Karimov Islomjon Jumaboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Karam, loviya, mosh asosida yangi oziq-ovqat qo’shilmalari olish va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K884.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Turdialiev Umid Muxtaralievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy hodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Ahmadaliev Mahammadjon Axmadalievich, kimyo fanlari doktori (DSc), dotsent; Ubaydullaev Komiljon Tursunovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: karam, loviya, mosh o‘simliklari asosida yallig‘lanish kasalligini davolash va oldini olish xususiyatiga ega oziq – ovqat qo’shilmalarini ishlab chiqish hamda ularni kimyoviy tarkibini aniqlash asosida TIF TN bo‘yicha sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karam bargidan olingan sharbati hamda loviya va mosh dukkaklari asosida xalq tabobati usullari yordamida turli a’zolar (nafas olish, ayirish va bo‘g‘imlar) ning shamollash kasalligini samarali davolash va oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan yangi “As-Nafas” va “As-Immun” oziq - ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqilgan;
“As-Nafas” va “As-Immun” oziq-ovqat qo‘shilmalari tarkibidagi vitaminlar va flavonoidlar (YuSSX) yuqori samarali suyuqlik xromotografiyasi usulida, makro - va mikroelementlar ICP-OES induktiv bog‘langan plazmali optik emission spektrometriya kabi zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlangan;
in vitro sharoitida “As-Nafas” va “As-Immun” oziq - ovqat qo‘shilmalarining antioksidant hamda antiradikal faollikklarini baholash uchun spektofotometrik tahlil usulida EMC-30PC-UV spektrofotometridan foydalanilgan va yuqori ekanligi isbotlangan;
“As-Nafas” va “As-Immun” oziq - ovqat qo‘shilmalarining yallig‘lanishga qarshi, o‘tkir zaharlash va kumulyativlik xususiyatlari zotsiz oq sichqon, kalamush, Shinshilla quyonlari ustida tajribalar o‘tkazildi hamda sanitariya-epidemiologik ko‘rsatkichlar jumladan, bakteriologik, og‘ir metallar, parazitologik va radiologik xususiyatlari yuqori ekanligi isbotlangan;
klinik tadqiqotlar davomida mahalliy va laborator tekshiruvlarda immun tizimi hamda nafas olish a’zolarining shamollash kasalligiga uchragan bemorlar (rozilik asosida) “As-Nafas” va “As-Immun” oziq-ovqat qo‘shimchalari orqali davolanganda shamollash kasalligini davolash xususiyatiga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Karam, loviya, mosh asosida yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish va kimyoviy tarkibi asosida sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“As-Nafas” va “As-Immun” oziq - ovqat qo‘shilmalarini “Oltin vodiy tabiati” MChJ da yalpi mahsulot sifatida ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsatnoma olingan (O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi xuzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi sanitariya - epidemiologiya nazorat bo‘limi 2024-yil, 5-noyabrdagi N&018319 - son ma’lumotnomasi). Natijada karam, loviya va mosh o‘simliklari asosida tabiiy biologik faol oziq - ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
“As-Nafas” va “As-Immun” oziq - ovqat qo‘shilmalariga TIF TN bo‘yicha karam bargi asosida tayyorlangan oziq - ovqat qo‘shilmalari uchun - 1212 30 150 4 hamda loviya va moshning dukkaklaridan tayyorlangan oziq - ovqat qo‘shilmalari uchun – 1212 30 150 5 kod raqamlari bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2024-yil, 18-oktyabrdagi № 17/05-24-0003-son ma’lumotnomasi). Natijada, shu kabi oziq - ovqat qo‘shilmalarini eksport va import qilishda ularda undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.