Xoldorov Sardor Umarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Moliyaviy risklarning tijorat banklari samaradorligigiga ta’sirini baholash”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4484
Ilmiy rahbar: Absalamov Akram Tolliboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Musaxonzoda Ikromjon Sobirxon o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: “Trastbank” XAB
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi tijorat banklari faoliyatidagi moliyaviy risklarning banklar samaradorligiga ta’sirini baholashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklar faoliyatidagi kredit risklarni boshqarish va banklarning moliyaviy samaradorligiga ta’sirini baholashning uch omilli tahlili asosida kreditlash jarayonlari ustidan monitoring tizimini kuchaytirish asoslangan;
yuqori likvidlikka ega aktivlar ulushining oshishi bankning likvidlik riskini kamaytirishi bilan bir qatorda samaradorlik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir qilishi va likvid aktivlarning depozitlarga nisbatining ortishi esa salbiy ta’sirga ega ekanligidan kelib chiqqan holda likvidlik riskini boshqarish tizimini modernizasiya qilish taklif etilgan;
valyuta kursining o‘zgarishi tijorat banklarining moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichlariga yuqori sa’lbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida banklar xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirib, uzoq muddatli investitisiyalar jalb qilish orqali bank kapitalidagi xorijiy valyutaning ulushini oshirish taklif etilgan;
tijorat banklari rentabelligining foiz stavkalariga nisbatan sezgirlikni kamaytirish maqsadida umumiy aktivlarda sof kreditlar salmog‘ini oshib borishining salbiy ta’sirini yumshatish, hamda umumiy depozitlarda muddatli depozitlar ulushini oshirish asosida banklarda foiz riskini boshqarish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Moliyaviy risklarning tijorat banklari samaradorligiga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklar faoliyatidagi kredit risklarni boshqarish va banklarning moliyaviy samaradorligiga ta’sirini baholashning uch omilli tahlili asosida kreditlash jarayonlari ustidan monitoring tizimini kuchaytirish taklifi “Turonbank” ATB faoliyatiga joriy etilgan (“Turonbank” ATB ning 29.11.2024 dagi 19/03-425 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Turonbank” ATB kredit portfelining sifatini monitoring qilish tizimi yanada takomillashtirish asosida 2022-yilning 3-choragi bilan 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda muammoli kreditlar ulushining 4,3% dan 2,7% gacha qisqarishiga erishilgan.
yuqori likvidlikka ega aktivlar ulushining oshishi bankning likvidlik riskini kamaytirishi bilan bir qatorda samaradorlik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir qilishi va likvid aktivlarning depozitlarga nisbatining ortishi esa salbiy ta’sirga ega ekanligidan kelib chiqqan holda likvidlik riskini boshqarish tizimini modernizasiya qilishga doir taklifi “Turonbank” ATB faoliyatiga joriy etilgan (“Turonbank” ATB ning 29.11.2024 dagi 19/03-425 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankda kunlik likvidlik boshqaruv tizimi ishlab chiqildi, hamda bu bankning qisqa muddatli majburiyatlarini to‘lash qobiliyatini oshirib, likvidlik ko‘rsatkichlarini 2024 yilda 122.7% da ushlab turishga erishilgan.
valyuta kursining o‘zgarishi tijorat banklarining moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichlariga yuqori sa’lbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida banklar xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirib, uzoq muddatli investitisiyalar jalb qilish orqali bank kapitalidagi xorijiy valyutaning ulushini oshirishga doir taklifi “Turonbank” ATB faoliyatiga joriy etilgan (“Turonbank” ATB ning 29.11.2024 dagi 19/03-425 sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, Xalqaro Islom Savdoni Rivojlantirish Korporatsiyasi (ITFC) tomonidan 10 mln AQSh dollari miqdorida liniya jalb etildi qolaversa bank o‘z mablag‘lari hisobidan mijozlarga xorijiy valyutani sotish hajmini 285.03 mln AQSh dollarga etkazdi va bank aktivlar rentabelligi 0.33 % ga, kapital rentabelligi ko‘rsatkichi  2.27 % dan oshishiga erishildi.
tijorat banklari rentabelligining foiz stavkalariga nisbatan sezgirlikni kamaytirish maqsadida umumiy aktivlarda sof kreditlar salmog‘ini oshib borishining salbiy ta’sirini yumshatish, hamda umumiy depozitlarda muddatli depozitlar ulushini oshirish asosida banklarda foiz riskini boshqarishga doir taklifi “Turonbank” ATB faoliyatiga joriy etilgan (“Turonbank” ATB ning 29.11.2024 dagi 19/03-425 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Turonbank” ATB ning 2024 yilning uchinchi choragida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan jami xususiy kapitali hajmini 42.9 mlrd ga oshirish hamda, muddatli depozitlari hajmini 61 foizga oshirish orqali sof kreditlar hajmi 15% ga oshirildi, natijada bank jami foizli daromadlar hajmi 33% ga oshishga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish