Xudaybergenova Zuxra Orazbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «“Oq” va “qora” leksemalari konseptuallashuvi va matnda faollashuvining pragma-diskursiv xususiyatlari (ingliz va qoraqalpoq tillari materialida)», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4493.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti RhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Yusupova Biybisanem Turdıbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzah davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillarida oq va qora rang birliklarining semantik maydonini tavsiflash va ularning badiiy matnda voqelanishining pragma-diskursiv xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va qoraqalpoq tillarida “white, black” va “aq, qara” sifatlarining semantik maydoniga tegishli ma’nolar leksik (lug‘aviy, so‘z birikmalarida, frazeologizmlarda), semantik (kontekstda), funksional (gap va turli kategoriyaga tegishli birliklar), tipologik  asosga egaligi dalillangan;
har ikkala tildagi “white, black” va “aq, qara” mazmuniy maydoni munosabatlarini ifodalovchi birliklar tizimida tayanch (ot), markaz (sifat) va sarhad (fe’l) kategoriyalar mavjudligi aniqlanib, ular turli kontekst doirasida konseptual metaforik tuzilmalar hosil qilishi isbotlangan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida “white, black” va “aq, qara” leksemalarida semantik maydonining faollashuvi ma’no ko‘chishi, turli grammatik kategoriyalarda qo‘llanish imkoniyatlari asoslangan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida “white, black” va “aq, qara” semantik kategoriyasining konseptual va lingvomadaniy xususiyatini aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Oq” va “qora” leksemalarining konseptuallashuvi va matnda faollashuvining pragma-diskursiv xususiyatlari boʼyicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
ingliz va qoraqalpoq tillarida “white, black” va “aq, qara” sifatlarining semantik maydoniga tegishli ma’nolar leksik (lug‘aviy, so‘z birikmalarida, frazeologizmlarda), semantik (kontekstda), funksional (gap va turli kategoriyaga tegishli birliklar), tipologik  asosga egaligiga oid tahlilidan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024 yil 24 oktyabrdagi 03/3341-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy tuzilmalarning funksional tasnifi mezonlari ta’lim tizimi jarayonlariga singdirilgan;
qoraqalpoq tilida “aq, qara” mazmuniy maydoni munosabatlarini ifodalovchi birliklar tizimida tayanch (ot), markaz (sifat) va sarhad (fe’l) kategoriyalar mavjudligi aniqlashda, va ular turli kontekst doirasida konseptual metaforik tuzilmalar hosil qilishi borasidagi tahlilidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan “PZ-20170930309 Qoraqalpoq folklori tilining adabiy til rivojiga ta’siri masalasi” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Qoraqalpoq davlat universitetining 2024 yil 23 noyabrdagi 01-21-02/2637-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq tilidagi “aq, qara” mazmuniy maydoni maqomi va lingvokognitiv mohiyati folklor matnida aks topishi darajani aniqlashga erishilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida “white, black” va “aq, qara” leksemalarida semantik maydonining faollashuvi ma’no ko‘chishi, turli grammatik kategoriyalarda qo‘llanishiga oid natijalardan “Qoraqalpog‘ston” telekanalining qoraqalpoq tilida olib borilgan “Til baylıǵı – el baylıǵı” dasturida va radiokanalining “Tilge itibar – elge itibar” eshittirishining ssenariylarini tayorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2024 yil 18 oktyabrdagi 05-22/461-son ma’lumotnomasi). Natijada, olib borilgan eshittirishlar mazmunan boyigan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida “white, black” va “aq, qara” semantik kategoriyasining konseptual va lingvomadaniy xususiyati aniqlashdagi xulosalardan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023 yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasvirini monografik aspektda tahlil qilish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishida foydalanildi (Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024 yil 24 oktyabrdagi 497/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq tilidagi “aq” va “qara” leksemalarining konseptual va lingvomadaniy xususiyatlari folklor matnida aks topishi darajani aniqlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish