Akramov Mirmuhsin Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalarda ekologik tasavvurlar rivojlanishining psixologik jihatlari», 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Psi32.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Azim Meliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Shamshetova Anjim Karamaddinovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda ekologik tasavvurlarni shakllantirish usullarining samaradorligini oshirish hamda metodik jihatdan takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda ekologik tasavvurlar va axloqiy ong taraqqiyot dinamikasiga ko‘ra “hadik ichidagilar”, “hayotga moslashayotganlar”, “xafsalasiz bo‘lib borayotganlar” va “madaniylashganlar” tiplari ajratilgan;
talabalar ekologik tasavvurlarining rivojlanishi ularda tabiatga nisbatan pragmatik va estetik munosabat, o‘ziga va sotsiumga nisbatan kognitiv, pragmatik va estetik munosabatlarning shakllanishiga sabab bo‘lganligi aniqlangan;
ekologik tasavvurlarning rivojlanishi ta’sirida talabalar xulq-atvori sifatlarini ifodalovchi “axloqiy introekt”, “axloq-o‘zgalar bilan munosabat o‘rnatish mezoni”, “axloq-shaxsning individual mas’uliyatlilik mezoni” kabi omillar aniqlangan.
“Al`ternativa” va “Naturafil” metodikalaridan mahalliy sharoitda samarali foydalanish uchun milliy-madaniy muhitga mos ishonchlilik, ob’ektivlik, validlik darajalarini ta’minlovchi psixometrik me’yorlar ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarda ekologik tasavvurlar rivojlanishining psixologik jihatlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
talabalarda ekologik tasavvurlar va axloqiy ong taraqqiyot dinamikasiga ko‘ra “hadik ichidagilar”, “hayotga moslashayotganlar”, “xafsalasiz bo‘lib borayotganlar” va “madaniylashganlar” tiplari aniqlash bo‘yicha yangilik materiallari “Psixik salomatlik va etuklik psixodiagnostikasini takomillashtirish mexanizmlari” mavzusidagi ustuvor ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi doirasida tatbiq etilgan (Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2018 yil 24 oktyabrdagi 02-07-2413/02-son ma’lumotnomasi). Natijada laboratoriyaning ilmiy-metodik ta’minotini boyishi ta’minlangan;
talabalarning ekologik tasavvurlarining rivojlanishi ularda tabiatga nisbatan pragmatik va estetik, o‘ziga va sotsiumga nisbatan kognitiv, pragmatik va estetik munosabatlarning shakllanishiga sabab bo‘luvchi omillar “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazi faoliyatida joriy qilingan (Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2018 yil 24 oktyabrdagi 02-07-2413/02-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida pedagoglarni bo‘lajak kasbiy faoliyatga tayyorligini aniqlashning psixodiagnostik vositalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ekologik tasavvurlarning rivojlanishi ta’sirida talabalar xulq-atvori sifatlarini ifodalovchi “axloqiy introekt”, “axloq-o‘zgalar bilan munosabat o‘rnatish mezoni”, “axloq-shaxsning individual mas’uliyatlilik mezoni” kabi faktorlarini aniqlanganligiga doir ilmiy yangilik materiallari Toshkent davlat pedagogika universiteti, Andijon davlat universiteti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti ta’lim jarayonlariga tatbiq etilgan (OO‘MTVning 08.07.2016 yil 03907-sonli guvohnomasi hamda Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2018 yil 24 oktyabrdagi 02-07-2413/02-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning talabalar bilan o‘zaro munosabatlarida ularning tipologik xususiyatlariga muvofiq yondashishlarini kuchaytirgan;
“Al`ternativa” va “Naturafil” metodikalaridan mahalliy sharoitda samarali foydalanish uchun milliy-madaniy muhitga mos ishonchlilik, ob’ektivlik, validlik darajalarini ta’minlovchi psixometrik me’yorlar ishlab chiqilganligiga doir ilmiy yangilik “Psixologiya o‘quv ilmiy markazi” faoliyatida foydalanilgan (Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2018 yil 24 oktyabrdagi 02-07-2413/02-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida talabalarda ekologik tasavvurlarni rivojlantirish, ekologiya bilan bog‘liq muhim qarorlar qabul qilish, ekologik ahamiyatli xulq-atvorning psixologik asoslari haqidagi ilmiy tasavvurlarni kengaytirish, talabalik davrining shaxs psixik taraqqiyotida tutgan o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlarning xolisligi va aniqligini ta’minlashga xizmat qilgan.