Xamidov Xasan Abdumutalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issledovanie i razrabotka chastotno-territorial`nogo plana seti nazemnogo sifrovogo zvukovogo veshhaniya Respubliki Uzbekistan”, 05.04.02–“Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2024.1.PhD/T4349.
Ilmiy rahbar: Muhitdinov Muhsin Mo‘minovich, professor, t.f.d..
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Alimova Nodira Batirdjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Shaxobiddinov Alisher Shopatxiddinovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududini er usti raqamli radioeshittirish tarmog‘ini qamrab olish va radiochastota spektridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida DAB+ standartidagi chastota-hududiy rejalashtirish usulini takomillashtirish va algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir xil tarmoqning universal modeliga asoslangan chastota-hududiy rejalashtirish usuli joy relefi, signal tarqalish xususiyatlari va uzatgichlarning joylashuvini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
raqamli radioeshittirish uchun ajratilgan chastota resurslaridan foydalanish samaradorligini baholashga ilmiy asoslangan yondashuv mavjud chastota spektridan samarali foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan;
er usti raqamli radioeshittirish uzatgichining signalini ishonchli qabul qilish zonasini hisoblash algoritmi ishlab chiqildi. Ushbu algoritm O‘zbekiston Respublikasining relefi va iqlim sharoitlarini hisobga oladi.
mavjud analog televizion uzatish uskunalar parkini DAB+ standarti talablariga javob beradigan energetik va chastotali xususiyatlarga erishish uchun modernizatsiya qilishning samaradorligi eksperimental tarzda tasdiqlandi va hisob-kitoblar asosida isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan chastotali-hududiy rejalashtirish usuli va algoritmi asosida:
Raqamli radioeshittirish uchun chastotalarni taqsimlashni optimallashtirishga imkon beruvchi takomillashtirilgan chastotali-hududiy rejalashtirish usuli O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining idoraviy korxonalariga, xususan, “Elektromagnit moslik markazi” DUK (EMMM), “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK (RRTM)ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 16-noyabrdagi 30-4-8/8045-sonli ma’lumotnomasi). Natijada radiochastota spektridan foydalanish samaradorligini oshirish va qamrov sifatini yaxshilash imkoniyati paydo bo‘lgan.
raqamli radioeshittirish uchun ajratilgan chastota resurslaridan foydalanish samaradorligini baholashga ilmiy asoslangan va ishlab chiqilgan yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining idoraviy korxonalariga, xususan, EMMM DUKga DAB+ standartidagi raqamli radioeshittirishni tashkil etish jarayonlariga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 16-noyabrdagi 30-4-8/8045-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chastota spektridan maksimal darajada samarali foydalanish, infratuzilma xarajatlarini kamaytirish va mavjud radiodasturlar sonini ko‘paytirish imkoniyati yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining relefi va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda er usti raqamli radioeshittirish uzatgichining signalini ishonchli qabul qilish zonasini hisoblash algoritmi va dasturi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining idoraviy korxonalariga, xususan, EMMM DUK, “RRTM” DUKga raqamli er usti radioeshittirish tarmog‘ini loyihalash jarayonlariga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 16-noyabrdagi 30-4-8/8045-sonli ma’lumotnomasi). Natijada raqamli ovozli uzatgichning signalini ishonchli qabul qilish zonasini aniqroq aniqlash imkoniyati yaratilgan.
Eksperimental tarzda tasdiqlangan va hisob-kitoblar asosida isbotlangan analog televizion uzatish uskunalar parkini modernizatsiya qilish samaradorligi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining idoraviy korxonalariga, xususan, RRT DUKga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 16-noyabrdagi 30-4-8/8045-sonli ma’lumotnomasi). Natijada DAB+ standarti talablariga javob beradigan energetik va chastotali xususiyatlarga erishish imkoniyati paydo bo‘lgan.