Dedaxanova Muxayyo Mutallievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ixtisosligida “Neyrolingvisticheskiy analiz rechi uchashhixsya 12-15 let”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2798.
Ilmiy rahbar: Nabieva Dilora Abdulhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shoxista Muxammadjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Musaeva Elena Kazimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika insituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 12-15 yoshdagi nutq buzilishlari – disleksiya, alaliya, disgrafiya, dislaliya, taxilaliyaga uchragan o‘quvchilar nutqini neyrolingvistik tahlil qilish va ularni neyrolingvistik mashqlar yordamida tuzatish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
12-15 yoshli o‘quvchilarning dislaliya, alaliya, disgrafiya, dixlaliya, taxalaliya kabi nutq rivojlanishidagi buzilishlar bilan bog‘liq nutq xatolarining tipologiyasi ochib berilgan va nutqiy buzilishlarning etiologiyasi va simptomatikasi hisobga olgan holda aniqlangan;
12-15 yoshli nutq rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda nutq buzilishlarini korreksiya qilishda ularga xos bo‘lgan resepsiya va lingvistik axborotlar refleksiyasining o‘ziga xos xususiyatlari yosh va gender omillari shartlangan holda hisobga olish asosida dalillangan;
12-15 yoshli o‘quvchilarda dislaliya, alaliya, disgrafiya, disleksiya, tahalaliyalarni korreksiyalashning neyrolingvistik usul va mashqlari yosh xususiyatlarini inobatga olishda o‘quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik asoslari takomillashtirilgan;
ona tili (rus tili) ta’limida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv elementlari bilan nomutaxassislik maktablarida ta’lim olayotgan bolalarda nutq rivojlanishidagi buzilishlarni korreksiyalashga neyrolingvistik yondashuvni maqsadga muvofiq qo‘llash asoslari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 12-15 yoshdagi nutq buzilishlariga uchragan o‘quvchilar nutqini neyrolingvistik tahlil qilish va ularni neyrolingvistik mashqlar yordamida tuzatish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bo’yicha olingan natijalar asosida:
12-15 yoshli o‘quvchilarning dislaliya, alaliya, disgrafiya, dixlaliya, taxalaliya kabi nutq rivojlanishidagi buzilishlar bilan bog‘liq nutq xatolarining tipologiyasi ochib berilgan va nutqiy buzilishlarning etiologiyasi va simptomatikasi hisobga olgan holda aniqlangan o‘rinlardan O‘zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida amalga oshirilgan NoZ-2016- 0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tili va adabiyotini yangi alibo va imlo qoidalariga muvoiq rivojlantirish metodikasi” nomli loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024- yil 24-iyundagi 250-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning uslubiy bazasi nutq rivojlanishining eng keng tarqalgan buzilishlarini tizimli tavsiflash bilan boyitilgan;
ona tili (rus tili) ta’limida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv elementlari bilan nomutaxassislik maktablarida ta’lim olayotgan bolalarda nutq rivojlanishidagi buzilishlarni korreksiyalashga neyrolingvistik yondashuvni maqsadga muvofiq qo‘llash asoslari isbotlangan o‘rinlardan O‘zbekiston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialialida amalga oshirilgan Z-2016-0908165532-raqamlii «Ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» asosidagi «Qoraqalpoq tilining yangi alibosi va imlo qoidalariga muvoiqlashtirish» nomli fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 24-iyundagi 250-sonli ma’lumotnomasi). Natijada darslik mazmuni ona tilini o‘qitishga neyrolingvistik yondashuv asoslari haqidagi muhim nazariy ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan;
12-15 yoshli nutq rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda nutq buzilishlarini korreksiya qilishda ularga xos bo‘lgan resepsiya va lingvistik axborotlar refleksiyasining o‘ziga xos xususiyatlari yosh va gender omillari shartlangan holda hisobga olish asosida dalillangan xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan «Millat va ma’naviyat», «Ta’lim va taraqqiyot» va «Bolalar va biz» radio dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-oktyabrdagi O‘z/RV-23-44-son ma’lumotnomasi). Natijada, radioeshittirishlar mazmuni nutq rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda nutq buzilishlarini korreksiyalash muammosiga oid yangi qarashlar bilan boyitilgan;
12-15 yoshli o‘quvchilarda dislaliya, alaliya, disgrafiya, disleksiya, tahalaliyalarni korreksiyalashning neyrolingvistik usul va mashqlari yosh xususiyatlarini inobatga olishda o‘quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik asoslari takomillashtirilgan o‘rinlardan Respublika Ma’naviyat va ma’riat markazi huzuridagi Ijtimoiy fanlar instituti tomonidan 2023 yilga mo‘ljallangan tadbirlar dasturi asosidagi «Uzlyuksiz ma’naviyat va ma’rifat konsepsiyasi» mavzusidagi tadbirda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’riat markazi huzuridagi Ijtimoiy – ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 4-oktyabrdagi 390-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda zarur kasbiy kompetensiyalar shakllanishiga oid ta’limiy-tarbiyaviy konsepsiyalar takomillashtirilgan.