavsiya etilishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: an’anaviy davolash usuli uchun sarflanadigan xarajatlar, ushbu an’anaviy davolash usullariga xos bo‘lgan, nevralgiyaning residivlanishi ko‘rinishida yuzaga keluvchi asoratlarni davolashga sarflanadigan mablag‘ning to‘liq tan narxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Shuningdek, radioto‘lqinli ablyasiyani qo‘llash yuz og‘riqlarining davolanish muddatini o‘rtacha 2 haftaga qisqartiradi hamda kamida 2450000 so‘m tejalishiga olib keldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: radiochastotali ablyasiya usulini ko‘p hollarda davolangandan ikki oy o‘tgach, bemorlarning uchinchi guruhida, pul`s to‘lqinining tuzilishida statistik ahamiyatga ega (r=0,003305) o‘zgarish kuzatildi: A turining tarkibi 53,1% dan 33,7% gacha kamaydi,  S turining ishtiroki 22,9% dan 44,6% gacha oshdi, prozopalgiya bilan muvaffaqiyatli kurashishga imkon berishi davolash usullarining qiyosiy tahlili natijalariga asoslanib isbotlangan va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, 7-shahar klinik kasalxonasi 2024 yil 27 martdagi №69/AF-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar tez tibbiyo yordam klinik shifoxonasining 2024 yil 17 apreldagi №86/AF sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tatbiq natijasida davolanish muddati qisqardi, an’anaviy davolash usullariga xos bo‘lgan asoratlarni oldi olindi, qo‘shimcha davolash bilan bog‘liq bo‘lgan noqulayliklar bartaraf etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan usul bemorlarning davolash samarodorligini oshirib, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi. Iqtisodiy samarani hisoblashda, an’anaviy davolash usuli uchun sarflanadigan xarajatlar, ushbu an’anaviy davolash usullariga xos bo‘lgan, nevralgiyaning residivlanishi ko‘rinishida yuzaga keluvchi asoratlarni davolashga sarflanadigan mablag‘ning to‘liq tan narxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Shuningdek, radioto‘lqinli ablyasiyani qo‘llash yuz og‘riqlarining davolanish muddatini o‘rtacha 2 haftaga qisqartiradi hamda kamida 2450000 so‘m tejalishiga olib keldi.
uchinchi ilmiy yangilik: dopplerografiya natijalariga ko‘ra, radiochastotali ablyasiyani o‘z ichiga olgan sxemani qo‘llash orqali davolashdan so‘ng, tomirlar qattiqligining o‘rtacha ko‘rsatkichi yaxshilanish tomonga o‘zgarib, 2,30±0,66% ni tashkil etganligi aniqlangan va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, 7-shahar klinik kasalxonasi 2024 yil 27 martdagi №69/AF-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar tez tibbiyo yordam klinik shifoxonasining 2024 yil 17 apreldagi №86/AF sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan usul bemorlarning davolanish samaradorligini oshiradi, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorlik aniqlashda xar bir bemorning reabilitatsiya davrini qisqartirish, qo‘llanilayotgan davolash usulining tannarxi, sarflangan vaqt va bir qatnov uchun ketgan vaqtlarning o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Tavsiya etilgan davolash usulini qo‘llash davo samaradorligini 2-2,5 martagacha oshirish hamda kamida 2450000 so‘m tejashga imkon berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuz og‘riqlarida davolash usullarini qiyosiy baholash o‘tkazilgan va uch shoxli nerv nevralgiyasi terapiyasida prozopalgiyani davolash uchun asosiy komponent sifatida radiochastotali ablyasiya usulini qo‘llash zarurligi aniqlangan va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, 7-shahar klinik kasalxonasi 2024 yil 27 martdagi №69/AF-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar tez tibbiyo yordam klinik shifoxonasining 2024 yil 17 apreldagi №86/AF sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tatbiq natijasida davolanish muddati qisqardi, an’anaviy davolash usullariga xos bo‘lgan asoratlarni oldi olindi, qo‘shimcha davolash bilan bog‘liq bo‘lgan noqulayliklar bartaraf etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan usul bemorlarning davolash samarodorligini oshirib, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi. Iqtisodiy samarani hisoblashda, an’anaviy davolash usuli uchun sarflanadigan xarajatlar, ushbu an’anaviy davolash usullariga xos bo‘lgan, nevralgiyaning residivlanishi ko‘rinishida yuzaga keluvchi asoratlarni davolashga sarflanadigan mablag‘ning to‘liq tan narxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Shuningdek, radioto‘lqinli ablyasiyani qo‘llash yuz og‘riqlarining davolanish muddatini o‘rtacha 2 haftaga qisqartiradi hamda kamida 2450000 so‘m tejalishiga olib keldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish