Xujanov Zafar Bektimirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): «O‘zbekistonda ehtiyojmand aholini kambag‘allikdan chiqarish omillari» 22.00.02 ‒ Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/S107.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umarov Absalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: sotsiologiya fanlari doktori (DSc) Seitov Azamat Pulatovich sotsiologiya fanlari doktori, professor, Yunusov Alisher Bobomuradovich sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ehtiyojmand aholining kambag‘allikka tushib qolishiga sabab bo‘luvchi omillarni tizimli tadqiq etish orqali ularni mazkur holatdan chiqarish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aholining ijtimoiy omillarini faollashtirish (faol shaxslar, tadbirkorlar, yoshlar yetakchilariga bog‘lash, reintegratsiyalash, institutlashtirish va inklyuziv jarayonga integratsiyalash) negizida kambag‘allikdan chiqarishning sotsiomadaniy va stratifikatsion muxitning o‘rni ochib berilgan;
ijtimoiy yordamni subsidiar tizimdan insonni maqsadli va manzilli rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy ko‘maklashishning vaucher (faqat zaruriy buyum va vositalarni sotib olish mumkin bo‘lgan) tizimini mahallalalarda joriy etish samarasi sotsiologik  asoslantirilgan;
xotin-qizlar va yoshlarni monomarkaz va kasb-hunar maktablarida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida mehnat bozori talabiga javob beradigan kasblarga o‘qitish turlarini ko‘paytirish, o‘quv dasturlarini zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha  ijtimoiy loyihalar asosida “o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlash” orqali doimiy daromadga ega bo‘lish samarasi asoslantirilgan;
inson kapitali past, imkoniyatlari cheklangan aholi qatlamlari orasida kambag‘allik darajasining yuqori bo‘lishi nazariy va empirik asoslangan hamda bunday holat izolyasiya, marginallashuv va ijtimoiy chetlanish kabi xavflarning shakllanishiga sabab bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda ehtiyojmand aholini kambag‘allikdan chiqarish muammosini o‘rganish asosida:
aholining ijtimoiy omillarini faollashtirish (faol shaxslar, tadbirkorlar, yoshlar yetakchilariga bog‘lash, reintegratsiyalash, institutlashtirish va inklyuziv jarayonga integratsiyalash) negizida kambag‘allikdan chiqarishning sotsiomadaniy va stratifikatsion muxitning o‘rni ochib berilgan taklifi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agenligi amaliyotida foydalanish uchun qabul qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 29 avgustdagi №01/00-03/26-8059-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agenligining 2024-yil 10-sentabrdagi 2-13-21-4710-sonli ma’lumotnomasi ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy muhtoj aholi qatlamlarini inklyuziv jarayonga integratsiyalash hamda insonlarni intellektual jihatdan takomillashtirishga ko‘maklashib xududlarda kambag‘allik darajasini qisqartirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy yordamni subsidiar tizimdan insonni maqsadli va manzilli rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy ko‘maklashishning vaucher (faqat zaruriy buyum va vositalarni sotib olish mumkin bo‘lgan) tizimini mahallalalarda joriy etish samarasi sotsiologik  asoslantirilganiga doir xulosalari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining barcha boshqarmalari amaliyotida foydalanishga qabul qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 29 avgustdagi №01/00-03/26-8059-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agenligining 2024-yil 10-sentabrdagi 2-13-21-4710-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, insonlar o‘z ustida ishlashi va mustaqil bo‘lishini rag‘batlantirib qaramlik, yolqovlik va boqimandalik kabi illatlarni kamaytirishga yordam berdi. Shuningdek, davlatning ijtimoiy yukini kamaytirib, ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
xotin-qizlar va yoshlarni monomarkaz va kasb-hunar maktablarida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida mehnat bozori talabiga javob beradigan kasblarga o‘qitish turlarini ko‘paytirish, o‘quv dasturlarini zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha  ijtimoiy loyihalar asosida “o‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlash” orqali doimiy daromadga ega bo‘lish samarasi asoslantirilganligiga oid taklifdan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan 2023 yilda “Zamonaviy O‘zbekistonda xotin-qizlarning roli to‘g‘risida fuqarolarning fikri” mavzularida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovda ilk bor eksperimental tarzda foydalandi (Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2024 yil 30 avgustdagi 01-16/206-son ma’lumotnomasi). Natijada, xotin-qizlarni bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikdan chiqarish vositalarini sotsiologik baholashga imkon berdi. Shuningdek, mazkur taklif Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining faoliyatida foydalanish uchun qabul qilindi;
inson kapitali past, imkoniyatlari cheklangan aholi qatlamlari orasida kambag‘allik darajasining yuqori bo‘lishi nazariy va empirik asoslangan hamda bunday holat izolyasiya, marginallashuv va ijtimoiy chetlanish kabi xavflarning shakllanishiga sabab bo‘lishi dalillangan taklifi vazirlikning markaziy apparati hamda xududlarda boshqaruv amaliyotida va vazirlikning 2023-yil 22 sentabrda 170-sonli buyrug‘i tayyorlash foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 29 avgustdagi №01/00-03/26-8059-sonli ma’lumotnomasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agenligining 2024-yil 10-sentabrdagi 2-13-21-4710-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muxtoj aholida izolyasiya, marginallashuv va ijtimoiy chetlanish kabi xavflarning shakllanishini oldini olish hamda kambag‘allikni qisqartirishda yordamlashdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish