Usmanova Moxira Kenjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiyma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida so‘z morfem tarkibining soddalashishi”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil123.
Ilmiy rahbar: Tojiev Yormat, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarova Guljahon Umurzoqovna, filologiya fanlari doktori; Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hozirgi o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan va tarixiy taraqqiyot davomida morfem strukturasida soddalashish sodir bo‘lgan so‘zlarning struktur murakkablashuvi sabablarini tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi o‘zbek tili lug‘at tarkibidagi fonetik strukturasi murakkablashgan, bir bo‘g‘inlilikdan ko‘p bo‘g‘inlilikka o‘zgargan, lekin morfem strukturasi soddalashishga uchragan (yaxlitlashgan, turli sabablarga ko‘ra asos bilan affiks singishib ketgan) so‘zlarning struktur-semantik, fonetik-derivatsion taraqqiyoti ochib berilgan;
bir bo‘g‘inli tub so‘zlar fonetik strukturasining tarixiy taraqqiyot jarayonida ko‘p bo‘g‘inli fonetik strukturalarga ega bo‘lish sabablari asoslangan;
yasovchi asos bilan yasovchi affikslar o‘rtasidagi singishishlar natijasida so‘z tarkibida sodir bo‘lgan morfonologik o‘zgarishlar aniqlanib, so‘z tarkibining soddalashishi dalillangan;
tub so‘zlarning tarixiy taraqqiyot natijasida ko‘p bo‘g‘inli fonetik strukturalarga ega bo‘lish darajasi aniqlangan va soddalashishda uni ta’minlovchi asosiy fonetik o‘zgarishlar asosiy omillar sifatida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tilimizdagi so‘zlarning morfem strukturasidagi soddalashishni ochib berish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ayrim soddalashishga uchragan bir bo‘g‘inli va qisman ikki bo‘g‘inli birliklarning aksariyati qadimgi turkiy tilda mavjud bo‘lgan o‘zak morfemaning semantik jihatdan ma’no ko‘chishi, siljishi, ma’noning kengayishi yoki torayishi singari o‘zgarishlar natijasida iste’moldan chiqishi, uqish mumkin bo‘lmay qolishi sababli tub so‘zga aylanganligi xususidagi xulosalaridan OT-F8-062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 6 sentyabrdagi 89-03-3146-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘plab lug‘aviy birliklarning izohlari mukammallashtirilgan;
hozirgi o‘zbek tili lug‘at tarkibidagi so‘zlar fonetik strukturasining murakkablashishiga oid xulosalardan OT-F8-02 raqamli“Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” mavzusidagi nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 6 senyabrdagi 89-03-3146-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar birlikning serqirralik mohiyatini yoritib beriishga xizmat qilgan;
tadqiqot natijalari asosida chop etilgan «O‘zbek tilidagi soddalashgan tub so‘zlar lug‘ati»da (ISBN:978-9943-5414-1-2) 1000 dan ortiq tub so‘zlar izohlangan. Ilmiy natijalar asosida lug‘aviy birliklarning ma’nolari boyigan, izohlarning mukammallashishiga xizmat qilgan.