Normatov Anvar Mirzaevichning dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Navli un olishda bug‘doy doniga ishlov berishning samarali usulini ishlab chiqish», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2PhD/T184.
Ilmiy rahbar: Tursunxodjaev Po‘lat Muxamedovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
II. Tadqiqotning maqsadi: donni oqlash texnologik jarayoni va uskunasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quruq va issiq iqlim sharoitida etishtirilgan bug‘doy donini oqlash va sovuq suv bilan namlashda yuz beradigan strukturaviy o‘zgarishlar, un ishlab chiqarishning texnologik parametrlari aniqlangan (№IAP 04179-2010 y.);
bug‘doylarni sinish miqdorini kamaytirish hisobiga yuqori navli un olish uchun mahalliy bug‘doy donlarini maydalashga tayyorlash uskunasi takomillashtirilgan;
yaratilgan donni oqlash uskunasida don yuzasiga ishlov berish hisobiga an’anaviy uskunaga nisbatan donning sinish miqdorini 50% kamayishi va yuqori navli un chiqish miqdorini ortishi isbotlangan;
donni oqlash uskunasida mahalliy bug‘doy donlarini maydalashga tayyorlashda kuldorlikni 5 martaga kamaytirish hamda II tindirish vaqtini 1,5–2,0 soat (20%)ga qisqartirish isbotlangan;
mahalliy bug‘doy donlarini maydalashga tayyorlash va yuqori navli un olish texnologiyasi va uskunasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Donni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
donni oqlash jarayoni va ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot uchun texnikaviy shartlar «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (TSh 8-115:2015). Natijada mahsulot sifati va texnologik jarayonni nazorat qilish imkonini bergan;
mahalliy maydalashga tayyorlashg uskunasi «ERKAN MACHINERY» MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan («ERKAN MACHINERY» MChJ shaklidagi qo‘shma korxonaning 2018 yil 12 apreldagi 56-son ma’lumotnomasi). Natijada singan donlar miqdori 50%gacha, kuldorlikni 5 martagacha kamaytirish va dala mikroblaridan 87%gacha tozalash imkonini bergan;
donni oqlash uskunasi «Jomboydon» AJ, «Don–Xalq rizqi» AJ korxonalarida amaliyotga joriy etilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2018 yil 31 yanvardagi 10-1-11/22-244-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonalarning texnologik liniyasini ixchamlashtirishga, donni II tindirish vaqtini 1,5–2,0 soat (20%)ga, keyingi tindirish vaqtini 0,25 soatga qisqartirish hamda yuqori navli un chiqishini oshirish hisobiga 541 mln. so‘mdan ortiq iqtisodiy samara olish imkonini bergan.
V. Ixtiroga patenti. «Donni oqlash uskunasi»ga berilgan ixtiro patentiga (№IAP 04179-2010 y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 30 avgustdagi 01-11/2303-son xulosasi.