Gazieva Fotima Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxs reabilitatsiyasining klinik-psixologik xususiyatlari (addiktiv xulqlilar misolida)», 19.00.04–Tibbiyot psixologiyasi va maxsus psixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Psi5.
Ilmiy rahbar: Qodirov Botir Raxmankulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, 27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Shigakova Faniya Anvarovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: addiktiv xulqli shaxslar reabilitatsiyasining klinik-psixologik xususiyatlarini aniqlash orqali psixodiagnostika, psixokorreksiya va psixoterapiya tadbirlari samaradorligini oshirish hamda metodik jihatdan takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
psixoaktiv moddalarga moyil bemorlar reabilitatsiyasi va korreksiyasida ularning mehnatga qaytishi samaradorligining diqqat konsentratsiyasi, barqarorligi va xotira mnemotexnikalari ta’minlanishi aniqlangan;
reabilitatsiyaning turli bosqichlarida narkologiya shifoxonasi bemorlarining o‘zgarishlar motivatsiyasi ular emotsional sohasining barqarorlashuvini, yolg‘izlik hissi va shaxslararo munosabat nizolarining pasayishini ta’minlovchi asosiy omil ekanligi asoslangan;
addiktiv xulqli bemorlar reabilitatsiyasida o‘zgarish motivatsiyasini mustahkamlovchi (reabilitatsiyaning boshida “internallik”, o‘rtasida “emotsional holat”, “o‘zini o‘zi baholash”, “hayotdan qoniqqanlik” hamda yakunida “salomatlik va muvafaqqiyatsizliklarga mas’ullik”, “natijalardan qoniqqanlik”, “nizolarga moyillik”, “o‘zining aqliy imkoniyatlarini yuqori baholash”) korrelyatlari aniqlangan;
psixoaktiv moddalarga moyil bemorlarning samarali reabilitatsiyasi, ularning shaxsidagi o‘zgarishlar korreksiyasiga mo‘ljallangan “Protsessual-o‘zgaruvchanlik” psixoterapevtik dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shaxs reabilitatsiyasining klinik-psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
psixoaktiv moddalarga moyil bemorlar reabilitatsiyasi va korreksiyasida ularning mehnatga qaytish samaradorligining diqqat konsentratsiyasi, barqarorligi, kengligi, faolligi va xotira mnemotexnikalari ta’minlanishiga doir ilmiy yangilik Respublika narkologik markazi hamda Toshkent shahar narkologiya majburiy davolash shifoxonasida tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 22 maydagi 8n-3/146-son ma’lumotnomasi). Natijada bemorlarda diqqat va xotira korreksiyasi amalga oshirilgan va psixoaktiv moddalarga moyil bemorlarning mehnatga qaytish samaradorligi ta’minlangan;
reabilitatsiyaning turli bosqichlarida narkologiya shifoxonasi bemorlarining o‘zgarishlar motivatsiyasi ular emotsional sohasining barqarorlashuvini, yolg‘izlik hissi va shaxslararo munosabat nizolarini pasayishini ta’minlovchi asosiy omil ekanligiga doir ilmiy yangilik Respublika narkologik markazi hamda Toshkent shahar narkologiya majburiy davolash shifoxonasida tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 22 maydagi 8n-3/146-son ma’lumotnomasi). Natijada addiktiv xulqli bemorlarning emotsional stabilligi oshdi va bu reabilitatsiya samaradorligiga ijobiy ta’sir etgan;
addiktiv xulqli bemorlar reabilitatsiyasida o‘zgarish motivatsiyasini mustahkamlovchi (reabilitatsiyaning boshida “internallik”, o‘rtasida “emotsional holat”, “o‘zini o‘zi baholash”, “hayotdan qoniqqanlik” hamda yakunida “salomatlik va muvafaqqiyatsizliklarga mas’ullik”, “natijalardan qoniqqanlik”, “nizolarga moyillik”, “o‘zining aqliy imkoniyatlarini yuqori baholash”) korrelyatlari bilan bog‘liq ilmiy yangilik O‘zbekiston Milliy universitet, Toshkent davlat pedagogika universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyalarida o‘quv jarayonida tatbiq qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 fevraldagi 89-03-628-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar addiksiya, psixoaktiv moddalarga moyillik, reabilitatsiya muammosi, bosqichlari, dolzarbligi, tamoyillari; addiktiv xulqlilar psixodiagnostikasi, konsul`tatsiyasi, psixoterapevtik intervensiyalariga oid chuqur ma’lumotlar bilan ta’minlangan;
psixoaktiv moddalarga moyil bemorlar reabilitatsiyasini ta’minlash, ularning shaxsidagi o‘zgarishlarni korreksiyalashga mo‘ljallangan “Protsessual-o‘zgaruvchanlik” psixoterapevtik dasturi bilan bog‘liq ilmiy yangilik Respublika narkologik markazi hamda Toshkent shahar narkologiya majburiy davolash shifoxonasida tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 22 maydagi 8n-3-146-son ma’lumotnomasi). Natijada bemorlarda davolanish muddatini kamaytirish, og‘irlik darajasini engillashtirish, remissiya davrini uzaytirish, bemorlarni mehnatga qaytarish muddatlarini qisqartirishga xizmat qilgan.