Yarieva Zarrina Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining leksik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8396.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Maqsudova Gulnoz Olimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc 03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umid Umirzakovich pedagogika fanlar doktori, dotsent, Majidova Nozima Dilmurod qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining leksik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
motivatsion yondashuv asosida chet tili leksikasini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari motivatsiya turlari, maqsadga yo‘naltirilganligi, kognitiv va amaliy kompetensiyalarining til strukturasiga uyg‘un ta’siri hamda fikrlash jarayonlari va til bilish motivatsiyalarini optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining leksik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli leksikani nutq faoliyati turlariga mos aloqadorlikda olib borish hamda leksik materialni kognitiv-kommunikativ o‘zlashtirishni ta’minlovchi zarur metodik muhitni bosqichma bosqich yaratish asosida takomillashtirilgan;
motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining leksik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi maqsadli yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarda leksik material ustida samarali ishlashni bosqichma bosqich tashkil qilish va fikrlash, diqqat, idrok, xotirani mustahkamlash, tezda topish va chiqarib olishga yordam beradigan zarur bilimlarni aks ettiruvchi motivatsion komponentlarini adekvatligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
leksik-semantik axborotlarni o‘zlashtirish samaradorligi bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining leksik birliklarni o‘zlashtirish, leksik kompetentlikni rivojlantirish tamoyillari, komponentlarini kiritish, o‘quv-bilish va nutq faoliyatini faollashtirish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarda leksik kompetentlikni motivatsion yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
motivatsion yondashuv asosida chet tili leksikasini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari motivatsiya turlari, maqsadga yo‘naltirilganligi, kognitiv va amaliy kompetensiyalarining til strukturasiga uyg‘un ta’siri hamda fikrlash jarayonlari va til bilish motivatsiyalarini optimallashtirish asosida aniqlangan ma’lumotlar asosida “Til aspektlari amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 29 noyabrdagi 11-05-6879/04son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak chet tili o‘qituvchilari leksik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi traektoriyasini shakllantirish tartibi ishlab chiqilgan, muloqotga kirishish jarayonining o‘sishiga erishilgan;
motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining leksik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli leksikani nutq faoliyati turlariga mos aloqadorlikda olib borish hamda leksik materialni kognitiv-kommunikativ o‘zlashtirishni ta’minlovchi zarur metodik muhitni bosqichma bosqich yaratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Til aspektlari amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 29 noyabrdagi 11-05-6879/04son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarning leksik kompetensiyasini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
motivatsion yondashuv asosida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining leksik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi maqsadli yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarda leksik material ustida samarali ishlashni bosqichma bosqich tashkil qilish va fikrlash, diqqat, idrok, xotirani mustahkamlash, tezda topish va chiqarib olishga yordam beradigan zarur bilimlarni aks ettiruvchi motivatsion komponentlarini adekvatligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Til aspektlari amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 29 noyabrdagi 11-05-6879/04son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarida leksik kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlarini aniqlash, motivatsion komponentlarini kiritishga xizmat qilgan.
leksik-semantik axborotlarni o‘zlashtirish samaradorligi bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining leksik birliklarni o‘zlashtirish, leksik kompetentlikni rivojlantirish tamoyillari, komponentlarini kiritish, o‘quv-bilish va nutq faoliyatini faollashtirish asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlar “Til aspektlari amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 29 noyabrdagi 11-05-6879/04son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasini baholashning motivatsion va kognitiv mezonlari didaktik tamoyillar asosida takomillashtirilgan.