Abasniya Surayyo Rasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm viloyatida yashovchi aholida parodontitni davolash usullarini takomillashtirishning klinik va laboratoriya asoslari”, 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib2831.
Ilmiy rahbar: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Idiev G‘ayrat Elmurodovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Uspenskaya Ol`ga Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: “Pavel Yozef Shafarik nomidagi universiteti” (Slovakiya Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali tarqoq parodontitni klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlari asosida kompleks davolash samaradorligini oshirishdan iborat (Xorazm viloyati misolida).
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat bo‘lgan:
ilk bor Xorazm viloyati turli hududlaridan olingan tahlil ma’lumotlari asosida tarqoq parodontitning Xazorasp va Gurlan tumanlarida yuqori tarqalganligi va davolanishga muhtojligi aniqlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga mos ravishda og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozi buzilishi negizida yagona biologik tizimning bir qismini tashkil etuvchi og‘iz suyuqligidagi rN muhitining va kislotali fosfataza miqdorining oshishi turli hudud aholisi orasida tarqoq parodontit shakllanishida muhim rol o‘ynashi isbotlangan;
surunkali tarqoq parodontit mavjud bemorlarda tavsiya etilgan kompleks davolashning fizioterapevtik usuli qo‘llanilganda remissiya davrining 1,24 martaga uzayishi, milklar qonashining 1,86 martaga kamayishi, tashriflar sonining 3 taga kamayishiga olib kelishi, tish-milk atrofi to‘qimasi yuzasidagi patogen va shartli-patogen grammusbat kokklar, grammanfiy bakteriyalar, anaeroblar miqdorini kamaytirish orqali bakterisid ta’siri borligi isbotlangan;
ilk bor surunkali tarqoq parodontitni doritrisin antibakterial dori vositasi va 1% li nikotin kislotasi bilan flyuktuorizasiya fizioterapevtik usulidan foydalanib, davolashning an’anaviy usuliga nisbatan 2,2 martaga ishonarli samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali tarqoq parodontit bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanish natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Xorazm viloyati turli hududlaridan olingan tahlil ma’lumotlari asosida tarqoq parodontitning Xazorasp va Gurlan tumanlarida yuqori tarqalganligi va davolanishga muhtojligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olib borilgan tadqiqotlar natijasida ilk bor Xorazm viloyati turli hududlaridan olingan tahlil ma’lumotlari asosida tarqoq parodontitning Xazorasp va Gurlan tumanlarida yuqori tarqalganligi va davolanishga muhtojligi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida mazkur kasallarni aniqlab to‘g‘ri tashxislash davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (21.11.2023 y.; № 157), Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (07.11.2024 y.; № 01-60), Andijon viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (22.10.2024 y.; № 14) hamda Samarkand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (16.10.2024 y.; №100-u) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Xorazm viloyatida yashovchi aholining turli xil omillar ta’sirida parodont kasalliklarining o‘ziga xos xususiyatlari asoslab berilganini inobatga olinishi, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Xorazm viloyatida yashovchi aholining parodont kasalligining o‘ziga xos xususiyatlari asoslab berilganini inobatga olinishi davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 300000 so‘mga kamaytirishga erishilgan. Xulosa: Xorazm viloyatida yashovchi aholining turli xil omillar ta’sirida parodont kasalliklarining o‘ziga xos xususiyatlari asoslab berilganini inobatga olinishi byudjet mablag‘larni 300000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga mos ravishda og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozi buzilishi negizida yagona biologik tizimning bir qismini tashkil etuvchi og‘iz suyuqligidagi rN muhitining va kislotali fosfataza miqdorining oshishi turli hudud aholisi orasida tarqoq parodontit shakllanishida muhim rol o‘ynashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: parodont kasalliklari tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlan bo‘lib, kuzatilishi mumkin asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (21.11.2023 y.; № 157), Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (07.11.2024 y.; № 01-60), Andijon viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (22.10.2024 y.; № 14) hamda Samarkand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (16.10.2024 y.; №100-u) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: parodont kasalliklari tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlanib tanlangan asosiy va qo‘shimcha gigienik vositalari va terapevtik davolashning tavsiya etilgan texnikasi bemorlarning tezroq tuzalishiga, poliklinikaga qatnash kunlarini qisqartirishga va shu bilan bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: parodont kasalliklarning tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlanligi hisobiga 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 300000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: parodont kasalliklarining tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlanligi hisobiga 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 300000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali tarqoq parodontit mavjud bemorlarda tavsiya etilgan kompleks davolashning fizioterapevtik usuli qo‘llanilganda remissiya davrining 1,24 martaga uzayishi, milklar qonashining 1,86 martaga kamayishi, tashriflar sonining 3 taga kamayishiga olib kelishi, tish-milk atrofi to‘qimasi yuzasidagi patogen va shartli-patogen grammusbat kokklar, grammanfiy bakteriyalar, anaeroblar miqdorini kamaytirish orqali bakterisid ta’siri borligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan axoliga stomatologik yordam ko‘rsatish zarurati va darajasi Xorazm viloyatidagi aholi misolida isbotlanib, stomatologiya xizmatini isloh qilish tamoyillari va shartlari, ayniqsa, stomatologik davolashning barcha shakllariga yuqori ehtiyojdan kelib chiqib, bemorlarga stomatologik yordam ko‘rsatishda ustuvorlik, sifatli va profilaktik e’tiborini oshirish maqsadga muvofiqliligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (21.11.2023 y.; № 157), Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (07.11.2024 y.; № 01-60), Andijon viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (22.10.2024 y.; № 14) hamda Samarkand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (16.10.2024 y.; №100-u) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: parodont kasalliklarini erta aniqlab ularga tavsiya etilgan kompleks davolashning fizioterapevtik usulini davo algoritmiga kiritish, davolashning tavsiya etilgan usullari bemorlarning tezroq tuzalishiga, poliklinikaga qatnash kunlarini qisqartirishga va shu bilan bemorlar va ularning oila a’zolarining hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: parodont kasalliklarini erta aniqlab ularga tavsiya etilgan kompleks davolashning fizioterapevtik usulini davo algoritmiga kiritish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: tavsiya etilgan kompleks davolashning fizioterapevtik usulini davo algoritmiga kiritish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali tarqoq parodontitni doritrisin antibakterial dori vositasi va 1% li nikotin kislotasi bilan flyuktuorizasiya fizioterapevtik usulidan foydalanib, davolashning an’anaviy usuliga nisbatan 2,2 martaga ishonarli samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: sifatli stomatologik xizmatlarni joriy qilish orqali kasalliklarni erta aniqlab va prafilaktik tadbirlar amalga oshirilib bemorlarda jismoniy va ruxiy holatning yaxshilanishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (21.11.2023 y.; № 157), Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (07.11.2024 y.; № 01-60), Andijon viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (22.10.2024 y.; № 14) hamda Samarkand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (16.10.2024 y.; №100-u) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olib brilgan sifatli stomatologik xizmatlar parodont kasalliklarini aniqlab davolash va profilaktika tadbirlarini amalga oshirish orqali bemorlarda jismoniy va ruxiy holatning yaxshilanishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: parodont kasalliklarning tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlanligi hisobiga byudjet mablag‘larini 1000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: parodont kasalliklarning tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlanligi hisobiga byudjet mablag‘larini 1000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.