Alimova Laziza Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Izmenenie roli i mesta jenshhin v yujno-koreyskom obshhestve vo vtoroy polovine XX- v nachale XXI veka”, 07.00.03 – Jaxon tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2020.2.PhD/Tar.717.
Ilmiy rahbar: Karimova Natalya Ermanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03 Rasmiy opponentlar:Kobzeva Olga Petrovna, tarix fanlari doktori, professor.
Ubaydullaeva Saodat Fatxullaevna, siyosiy fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlarida Janubiy Koreya jamiyatidagi ayollar o‘rni va rolining transformatsiya jarayonlarini kompleks ravishda o‘chib berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX asrning ikkinchi yarmida Koreya Respublikasida demokratlashuv jarayonlari boshlanishi va dastlabki ayollar jamoat tashkilotlarining paydo bo‘lishiga qaramay, institusional islohotlar, ayollar haqiqiy hayotda duch keladigan muammolarni hal eta olmaganligi va Koreyada ayollar ta’limining boshlang‘ich ildizlari koreys jamiyatining tarixiy rivojlanishi bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari asoslab berilgan;
Sanoatlashtirish davrida Janubiy Koreyada ko‘p sonli kam maoshli va malakasiz ayollarning samarali safarbar etilishi qayta ishlash sanoatining ayrim tarmoqlarining jadal rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, ularning “Yangi qishloq harakati” (Saemaul Undong)da ishtiroki shaharlik va qishloq hududlari o‘rtasidagi rivojlanish tafovutlarini qisqartirishga ko‘maklashishi isbotlangan;.
Oilaviy siyosat sohasidagi o‘zgarishlar Janubiy Koreya davlatining anʼanaviy rivojlanish tendensiyalariga jiddiy chaqiriq bo‘ldi. Ayniqsa, Kim De Jung hukmronligi davrida Janubiy Koreyaning siyosiy partiyalari oilaviy siyosatni isloh qilishda asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylanganligi dalilandi;
Zamonaviy Koreya jamiyatida an’anaviy gender tafovutiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar aniqlandi va ayollarning mamlakat siyosiy hayotidagi ishtirokini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, an’anaviy gender bo‘linishining zamonaviy Janubiy koreyalik ayollarning mansab istiqbollariga ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Koreya Respublikasining oilaviy siyosat sohasidagi ijtimoiy masalalarni hal etish hamda gender tengligi muammolarini amalga oshirish va ularning istiqbollari bo‘yicha milliy siyosatini rivojlantirishga oid dissertatsiyaning ilmiy yangiligi va xulosalari 2024-yil 15-fevral O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Yangi O‘zbekistonda ayollarning ilm-fanga qo‘shgan hissasi, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlashdagi roli” Respublika forumi doirasida qo‘llanilgan (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasining 2024-yil 5-noyabrdagi №14-07-1691-sonli ma’lumotnomasi).Natijada, dissertatsiya ishida Janubiy Koreya hukumatining jamiyatda ayollarning rolini oshirish va ularning davlat qurilishidagi ishtirokini faollashtirish borasidagi sa’y-harakatlari bo‘yicha keltirilgan ma’lumotlar o‘tkazilgan tadbirlarning mazmunini boyitishda muhim hissa qo‘shdi.
Dissertatsiyaning Janubiy Koreyada ayollarning sanoatlashtirish jarayoniga qo‘shgan hissasi, qayta ishlash sanoatining ayrim tarmoqlarining jadal rivojlanishiga sabab bo‘lishi hamda ularning “Yangi qishloq harakati” (Saemaul Undong)da ishtiroki orqali shaharlik va qishloq hududlari rivojlanishi o‘rtasidagi tafovutlarni qisqartirishga qo‘shgan hissasi haqidagi ilmiy yangilik va asoslangan ma’lumotlarga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan O’zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasinning “O’zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko’rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan. (O’zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasinning “O’zbekiston tarixi” telekanali tomonidan berilgan 2024-yil 11-noyabrdagi № 01-44-400-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, teleko‘rsatuv tomoshabinlari XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida Janubiy Koreya jamiyatida ayollarning o‘rni va rolidagi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar va ularning mamlakat davlat qurilishidagi ishtirokini kuchaytirish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan dissertatsiya ishida keltirilgan ma’lumotlar amalga oshirilgan tadbirlar mazmuniga salmoqli hissa qo‘shgan .
Gender tengligini ta’minlash masalalari zamonaviy bosqichda tobora dolzarblashib borayotgan bir vaqtda, O‘zbekiston Respublikasi hukumati ham ayollar uchun barqaror rivojlanish va teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda.Ilmiy-nazariy xulosalar, dissertatsiyada keltirilgan, Koreya jamiyatining tarixiy rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ayollar ta’limining xususiyatlari, anʼanaviy gender tafovutining saqlanib qolishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar va ayollarning mamlakat siyosiy hayotida ishtirokini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 40-IB raqamli qaror bilan tasdiqlangan “Sharq davlatlarida gender munosabatlari “(Sharqning 100 ta eng mashhur ayoli)” nomli loyihada qo‘llanildi (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2024-yil 22-noyabrdagi № 01-04-01/2619-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertant tomonidan to‘plangan ma’lumotlar, ayniqsa, janubiy koreyalik ayollarning davlat organlarida, xususan rahbarlik lavozimlarida ishtirokini o‘rganish, “Sharq davlatlarida gender munosabatlari (Sharqning 100 ta eng mashhur ayoli)” loyihasining ishlanmasini sezilarli darajada boyitdi.