Abdullaeva Dilfuza Muxiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning kasbiy leksik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8104.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Isyanov Ravil Gennadivoch, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Komilov Nodirbek Boqijonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Utaeva Iroda Baxodirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning kasbiy leksik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy yo‘naltirilgan leksik kompetensiyalari rivojlanish metodikasini takomillashtirish didaktik imkoniyatlari yangi so‘zning tovush-grafik-motor-tasvirini, semantik qiyofasini mashq qilish bosqichlari va yangi leksik birliklarini ochish va leksik birliklarini kontekstida idrok etish, mustaqil ishlash, hamda matndagi so‘zlarni gap bo‘laklariga guruhlash, shaxsiy iboralarni kengaytirish va ekstralingvistik va lingvistik omillarini murakkab o‘zaro bog‘lanishi, til almashinuvining yuqori intensivligini uyg‘un ta’minlash asosida aniqlangan;
talabalarning kasbiy leksik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli huquqshunoslikka oid ingliz-rus lug‘atlar, termin ma’nosini ixtisoslashuvi, semasiologik chegaralarining aniqligi, intellektual pokligi, xissiy tajribalar, nutqda erkin takrorlanadigan yaxlitlik va ekstruziya hamda nutqda erkin takrorlanadigan tilning kichik birliklarini aloqa maqsadida ishlatish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy leksik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi, ta’limni individuallashtirish, ta’lim natijalarini yangilash, elektektiv ta’limning o‘rganishdan xabardorlik tamoyillarini barqaror moslashtirish hamda ko‘nikma strategiyalarini rivojlantirish va to‘laqonli kasbiy muloqot ko‘nikmalarini egallashni ta’minlashda faoliyat turlari bilan uyg‘unligini haqiqiy muloqotga yaqinlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy yo‘naltirilgan leksik kompetensiyalarning rivojlanish metodikasini samaradorligi, o‘rganilayotgan omilning ta’sirchanligi, yangi natijalarga erishish, va metodik tizimlashtirish hamda uyg‘unlashtirish, huquqshunoslik leksikasi bilan mustaqil ishlashni bosqichma-bosqich bajarish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning kasbiy yo‘naltirilgan leksik kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
talabalarning kasbiy yo‘naltirilgan leksik kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari yangi so‘zning tovush-grafik-motor-tasvirini, semantik qiyofasini mashq qilish bosqichlari va yangi leksik birliklarini semantikasini ochish va leksik birliklarini kontekstda idrok etish, mustaqil ishlash hamda matndagi so‘zlarni gap bo‘laklariga guruhlash, shaxsiy iboralarni kengaytirish va ekstralingvistik va lingvistik omillarini murakkab o‘zaro bog‘lanishi, til almashinuvining yuqori intensivligini uyg‘un ta’minlash asosida aniqlashga oid tavsiyalar “Learning language step by step” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yi 28 dekabrdagi 11-05-7569/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy yo‘naltirilgan leksik kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik va pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga erishilgan;
talabalarning kasbiy leksik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli huquqshunoslikka oid ingliz-rus lug‘atlar, termin ma’nosini ixtisoslashuvi, semasiologik chegaralarining aniqligi, intellektual pokligi, xissiy tajribalar, nutqda erkin takrorlanadigan yaxlitlik va ekstruziya hamda nutqda erkin takrorlanadigan tilning kichik birliklarini aloqa maqsadida ishlatish asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Learning language step by step” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yi 28 dekabrdagi 11-05-7569/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy yo‘naltirilgan leksik kompetensiyalarini rivojlantirish imkoni oshirilgan;
talabalarda kasbiy yo‘naltirilgan leksik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi, ta’limni individuallashtirish, ta’lim natijalarini yangilash, elektektiv ta’limning o‘rganishdan xabardorlik tamoyillarini barqaror moslashtirish hamda ko‘nikma strategiyalarini rivojlantirish va to‘laqonli kasbiy muloqot ko‘nikmalarini egallashni ta’minlashda faoliyat turlari bilan uyg‘unligini haqiqiy muloqotga yaqinlashtirishga oid takliflardan “Learning language step by step” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yi 28 dekabrdagi 11-05-7569/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda leksik kompetensiyani rivojlantirishning didaktik komponentlari takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy yo‘naltirilgan leksik kompetensiyalarning rivojlantirish metodikasi ta’sirchanligi yangi natijalarga erishish va metodik tizimlashtirish, uyg‘unlashtirish hamda huquqshunoslik leksikasi bilan mustaqil ishlashni bosqichma-bosqich bajarish asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Learning language step by step” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yi 28 dekabrdagi 11-05-7569/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil ravishda leksik kompetensiyalari rivojlantirilgan.