Qo‘ziboeva O‘g‘ilbu Imomali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoramollar infeksion mastitlari, ularning diagnostikasi va davolashni takomillashtirish”, 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/V83
Ilmiy rahbar: Mengliev G‘ayrat Akramovich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Abdusattorov Abdusalom Abdusattorovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Elmurodov Bozorboy Aktamovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoramollarda infeksion mastit kasalligini yashirin (subklinik) davrida aniqlash, aniqlangan infeksion mastitni qo‘zg‘atuvchilarini kultural, biokimyoviy hamda morfologik belgilariga qarab zamonaviy perfoceft preparatini qo‘llash hamda amaliyotga joriy qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sigirlarda subklinik mastitning etiologiyasida Staphylococcus epidermidis bakteriyasining o‘rni 61,23%, streptakokklar 29,59% hamda 9,18% boshqa tur bakteriyalar ekanligi aniqlangan;
sigirlarda infeksion mastit kasalligini subklinik davrida ekspress diagnoz qo‘yish uchun “Kerbotest”dan foydalanilganda, subklinik kasallik shakliga 52,7% aniqlikda erta diagnoz qo‘yish mumkinligi isbotlangan;
Qoramollarda infeksion mastit kasalligini davolashda mastopret preparati qo‘llanilganda 42,1% ijobiy natija olish mumkinligi isbotlangan;
infeksion mastit kasalligini subklinik davrida aniqlab, oldini olish uchun Perfoseft (seftizoksim) preparatini qo‘llanilganda infeksion mastit kasalligini 89,47% kamayishga erishilish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoramollar infeksion mastitlari, ularning diagnostikasi va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida;
Mastit kasalligini davolashda foydalanilgan yuqori sifatga ega perfoceft (seftizoksim) dori vositasini qo‘llash usuli Toshkent viloyati Parkent tumani “Talant” fermer xo‘jaligining qoramolchilik fermasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 20-noyabrdagi 02/23-649-sonli ma’lumotnomasi). Natijada har bir bosh sigirni davolash uchun qilingan xarajat va davolash natijasida mahsulot hisobida olingan sof foyda 3750000 so‘mga teng bo‘ldi. Joriy qilingan ish samaradorligi hisobiga olingan sof foyda har bir qilingan 1 so‘m xarajatga 7,92 so‘mni tashkil qilgan.
Mahsuldor sog‘in sigirlar mastit kasalligini davolashning takomillashtirishtirilgan usuli Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “Anor Agro” fermer xo‘jaligining qoramolchilik fermasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 20-noyabrdagi 02/23-649-sonli ma’lumotnomasi). Natijada har bir bosh sigirni davolash uchun qilingan xarajat va davolash natijasida mahsulot hisobida olingan sof foyda 3792000 so‘mga teng bo‘ldi. Joriy qilingan ish samaradorligi hisobiga olingan sof foyda har bir qilingan 1 so‘m xarajatga 7,62 so‘mni tashkil qilgan;
Maxsuldor sog‘in sigirlar mastit kasalligini Perfoseft (seftizoksim) preparati bilan davolash Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “Ergash ota” fermer xo‘jaligining qoramolchilik fermasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 20-noyabrdagi 02/23-649-sonli ma’lumotnomasi). Natijada har bir bosh sigirni davolash uchun qilingan xarajat va davolash natijasida mahsulot hisobida olingan sof foyda 3967000 so‘mga teng bo‘ldi. Joriy qilingan ish samaradorligi hisobiga olingan sof foyda har bir qilingan 1 so‘m xarajatga 9,20 so‘mni tashkil qilgan.
Mastit kasalligini davolashda foydalanilgan yuqori sifatga ega perfoceft (seftizoksim) dori vositasini qo‘llash Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Jamol ota” fermer xo‘jaligining qoramolchilik fermasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 20-noyabrdagi 02/23-649-sonli ma’lumotnomasi). Natijada davolash uchun maxsulot xisobiga olingan sof foyda 4020000 so‘mga teng bo‘lgan. Joriy qilingan ish samaradorligi hisobiga olingan sof foyda har bir qilingan 1 so‘m xarajatga 8,91 so‘mni tashkil qilgan.