Botirov Jaxongir Akramjon o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning yosh, o‘rta yosh, geront va supergeront populyasiyasida xolesistitning epidemiologiyasi, kechishi va profilaktika xususiyatlari», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot, 14.00.27 - Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Tib943.
Ilmiy maslahatchilar: Mamasoliev Nematjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Madazimov Madamin Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/04.03.2022.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Abduqaxxor Voxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Musashayxov Xusanboy Tadjibaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirsaydullaev Mirmaxmud Mirshoxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston turli hududlarining yosh, o‘rta yosh, geront va supergeront populyasiyasida xolesistitning epidemiologik, klinik va profilaktik xususiyatlarini tadqiq qilish orqali kasallikning milliy-hududiy, prediktiv-profilaktik tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor geront – supergeront, yosh va o‘rta yoshli aholida xolesistitning zamonaviy jihatlari hamda mohiyatini kompleks baholash imkoniyatini beruvchi epidemiologik monitoring tizimi ishlab chiqilgan;
ilk bor O‘zbekiston hududlari sharoitida yosh, o‘rta yosh, geront va supergeront populyasiyasida xolesistitning epidemiologik tavsiflari va hududiy xos xususiyatlariga komorbidlikning ta’siri aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston hududlarida keng qamrovli va hajmli epidemiologik tadqiqotga geront – supergeront aholi populyasiyasi jalb qilinib, xolesistitning asoratlangan va asoratlanmagan turlarini hisobga olgan holda ijtimoiy, etnik, milliy, gender va jug‘rofiy xos jihatlari aniqlangan;
O‘zbekistonning turli hududiy sharoitlarida yashovchi geront – supergeront aholi populyasiyasida xolesistitning modifisirlanmaydigan va modifisirlanuvchi xatar omillarining tarqalish xususiyatlari aniqlangan;
xolesistitning kelib chiqishi, kechishi va asoratlanishiga yetakchi hissa qo‘shuvchi xatar omillariga asoslangan holda geront – supergeront yoshdagi aholi populyasiyasi uchun xolesistitning O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan prediktiv algoritmi va dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston turli hududlarining yosh, o‘rta yosh, geront va supergeront populyasiyasida xolesistitning epidemiologik, klinik va profilaktik xususiyatlarini tadqiq qilish orqali kasallikning milliy-hududiy, prediktiv-profilaktik tamoyillarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor geront – supergeront, yosh va o‘rta yoshli aholida xolesistitning zamonaviy jihatlari hamda mohiyatini kompleks baholash imkoniyatini beruvchi epidemiologik monitoring tizimi yaratilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 iyunda 6i-46/i-son bilan tasdiqlangan “O‘zbekistonning yosh va o‘rta yosh populyasiyasida xolesistit epidemiologiyasi, kechishi va profilaktika xususiyatlari” va “O‘zbekistonning geront va supergeront populyasiyasida xolesistit epidemiologiyasi, kechishi va profilaktika xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 2 iyuldagi 26-sonli, Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 15 iyuldagi 70 A/F-sonli, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 17 iyuldagi 118 I/CH- sonli, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 23 iyuldagi 49-sonli va Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 30 iyuldagi 72-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/37-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: Epidemiologik monitoringni amalga oshirish davomida olingan tekshiruv natijalari va salomatlikni baholash ma’lumotlari bo‘yicha o‘tkaziladigan profilaktika tadbirlari tekshirilgan geront va supergeront aholi umrlari davomiyligini yanada oshiradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Yosh, o‘rta yosh va geront supergeront aholini asoratlangan xolesistit bilan shifoxonaga (shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limlariga) tushishi keskin kamayishi hisobiga o‘rtacha bir bemorga shifoxonada byudjet mablag‘idan ketadigan sarf-harajat 390000 so‘mdan 1 mln 100 ming so‘mgacha davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: shifoxonaga (shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limlariga) murojaatlar kamayishi hisobiga O‘zbekiston miqyosida 801 mln 9400 so‘m miqdorda davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekiston hududlari sharoitida yosh, o‘rta yosh, geront va supergeront populyasiyasida xolesistitning epidemiologik tavsiflari va hududiy xos xususiyatlariga komorbidlikning ta’siri aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 iyunda 6i-46/i-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan “O‘zbekistonning yosh va o‘rta yosh populyasiyasida xolesistit epidemiologiyasi, kechishi va profilaktika xususiyatlari” va “O‘zbekistonning geront va supergeront populyasiyasida xolesistit epidemiologiyasi, kechishi va profilaktika xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 2 iyuldagi 26-sonli, Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 15 iyuldagi 70 A/F-sonli, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 17 iyuldagi 118 I/CH- son, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 23 iyuldagi 49-sonli va Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 30 iyuldagi 72-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/37-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: yosh, o‘rta yosh va geront- supergeront aholida xolesistitga xos xatar omillarining ajratilishi va unga qarshi individual profilaktikani amalga oshirish mavjud dispanserizatsiya hamda davolash dasturlarining samaradorligini 80-90% gacha oshiradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Yosh, o‘rta yosh va geront supergeront aholini asoratlangan xolesistit bilan shifoxonaga (shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limlariga) tushishi keskin kamayishi xisobiga o‘rtacha bir bemorga shifoxonada byudjet mablag‘idan ketadigan sarf-harajat 390000 so‘mdan 1 mln 100 ming so‘mgacha davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: shifoxonaga (shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limlariga) murojaatlar kamayishi xisobiga O‘zbekiston miqyosida 801 mln 9400 so‘m miqdorda davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekiston hududlarida keng qamrovli va hajmli epidemiologik tadqiqotga geront – supergeront aholi populyasiyasi jalb qilinib, xolesistitning asoratlangan va asoratlanmagan turlarini hisobga olgan holda ijtimoiy, etnik, milliy, gender va jug‘rofiy xos jihatlari aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 iyunda 6i-46/i-son bilan tasdiqlangan “O‘zbekistonning yosh va o‘rta yosh populyasiyasida xolesistit epidemiologiyasi, kechishi va profilaktika xususiyatlari” va “O‘zbekistonning geront va supergeront populyasiyasida xolesistit epidemiologiyasi, kechishi va profilaktika xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 2 iyuldagi 26-sonli, Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 15 iyuldagi 70 A/F-sonli, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 17 iyuldagi 118 I/CH- son, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 23 iyuldagi 49-sonli va Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 30 iyuldagi 72-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/37-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: dori-darmonlar xavfi va polipragmaziyani xolesistit bilan barcha aholi guruhlarida, ayniqsa geront-supergeront aholida kamaytiradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Yosh, o‘rta yosh va geront supergeront aholini asoratlangan xolesistit bilan shifoxonaga (shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limlariga) tushishi keskin kamayishi hisobiga o‘rtacha bir bemorga shifoxonada byudjet mablag‘idan ketadigan sarf-harajat 390000 so‘mdan 1 mln 100 ming so‘mgacha davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: shifoxonaga (shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limlariga) murojaatlar kamayishi hisobiga O‘zbekiston miqyosida 801 mln 9400 so‘m miqdorda davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: O‘zbekistonning turli hududiy sharoitlarida yashovchi geront – supergeront aholi populyasiyasida xolesistitning modifisirlanmaydigan va modifisirlanuvchi xatar omillarining tarqalish xususiyatlari aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 iyunda 6i-46/i-son bilan tasdiqlangan “O‘zbekistonning yosh va o‘rta yosh populyasiyasida xolesistit epidemiologiyasi, kechishi va profilaktika xususiyatlari” va “O‘zbekistonning geront va supergeront populyasiyasida xolesistit epidemiologiyasi, kechishi va profilaktika xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 2 iyuldagi 26-sonli, Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 15 iyuldagi 70 A/F-sonli, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 17 iyuldagi 118 I/CH- sonli, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 23 iyuldagi 49-sonli va Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 30 iyuldagi 72-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/37-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: komorbid fon tufayli xolesistitning xavfli ekstraabdominal asoratlari kelib chiqish xavfi 80-82%gacha kamayadi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Yosh, o‘rta yosh va geront supergeront aholini asoratlangan xolesistit bilan shifoxonaga (shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limlariga) tushishi keskin kamayishi hisobiga o‘rtacha bir bemorga shifoxonada byudjet mablag‘idan ketadigan sarf-harajat 390000 so‘mdan 1 mln 100 ming so‘mgacha davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: shifoxonaga (shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limlariga) murojaatlar kamayishi xisobiga O‘zbekiston miqyosida 801 mln 9400 so‘m miqdorda davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
beshinchi ilmiy yangilik: xolesistitning kelib chiqishi, kechishi va asoratlanishiga yetakchi hissa qo‘shuvchi xatar omillariga asoslangan holda geront – supergeront yoshdagi aholi populyasiyasi uchun xolesistitning O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan prediktiv algoritmi va dasturi ishlab chiqilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 iyunda 6i-46/i-son bilan tasdiqlangan “O‘zbekistonning yosh va o‘rta yosh populyasiyasida xolesistit epidemiologiyasi, kechishi va profilaktika xususiyatlari” va “O‘zbekistonning geront va supergeront populyasiyasida xolesistit epidemiologiyasi, kechishi va profilaktika xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 2 iyuldagi 26-sonli, Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 15 iyuldagi 70 A/F-sonli, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 17 iyuldagi 118 I/CH- sonli, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 23 iyuldagi 49-sonli va Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 30 iyuldagi 72-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/37-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: geront aholida xolesistit muammolarini davolash 1 – son ishtirokchisi bo‘lib xirurg emas, prediktiv- preventiv – profilaktik tibbiyot bo‘yicha mutaxassis – shifokor bo‘lib qolish imkoniyati tug‘diriladi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Yosh, o‘rta yosh va geront supergeront aholini asoratlangan xolesistit bilan shifoxonaga (shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limlariga) tushishi keskin kamayishi xisobiga o‘rtacha bir bemorga shifoxonada byudjet mablag‘idan ketadigan sarf-harajat 390000 so‘mdan 1 mln 100 ming so‘mgacha davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: shifoxonaga (shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limlariga) murojaatlar kamayishi hisobiga O‘zbekiston miqyosida 801 mln 9400 so‘m miqdorda davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.