Ataxodjaeva Gulchehra Abdunabievnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligi va metabolik sindromda kardiovaskulyar va kardiorenal munosabatlar buzilishini tashxislash, davolash choralarini mukammallashtirish», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib47.

Ilmiy maslahatchi: Raximov Shuxrat Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.26.04.2018.Tib.64.01.

Rasmiy opponentlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kayumov Ulugbek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ferdinando Franzoni, tibbiyot fanlari doktori, professor (Italiya).

Yetakchi tashkilot: A.I.Evdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiy-stomatologiya universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik sindromda surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kardiovaskulyar va kardiorenal o‘zaro aloqalarining o‘ziga hosligini aniqlash, shuningdek metabolik sindrom bilan birgalikda kelgan yurak etishmovchiligining samarador farmakoterapiyasini ishlab chiqish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk marotaba metabolik sindrom komponentlarining surunkali yurak etishmovchiligi klinik namoyon bo‘lishi va avj olib borishidagi ahamiyati aniqlanib, bu o‘zgarishlar nafaqat kasallikni og‘irlik darajasiga (oraliq chap qorincha haydash fraksiyasi) bog‘liqligi, balki MS komponentlarining (dislipidemiya, gipertrigliseridemiya, abdominal semizlik, arterial gipertenziya va 2-tip qandli diabet mavjudligi) turli kombinatsiyada namoyon bo‘lishi bilan ham aloqadorligi isbotlangan;

SYuEda MSning mavjudligi va avj olib borishi (dislipidemiya, gipertrigliseridemiya, abdominal semizlik, arterial gipertenziya va 2-tip qandli diabet) kardiorenal o‘zaro aloqalarning kuchayishi hamda buyraklarning funksional etishmovchiligining avj olib borishi bilan namoyon bo‘lishi asoslangan;

SYuEda MSning mavjudligi va avj olib borishi (dislipidemiya, gipertrigliseridemiya, abdominal semizlik, arterial gipertenziya va 2-tip qandli diabet) yurak chap qorinchasini remodellanish jarayonining kuchayishi, nafaqat uning struktur o‘zgarishlari (chap qorincha gipertrofiyasi va bo‘shliqlarning dilatatsiyasi) bilan, balki uning geometrik shakli o‘zgarishlari va ekssentrik gipertrofiyaning kuchliroq namoyon bo‘lishi asoslangan;

SYuE bor bemorlarda MS komponentlarining ta’siri natijasida vagus ta’sirining susayishi fonida simpatik asab tizimi tonusining ortishi, yurak ritmi variabelligini simpatik va parasimpatik ko‘rsatkichlarining keskin pasayishi hamda vegetativ nerv tizimi desentizatsiyasi bilan namoyon bo‘lishi isbotlangan;

MSning og‘ir shakli (QD2ning mavjudligi) SYuEda desentizatsiya jarayonnining avj olib borilishi hamda yurak ritmi boshqarilishining markaziy va avtonom nazorati o‘zaro aloqasining buzilishi bilan kechishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Surunkali yurak etishmovchiligi va metabolik sindromda kardiovaskulyar va kardiorenal munosabatlar buzilishini tashxislash, davolash choralarini mukammallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Surunkali yurak etishmovchiligi va metabolik sindrom mavjud bo‘lgan bemorlarda kardiovaskulyar buzilishlarni kompleks va medikamentoz ravishda davolash imkonlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 24 fevraldagi 8n-d/7-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali yurak etishmovchiligi va metabolik sindromi bo‘lgan bemorlarda yurak chap qorinchasining remodellanishi jarayonining kuchayishi bilan birgalikda endotelial faoliyati buzilishlarni erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;

Surunkali yurak etishmovchiligi va metabolik sindrom mavjud bo‘lgan bemorlarda chap qorincha remodellanishi va endotelial disfunksiyani va ular orasidagi o‘zaro bog‘liqni aniqlash, davolash choralarni optimallashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublikaixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent shahar 7-sonli klinik shifoxonasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 9 yanvardagi 8n-d/7-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar SYuE va metabolik sindromi mavjud bo‘lgan bemorlarda kardiovaskulyar buzilishlarni erta tashxislash, samarali davolash, SYuE asoratlarini kamaytirish va davolash muddatini qisqarishiga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish